Tuproq sathidan sug’orish. Yomg’irlatib sug’orish. Tuproq ostidan sug’orish
Download 75 Kb.
|
SUG\'ORISH USULLARI VA TOMCHILAB SUG`ORISH VOSITALARINI O`RGANISH
SUG'ORISH USULLARI VA TOMCHILAB SUG`ORISH VOSITALARINI O`RGANISH Reja: 1 Tuproq sathidan sug’orish. 2 Yomg’irlatib sug’orish. 3 Tuproq ostidan sug’orish. 4 Tomchilatib sug’orish. Sug’orish - suv manbaidan keluvchi suv bilan tuproq’ni sun'iy ravishda namlashdan iboratdir. Sug’oriladigan maydonda bog’lanaetgan suvni taqsimlash usullariga sug’orish usullari deyiladi. Sug’orish usullariga quyidagi talablar quyiladi: -sug’orish suvini tuproq’ unumdorlik elementi - tuproq’namligiga aylantirishni ta'minlash; -tuproq’ni qumoq (kuzilama) strukturasini saqlash ; suvni tashlamay va chuqur gorizontallarga shimilib ketishiga yo’l qo’ymay undan mumkin qadar ko’proqfoydalanishni ta'minlash ; yoki nni parvarishlash va uni yig’ishtirib olishda mexanizmlar ish unumdorligini oshirish . Beshta asosiy sug’orish usuli: er ustidan sug’orish , emg’irlatib sug’orish va tuproq’ichidan,tomchilatib sug’orish va subirrigasiya usullari bor. Yer ustidan sug’orishda suv sug’oriladigan maydon yuziga oqib tarqaladi va og’irlik kuchi ta'siri hamda kapilyarlar orqali tuproq’qa singiydi . Bu usulni qo’llash uchun sug’oriladigan dala yuzini tyoki slash, egatlar yoki pollar olish talab etiladi. Ko’pchilik xollarda erning birmuncha nishab bo’lishi ham kifoya qiladi. YEmg’irlatib sug’orishda suv maxsus emg’irlatuvchi qurilmalar vositasida dalaga emg’ir qilib sochiladi. Tuproq’ ichidan sug’orishda erning xaydaladigan qatlami ostiga quvurlar vositasida suv beriladi. Bostirib, taxtalar olib va egatlar bo’yicha sug’orish , er ustidan sug’orish usullariga kiradi. Bostirib sug’orishda cheklar suvlar to’lg’iziladi. Bu usul tuproq’ning g’oyatda zichlashib yuboradi. U odatda cheklarni xozirlashga, erni yaxshilab tyoki slashga va birqancha xollarda zovur tarmoqlarini qurishga katta dastlabki xarajatlar talab qiladi. Taxtalar olib sug’orishda suv dala betida qatlam bo’lib oqadi. Suvni o’rtaga singdiradigan tuproq’da , qatqaloqhosil qilishga unda moyil bo’lmagan tuproq’da hamda joyning nishabligi 0,01-0,1 gacha boradigan erlarda taxtalar olib sug’orish mumkin. Odatda sug’oriladigan polosa eni seyalkaning qamrash eniga baravar keladi. U relef sharoitlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Ba'zan sho’rlangan tuproq’larda , piez etishtirishda taxtalar olib sug’orish ishlatiladi. Egatlar buylab sug’orish sabzavot yoki nlari va kartoshkani er ustidan sug’orishning asosiy usulidir. Sabzavotchiliqda qo’llanuvchi keng qatorlar eqish va ko’chat o’tqazishda egatlar yoki ndan ortiqcha foydali maydonni olmaydi. Egat buylab sug’orish ikki xil : etagi berk egaklar va ochiqegatlar buylab amalga oshiriladi. Sug’orish sifati va qo’yiladigan suv sarfi sug’orilaetgan egatning chuqurligi, kesimi va uzunligi hamda quyilaetgan suv oqimining miqdoriga ko’p jixatdan bog’liqbo’ladi. Etagi berk egatga suvni jildiratib berib egat to’ldiriladi yoki egatga takror suv beriladi. Oqava egat buylab sug’orishda quyilaetgan suvning miqdori 0,2 dan 1 l/s gacha o’zgarib turadi hamda uchastka tuprog’i va relefining suv singdirish qobiliyatiga bog’liqbo’ladi. Yer sirtidan sug’orishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish uchun sug’orish agregatlaridan foydalaniladi. Ular kanallar yoki suv manbalaridagi suv sathidan yuqorida joylashgan erlarni, shunigdek nishabligi kichik maydonlarni sug’orishga imkon beradi. Sug’orish agregatlari yoki n sug’orishda mehnat unumdorligini ancha oshiradi, egatlarga suvni tyoki s taraydi. Yer ustidan egat buylab sug’orishda va taxtalarga suv quyib sug’orishda muvaqqat sug’orish tarmog’i va uqariqlar bo’ladi. Ular ikki prinsipial sxemaga asosan buylama va kundalang joylashishi mumkin. Buylama sxemalarda sug’oriladigan egatlar va polosalar muvaqqat ariq buylab olinadi, kundalang sxemada esa muvaqqat ariqqa tik olinadi. Birinchi sxemada muvaqqat suvi uqariqorqali sug’orish elementlariga o’tadi, ikkinchi sxemada esa bevosita muvaqqat ariqdan , exud relef notyoki s bo’lsa, rostlovchi egatlardan o’tadi. Nishabligi kichik (0,006) uchastkalarda buylama sxema , nishabligi 0,006 dan yuqori uchastkalarda esa kundalang sxema qabul qilinadi. Qator oralari ishlanadigan ekinlar (g’o’za, kanop, lavlagi, makkajo’xori, oq jo’xori, sabzavot, poliz ekinlari va boshqalar) egat olib sug’oriladi. Boshoqli don ekinlari va bir yillik hamda ko’p yillik o’tlar pol olib bostirib sug’oriladi. Sholi esa chek olib bostirib sug’oriladi. Egatlab sug’orishda egatlarning uzunligini, bir egatga beriladigan suv sarfini, ularga suv taqsimlashda qo’llaniladigan materiallarni to’g’ri tanlash juda katta ahamiyatga egadir. Egatlarga suvni chim, qog’oz-salfetka bilan taqsimlashda har bir egatga suvni bir xilda taqsimlash imkoniyati bo’lmaydi. Sifon - naylardan, egiluvchan sug’orish shlanglaridan, tuproq ostidan suv taqsimlash usullaridan foydalanish yo’li bilan suvchining ish unumini oshirish va barcha egatlarga bir xilda suv taqsimlash mumkin. Agar egatga chim yoki qog’oz salfetka yordamida suv taqsimlansa 1 suvchi 1 ga yerga 3,5-4 soat sarflasa, sifon-naylardan foydalanilganda esa 1,5-2 soat, tuproq ostidan suv taqsimlash usulida esa arzimagan vaqt ketadi. Egatlarning uzunligi va ularga beriladigan suv sirfi joyning nishabi va tuproqning suv o’tkazuvchanligiga ko’ra turlicha bo’ladi. Har bir aniq sharoit uchun egat uzunligini quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin: l = 10000 x q x t / m x d; bu yerda l-egat uzunligi, m ; q-suv sarfi, l/s; t-suv berish davomiyligi, soat; m-sug’orish me’yori , m3/ga; d-qator orasi kengligi, m. Bir egatga beriladigan suv sarfi esa quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: Q 1,28 v ih2. Bu yerda q-suv sarfi, l/s; 1,28-doimiy son; i-joy nishabligi (egat tubi nishabligi); h-1 egatga beriladigan suv qalinligi, sm. h 0,6 x H - 2 , bu yerda: 0,6-qator oralig’i, m; h-egat chuqurligi, sm; -dala tekisligining aniqligi (loyihadan farqi ,+ - ) Egatga suv berish davomiyligi kam suv o’tkazuvchan tuproqlarda 24-36 soat, yaxshi suv o’tkazuvchan tuproqlarda esa 12-16 soat bo’ladi. Egatga suvni o’zgaruvchan oqim bilan berish quyidagicha amalga oshiriladi: suv egat oxiriga yetguncha 0,5-0,6 l/s, oxiriga yetganda suv sarfi 2 barobar kamaytiriladi. 2. Egatga suv taqsimlashni quyidagicha mexanizatsiyalashtirish mumkin: tuproq ostidan suv taqsimlash, Sharov - Heynkin sxemasi bo’yicha yopiq tizimlardan foydalanish, eguluvchan shlanglardan foydalanish, diskert-impulsli sug’orish tizimini qo’llash va boshqalar. Shuningdek, PPA-165U, KP-250, TAP-150 mashina va agregatlari suv taqsimlashni mexanizatsiyalashtirishga hamda suv isrofgarchiligini kamaytirishga olib keladi. Pol olib bostirib sug’orishda pollar kengligi 25-30 m, uzunligi esa 150-200 m bo’ladi. Beda 1-yili egatlab sug’oriladi. Sholini sug’orish noinjenerlik, yarim injenerlik va injenerlik tipidagi tizimlarda amalga oshirilmoqda. Noinjenerlik va yarim injenerlik sholichilik tizimlarida cheklar kattaligi 0,05-0,3 ga, injenerlik tipidagi tizimlarda esa 1-4 ga va undan kattadir. Injenerlik tipidagi tizimlarda cheklar kengligi 200-250 m, uzunligi 1000 m gacha yetmoqda. Yomg’irlatib sug’orish mashina va agregatlaridan keng foydalanish bilan sug’orishni yanada to’laroq mexanizatsiyalashtirish mumkin. Buning uchun uzoqqa va yaqinga otar yomg’irlatib sug’oruvchi mashina va agregatlardan foydalanish mumkin (KDU-55, DDN-70, DDA-100MA, "Voljanka", "Fregat", "Kolomno", "Kuban" va boshqalar). KDU-55 moslamasini ish unumi 0,28 ga/soat, bir mavsumda 40 ga maydonni sug’orishi mumkin, DDN - 70 mashinasining ish unumi 0,3 ga/soat, DDA - 100MA agregatiniki esa 0,85 ga/soat, bir mavsumda 120-150 ga, "Voljanka" mashinasida 1 mavsumda 70-100 ga maydonni sug’orish mumkin. "Fregat" mashinasi bilan ham shuncha maydon sug’oriladi. Yomg’irlatib sug’orish yengil qumoq, murakkab relyefli, katta nishabli, suv resurslari kam yerlarda yaxshi samara beradi. Egatlab sug’orish esa sho’r va og’ir mexanik tarkibli tuproqlar, sayoz joylashgan minerallashgan sizot suvlar, sug’orish suvi minerallashgan va kuchli shamollar bo’lib turadigan hududlarda yaxshi samara beradi. Ekinlarni tuproq orasidan sug’orish usuli barcha texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Bunda qo’l mehnati kamayadi, suvdan foydalanish koeffisienti ortadi, hosildorlik ko’payadi. Bu usulda sug’orish uchun 35-40 sm chuqurlikda egat bo’ylab har 80-120 sm oraliqda har 20 sm da teshikchalari bo’lgan quvurlar yotqiziladi. Suv bosim ostida berilganda tuproqqa shu teshikchalar orqali suv chiqib, uni namlatadi. Bu sug’orish tizimi yordamida dalaga o’g’it ham berish mumkin. Bog’ va tokzorlarni tomchilatib sug’orish usuli tog’ oldi mintaqalari va past tekisliklarda katta ahamiyatga egadir. Bu usulda sug’orish uzum hosildorligini deyarli 2 marta oshiradi, suv sarfi 2-3 marta kamayadi. Quvurlarni tuproq ustidan yoki orasidan o’tkazish mumkin hamda ularni daraxtga osib qo’yish ham mumkin. Har bir tup atrofida tomchilatgichlar o’rnatiladi va shular yordamida tup yoniga suv tomchi holatida tushib turadi. 3. Keyingi vaqtlarda respublikada g’o’zani sug’orishda Isroil texnologiyasini qo’llash sinovdan o’tmoqda. Neftaxim firmasining tomchilatib sug’orish tizimi 1994 va 1995 yillarda Quyi Chirchiq tumanida sinovdan o’tdi. Sug’orish maydoni 196 ga. Sug’orish me’yori 300 m3/ga. Egatlab sug’orishda mavsumiy sug’orish me’yori 8225 m3/ga. Tomchilatib sug’orishda 3 marta kam. Hosildorlik egatlab sug’orishda 28,4 s/ga bo’lsa, tomchilatib sug’orishda 40 s/ga ga teng bo’ldi, ya’ni farq 11,6 s/ga. Suvni tejash (5510 m3/ga) hisobiga samara 826 so’m/ga ga teng bo’ldi. Qo’shimcha hosil hisobiga samara 145951 so’mga teng bo’lib, tizim bo’yicha salbiy samara 1559100 so’mni tashkil etdi. Umumiy xarajatlar: tomchilatib sug’orishda 19388 so’m/ga, egatlab sug’orishda 443,74 so’m/ga. Joriy xarajatlar tegishli ravishda 200,64 va 406,41 so’m/ga teng bo’ladi. Tomchilatib sug’orish tizimida 1ga erga 1 yilda 70430,26 so’m kapital mablag’ sarflangan. Har ga maydonni tomchilatib sug’orishga o’tkazish 5000 AQSH dollari hajmida kapital xarajat qilishni talab etadi. Orol dengizi regionida sug’orilayotgan 8 mln.ga yer uchun 40 mlrd. AQSH dollari talab etiladi. 8 mln.ga maydonda tashkil etilajak tizimni joriy xarajatlari 2,5 mlrd. dollarni talab etadi. Sug’orish texnikasiga baho berishda reja bo’yicha sug’orish me’yori amaldagi me’yorga bo’linadi: st = mreja / mamal. Xo’jalikda suvdan foydalanish darajasini belgilovchi kattalik-bu suvdan foydalanish koeffitsientidir: SFK = Pr x a / Pb x r. bu yerda: Pr-sug’orish rejasini bajarilishi, %; Pb-xo’jalikga suv taqsimlashni bajarilishi, %; a va r-xo’jalik sug’orish tizimining amaldagi va rejadagi FIKi. Hozirgi vaqtda vaqtda sug’orishning uch xil usuli- egatlab, yomg’irlatib va tuproq ostida sug’orish usullari mavjud .Egatlab sug’orishda suv salfetkalar, naychalar-sifonlar , qalqonchalar, quvurlar hamda ППА-165, ПТ-250 kabi mashinalar yordamida tarqaladi. Yomg’irlatib sug’orishda ДДА-100, DSHK-64, “Voljanka” va boshqa xil agregatlar vositasida suv yomg’irlatiladi. Yomg’ir ustidagi suv tuproqni, havoni, yer yuza qavatini namlaydi, shuningdek’ o’simliklarning yer ustki qismlarini yuvadi. Tuproq ostidan sug’orilganda 40-50 sm chuqurlikka joylashgan teshikli quvurlar orqali yerning haydov osti qatlamiga suv beriladi. Egatlab sug’orish- paxtakor xo’jaliklarda hozirgacha eng ko’p tarqalgan usul hisoblanadi. Tuproq ostidan sug’orish usuli sinovlaridan o’tkazilib, kamchiliklari tugatilmoqda. Suvdan ratsional foydalanish masalasi shubhasiz, muayyan qiziqish tug’diradi, lekin bunda suv bevosita o’simlik ildizlariga yyetkaziladi. Har qanday usulda sug’orilganda ham suv keltirish va tarash sug’orish texnikasi mavjud. Sug’oriladigan uchastkaning relyefi va nishabligiga, sizot suvlar sathining chuqurligi, tuproqning mexanik tarkibi va suv o’tkazuvchanligiga qarab sug’orish texnikasi tanlanadi Yerlar suv o’tkazuvchanligi bo’yicha 3 ta fuppaga bo’linadi: Yuqori darajada suv o’tkazuvchanlik- qumli, qumloqtuproqlar, ostida shag’al yoki qum qatlamli yotqiziqlari bor yerlar.; O’rtacha suv o’tuproqlaekazuvchan- yengil qumoq, o’rtacha qumoq tuproqlar; Sust o’tkazuvchan- og’ir qumoq, sog’, shuningdek qavatli tuproqlar. Sug’ori;adigan maydonlarda har tomonlama o’simliklar uchun kerakli bo’lgan iqlim va agrotexnik sharoitlar bilan birga, o’z navbatida tuproqning ozuqa va issiqlik va tuz rejimini, katta ta’sir qiluvchi suv rejimini o’rganishga hisob ga olish va oldindan prognoz qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatgich sug’orish rejimi va texnikasi orqali belgilangan agrotexnika vositasida dalalarga beriladigan suv miqdorini to’g’ri boshqariladigan sug’orish shaxobchalari orqaliamalga oshiriladi . chunki suv beriladigan paytda qishloq xo’jalik mashinalari yuritish uchun xalaqit bermaslik, yerlardan foydalanish koeffisiyentini pasaytirmaslik maqsadida vaqtinchalik ariqlar qazish, yetishtiradigan paytda kerak bo’lsa, ko’mib tashlash yoki harakatlanuvchi quvurlar yordamida (masalan, maxsus agregatlar yordamida tomchilatib yoki tuproqlarning aktiv qismiga quvurlar yotqizish bo’yicha) amalga oshirish mumkin. Boshqariladigan xo’jaliklararo sug’orish shaxobchalari o’z ichiga vaqtinchaliksug’orish ariqlari va jo’yaklarning umumiy yig’ingdisini olib, u dalalarga suvni bir xilda taqsimlash vazifasini bajaradi. Bu o’z o’rnida o’simliklarga kerakli bo’lgan namlikni yetkazib berish bilanbirgalikda tuproq suv rejimini to’g’ri taskil etish, va boshqa agrotexnik tadbirlarga tayangan holda o’simliklardan yuqori hosil olish va tuproq , unumdorligini oshirish imkonini beradi. Bu tadbirlarni hammasi suvdan yuqori koeffisiyentda foydalanish, boshqariladigan sug’orish shaxobchalarini qurish, yuqori agrotexnikaga tayangan holda dalalarda sug’orish usullarini barpo etishdan iboratdir Sug’oriladigan maydonlarda sug’orish usuli 3 qismga bo’linadi: Birinchi usul-sug’orish suvlarini yerning ustki qismida bo’linishi, bunda suv tuproqning ustki qismida singadi. Ikkinchi usul- maxsus aparaatlar va agregatlar yordamida tomchilatib sug’orish usulida sug’rish. Bu usul bilan tuproqning yuxza qatlami bilan o’simliklarning yerning ustki qismidagisi ham namlanadi. Uchunchi usul- yerning ostki qismidan sug’orish. Bunda tuproqning aktiv qismiga masus quvurlar o’tkazishyo’li bilan sug’oriladi, bu usul asosan tuproqning so’rish kuchiga asoslanadi. Download 75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling