Tuproq rejimlari va ularni boshqarish. Reja. Tuproqdagi suvlarning turlari. Tuproqning suv rejimlari


Namlanish koeffitsiyentining kо‘rsatkichi asosida tuproqning quyidagi suv rejimi turlari shakllanadi


Download 120.5 Kb.
bet5/10
Sana23.09.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1685549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tuproq rejimlari va ularni boshqarish

Namlanish koeffitsiyentining kо‘rsatkichi asosida tuproqning quyidagi suv rejimi turlari shakllanadi.

  1. Muzlagan suv rejimi – torfli – geliyli tuproqlar.

  2. Yuviladigan suv rejimi – namlanish koeffitsiyenti 1,3 dan katta bо‘lgan subtropik mintaqalardagi qizil, sariq tuproqlar.

  3. Vaqti – vaqti bilan yuviladigan suv rejimi – namlanish koffitsiyenti taxminan 1 ga teng bо‘lgan о‘rmon – chо‘l mintaqasidagi bо‘z tusli о‘rmon tuproqlari.

  4. Yuvilmaydigan suv rejimi - namlanish koffitsiyenti 1-0,7ga teng bо‘lgan kashtan, qora tuproqlar.

  5. Terlama suv rejimi – namlanish koiffitsiyenti taxminan 0,7 ga teng bо‘lgan chо‘l mintaqalaridagi qо‘ng‘ir, bо‘z tuproqlar.

  6. Daryo о‘zani suv rejimi – daryolar vaqti- vaqti bilan toshganda suv bosadigan yerlardagi allyuvial о‘tloqi, botqoq tuproqlari.

Tuproq g‘ovak massa bо‘lib, suvdan bо‘sh joylar havo va gaz bilan tо‘lgan bо‘ladi. Tuproq havosi mikroorganizmlar va о‘simliklar hayoti uchun eng muhim bо‘lib, tuproqdagi bо‘layotgan, rivojlanayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar manbai va ishtirokchisi hisoblanadi. Tuproq sanoat korxonalari tomonidan chiqarib tashlagan zaharli gazlarni о‘z domiga yutib turadi.
Tuproq tarkibidagi gazlar va uchib ketuvchi organik moddalar erkin, siqilgan, adsorbsiya qilingan va erigan holatda bо‘ladi. Tuproqdagi erkin holatdagi havo gazlar va uchuvchan organik moddalar yig‘indisidan iborat bо‘lib, g‘ovakliklarda va atmosfera havosi bilan doimo munosabatda bо‘ladi. Siqilgan gaz tuproq g‘ovaklarida yopiq tizim, ya’ni har taraflama suv bilan о‘ralgan holatda joylashgan bо‘ladi. Bunday holatdagi gaz neytral bо‘lib, atmosfera havosi bilan munosabati yо‘q.
Tuproq havosi suv о‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir qilib, harorat, namlik va bosim о‘zgarganda tuproq donadorligining buzilishi va yemirilishiga olib kelishi mumkin.
Tuproqqa havoning kirishi, harakatlanishi va sarflanishiga tuproqning havo rejimi deyiladi. Tuproq havosi uning muhim tarkibiy qismi bo’lib, namlikdan holi bo’lgan g’ovak va bo’sh joylarni egallaydi. Tuproqda atmosferadan kirgan havo va tuproqdagi turli jarayonlar natijasida hosil bo’lgan gazlar uchraydi. Tuproq havosining tarkibi atmosfera havosining tarkibidan kislorod miqdorining kamligi va karbonat angidridi miqdorining nisbatan ko’pligi bilan farq qiladi ( 1-jadval).

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling