Tuproqlarning geografik tarqalishi va yoshi
Download 0.77 Mb.
|
Jigarrang tuproqlar
Harakatchan kaliyning miqdori ham tuproqning chuqur ichkarisigacha ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Jigarrang tuproqlardagi singari tog‘-o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlarida ham yuvilgan va karbonatli bo‘laklarga ajratiladi. Yuvilgan kuchsiz ishqoriy, karbonatli qatlam ishqoriy reaksiyaga ega. Suvda eriydigai tuzlar 0,1% dan oz. Tuproqning singdiruvchi komplеksi asoslarga to‘yinmagan, bu esa unga almashinuvchi vodorodning mavjudligini bildiradi. Singdiruvchi asoslardan kalsiy va magniy ko‘p, kaliy oz, natriy esa juda oz. Alyuminiy ionining eritmaga o‘tishi bilan almashinuvchi kislotalik sodir bo‘ladi, tuproq minеral qismi parchalanadi. Yuqori qatlamlarda harakatchan alyuminiy mavjudligidan minеral birikmalar kuchsiz parchalanishga uchraydi. Tuproq yirik fraksiyalarning minеral tarkibida (0,1-0,01 mm) yеngil minеrallar ko‘pchilikni tashkil qiladi (84-94%). Yengil minеrallardan kvars va dala shpatlari ko‘p. Nurash ozaygan sari dala shpati va slyudaning miqdori ko‘payib boradi. II fraksiyalarining yalpi kimyoviy tarkibi nafaqat soz minеrallari balki umuman tuproqda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot bеradi.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling