Tuproq unumdorligini
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
5 маъруза. 1қисм.Тупроқ структураси
5.1. Asosiy tushunchalar va struktura belgilari. Tuproq unumdorligini belgilashda muhim rol o'ynaydigan strukturaning (tuproq donadorligi), uning kelib chiqishi, xossalari va yaxshilash tadbirlari bayon etilgan.Tuproq qattiq fazasi, har hil katta kichiklikdagi o'ziga xos tarkib va xususiyatga ega bo'lgan mexanik elementlar majmuasidan iborat. Bu elementlar tabiiy sharoitda yakka holda xamda o'zaro bir — birlariga ta'sir etadi yoki doimiy munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ham yuza tortilish kuchi xamda bir qator ichki va tashqi kuchlar ta'sirida ikki yoki undan ortiq mexanik elementlar jipslashib, tuproq agregatlarini vujudga keltiradi.O'z navbatida bu agregatlar biologik va gidrotermik faktorlar ta'sirida yanada yiriklashib, tuproqning struktura bo'lakchalarini vujudga keltiradi. Agregat bo'lakchalar o'z navbatida tuproqdagi suv va havo harakatiga yoki ketadigan jarayonlarning xammasiga ta'sir ko'rsatadi. Tuproqdagi agregatlar — shunday tayanch nuqtaki, undagi mikdor o'zgarishlari uning sifat o'zgarishiga olib keladi. Tuproq elementar (alohida) zarralari va mikroagregatlari bir-biri bilan o'zaro ta'sirlashadi, kattalashadi va pedlar deb atalagan makroagregatlarni hosil qildai. Ped – tabiiy shakli va o'lchamiga ega bo'lgan tuproq agregatlari. Agregatlarning shakli, hajmi va tuzilishi granulometrik va mikroagregat tarkibi, tuproq hosil bo'lish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq. Kichikroq mineral zarralar kattaroq zarrachalarga qaraganda yaxshiroq bo'laklar hosil qiladi. Olingan agregatlar (bo'laklar) tuproqning muhim xususiyatlarini, ayniqsa ularning suv-havo rejimini belgilab beradi. ... расм Тупроқ структурасининг ҳосил бўлиш схемаси Har xil tuproq tipi uchun ma'lum bir turdagi struktura harakterlidir. Masalan qora tuproqlar uchun donador kesakchali, podzol tuproqlar uchun- bargsimon, sho'rtoblar uchun - ustunsimon, bo'z tuproqlar uchun kesakchali -changsimon shakli harakterlidir. Dehqonchilik tarixida strukturali tuproqlarning suv, havo va oziq rejimi yaxshi bo'lishi isbotlangan. Bu borada rus va sovet olimlarning (V. V. Dokuchaev, P. A. Kostichev, V. R. Vil'yams, K. K. Gedroyts, N. A. Kachinskiy, I. B. Revut ) xizmatlari katta. Strukturali tuproqning afzalligi shundaki, uning teshikligi ayni vaqtda ikki kategoriyaga bo'linadi: - ingichka, qil teshikli (diamatri 0,05 mm dan kichik) va yirik teshikli; - agregatlararo teshikli (diametr 0,2 mm dan kattaroq) bo'ladi. Tuproqda bu teshiklar mavjud bo'lsa, uning barcha eng muhim xossalari – suv, havo sharoiti, mikrobiologik va texnologik sharoitlari o'zaro muvofiqlashadi. Natijada tuproq unumdorligi yuqori bo'ladi va ekilgan har qanday ekindan mo'l hosil olinadi. Bunday stkukturaga ega bo'lmagan tuproqlar madaniy holga kelmagan unumdorligi past hisoblanadi. Tuproq strukturasining eng muxim xususiyati- mayda kesakchali va donadorligidir. Diametri 0,25 – 10 mm kattalikdagi kesakchalarining suvga chidamliligidir. Agregat bo'lakchaning qaysi bir shakliga agronomik jixatdan baho bermoqchi bo'lsak suvga chidamli makro - (diametri 0,25 dan katta) va mikroagregatlar (diametri 0,25 dan kichik) miqdori inobatga olinadi. ...rasm. Tuproq strukturasi asosiy agregatlarining ko'rinishi (S.A.Zaxarov). I tip: 1 – yirik kesakchali; 2 – o'rtacha kesakchali; 3 – mayda kesakchali; 4 – changsimon; 5 – yirik yong'oqchasimon; 6 - yong'oqchasimon; 7 – mayda yong'oqchasimon; 7 – yirik donador; 9 – donador; 10 – kukunsimon; 11 – “tuproq “marjonlari”; II tip: 12 – 13 ustunsimon; 14 – yirik prizmasimon; 15 – prizmasimon; 16 – mayda prizmasimon; 17 – juda mayda prizmasimon III tip: 18 – slanetssimon; 19 – plastinkasimon; 20 – bargsimon;21 – dag'al tangasimon; 22 – mayda tangasimon. Mikroagregatlarning hosil bo'lishiing asosiy jihati chang zarrachalari bilan qum zarrachalari orasidagi asosiy bog'lovchi va yelimlovchi zanjir il fraktsiyalari hisoblanadi. K.Gedroytsning taklifiga ko'ra mikro va makroagregatlarning chegarasi 0,25 mm deb olingan. Shuning uchun tuproq agregatlarining shakli va hajmi tuproq diagnostikasida qo'llaniladigan asosiy morfogenetik xususiyatlardan biridir. Tuproqlarning suv-havo rejimini barcha tuproq agregatlari emas, balki faqat diametri 0,25 mm dan ortiq bo'lgan agregatlar hosil qiladi. Kichik o'lchamdagi tuproq agregatlari juda zich joylashganligi uchun ular agregatlar orasida g'ovaklarni va umuman, g'ovaklikni hosil qilmaydi. G'ovaklikning yo'qligi yoki uning kichik qiymati havo sig'imini ta'minlamaydi yoki u juda kamdir. Shuning uchun tuproqshunoslikda tuproq strukturasining ikki turini ajratiladi: Tablitsa ... Tuproq struktura bo'lakchalarining tasnifi (A.S.Zaxarov) Turi Xili Agregat kattaligi, mm Palaxsa I tip. Kubsimon yirik palaxsa mayda palaxsa >10 10 – 1 Kesakcha yirik kesakcha kesakcha mayda kesakcha 10 – 3 3 – 1 1 – 0,05 To'zon (chang) to'zon (chang) 0,05 Yong'oqsimon Yirik yong'oqsimon yong'oqsimon mayda yong'oqsimon >10 10 – 7 5 – 3 Donador yirik donador donador mayda donador 7 – 5 3 – 1 1 – 0,5 III tip. Prizmasimon Ustunsimon yirik ustunsimon ustinsimon > 5 5 – 3 Ustunnamo mayda ustinsimon yirik ustunnamo ustunnamo mayda ustunnamo 3 5 5 – 3 < 3 Prizmasimon yirik prizmasimon prizmasimon mayda prizmasimon > 5 5 – 3 3 – 1 III tip.Plitasimon Plitasimon slanetssimon slanetssimon plitasimon plastinkasimon yaproqsimon > 5 5 – 3 3 – 1 1 - tuproq genetik struktura; - agrotexnik jihatdan qimmatli struktura; Tuproqning genetik tuzilishi deganda har qanday shakldagi va har qanday o'lchamdagi tuproq agregatlarining mavjudligi tushuniladi. Hatto chang zarrasi, qum donasi va boshqalar ham alohida tuproq agregati sifatida baholanadi. Genetik tuproqshunoslik nazariyasi uchun tuproq agregatlarining barcha shakllarini, shu jumladan qum donalari va chang zarralarini hisobga olish kerak. Ushbu ko'rsatkichlar tuproqlarning disperslanish darajasini va tuproqni agregatsiyalash, ya'ni tuproq agregatlarini hosil qilish imkoniyati darajasini baholash imkonini beradi. Qishloq xo'jaligi amaliyotida agrotexnik jihatdan qimmatli struktura birinchi darajali ahamiyatga ega, chunki u faqat tuproqlarning optimal suv- havo rejimini ta'minlaydi. Shu munosabat bilan, tuproq unumdorligi tuproqning o'simliklarni oziq-ovqat, suv va havo bilan qondirish qobiliyati ekanligini eslatib qo'ymoqchimiz. Optimal tuproq unumdorligini g'ovaklarlar 50% namlik va 50% havo bilan band bo'lishi belgilab beradi. Таблица ….. Тупроқ агрегетларининг катталигига кўра бўлиниши. Структура гуруҳи Агрегатлар катталиги, мм Структура гуруҳчаси Агрегетлар катталиги, мм 1.Микро структура < 0,25 1. Нозик 2. Дағал <0,01 0,01-0,25 2.Макроструктура: 0,25 – 10 1.Майда бўлакчали 2.Ўрта бўлакчали 3.Йирик бўлакли 0,20-1 1-3 3-10 3.Мегаструктура Палахсали >10 1.Майда палахсали 2.Йирик палахсали 10 - 100 >100 5.2. Агрономик жиҳатдан қимматли тупроқ структураси Агрономик қимматли структура - диаметри 0,25 мм дан катта бўлган тупроқ агрегатларини билдиради. Агрегатларнинг энг яхши максимал ўлчами 7 мм ва кўпи билан 10 мм бўлиши керак. Бу агрегатлар мезоагрегатлар гуруҳига киради. Мезоагрегатларнинг катталиги (10-0, 25 мм) уларнинг бир текисда тахланиши учун энг мақбул бўлиб, нафақат намликнинг, балки тупроқ ҳавосининг ҳам сақланишини таъминлайди. Tangachisimon yirik tangachasimon mayda tangachasimon 3 – 1 1 Тупроқ мезоагрегатлари нафақат механик таъсирларга қарши, балки сув таъсирига ҳам чидамли бўлиши керак, шунинг учун тупроқшуносликда уларни сувга чидамли деб аташ одатийдир. N. A. Качинский, қумоқ, намланган тупроқларда яхши ҳаво ва сув сиғими, шунингдек ҳаво ўтказувчанлиги ва сув ўтказувчанлигини таъминлайдиган катта ғовакларни яратиш учун тупроқ мезоагрегатлари 7-10 мм ўлчамга эга бўлиши кераклигини аниқлади. Табиийки, энг катта агрегатлар - бўлаклар ва энг кичик - тупроқнинг чангли қисмини кўрсатади, бу эса тупроқ структурасининг ноқулай агрофизик ҳолати. Агрономик қимматли агрегатларнинг мавжудлиги, тупроқ ҳолатининг энг муҳим кўрсаткичидир: уларнинг миқдори қанча юқори бўлса, тупроқ шунча яхши бўлади. "Маданий тупроқ - структурали тупроқ" деб бекорга айтишмаган. Шундай қилиб, агрономик қимматли агрегатлар таркиби тупроқ структуравий ҳолатининг энг муҳим кўрсаткичларидан биридир. Структуранинг яна бир кўрсаткичи унинг ташқи таъсирларга чидамлилиги бўлиб, улар орасида энг муҳими сувнинг таъсиридир. Бу жуда муҳимдир, чунки тупроқ мўл ёғингарчилик ва ундан кейинги қуриши мобайнида газлар ва сувга чидамли унча зич бўлмаган қобиқ ҳосил бўлмаса, ўзининг сезилиб турадиган донадор агрегатлари сақланиб қолса, структуранинг бу сифати сувга чидамлилик деб аталади. Қандай қилиб сув тупроқнинг таркибий элементларга таъсир қилиши мумкин, ниманинг ҳисобига уларни бузиб юбора олади? Биринчидан, тупроқ зарралари сув билан намланганда, уларнинг атрофида сув плёнкалари ҳосил бўлади, заррачаларни бир-биридан катта кучли босим билан итаради, бу босимни сувнинг плёнкалари ҳосил қилади. Тупроқ сувни шундай катта кучли босим билан сўрадики, тупроқ таркибидаги ҳаво хам шундай босим остида сиқилиб қолади. Натижада, бу босим остида тупроқ агрегатлари бузилиб кетади. Табиатда қуруқ тупроқнинг намланиш холатида бундай ҳодисалар тез – тез учраб туради. Фақат агрегатни ташкил этувчи зарралар орасида тегишли мустаҳкам боғланишга эга бўлган агрегатлар, яъни сувга чидамли бўлиши бу таъсирга қаршилик кўрсатиши мумкин. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling