Tuproqni ifloslanishi va ularni oldini olish. Reja


Download 1.47 Mb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1035119
  1   2
Bog'liq
Gaybullayev Ozodbek 110-20

  • Tuproqni ifloslanishi va ularni oldini olish.
  • Reja:
  • 1-. Zaharli va texnogen chiqindilarning xususiyatlari va manbalari.
  • 2. Tuproqda kimyoviy elementlar va moddalar miqdori, ularning qabul qilingan msyor (QQM) ko‘rsatkichi.
  • Atrof - muhitni xususan tuproq qoplamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi turli omillar ta’sirida vujudga kelib, bu moddalar xususiyatiga ko‘ra yillar davomida o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Ayniqsa o‘ta zaharli moddalar deya e’tirof etiluvchi radioaktiv elementlarog‘ir, ayrim gazlar hamda pestitsidlar tuproq qoplamiga tushib, "tuproq—o‘simlik—>hayvon—>inson" tiriklik biozanjiri orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
  • Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi, ifloslanish maydoni va ularning ilmiy - amaliy yechimi dunyo bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Masalan, Yevropa davlatlarida asosan sanoat tizimidagi faoliyatlar orqali ifloslansa, Markaziy Osiyo davlatlarida chiqarilgan chiqindilar va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalardan noilmiy tarzda foydalanish natijasida ifloslanadi.
  • Shu nuqtai nazardan, zaharli moddalar bilan ifloslanishning asosiy manbalariga: radioaktiv elementlar bilan bog‘liq sanoat tizimi, tabiiy konlar, yadroviy qurollardan meyordan tashqari foydalanish, kimyoviy moddalar saqlash omborlari, chikindi qabristonlari, halq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalarning meyoridan ortiq qo‘llanilish holatlarini kiritish mumkin.
  • Respublikamizda chiqayotgan chiqindilarni 4 toifaga bo‘lish mumkin. Ularning yillik hajmi turlicha bo‘lib, ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushib uni ifloslantiradi, 2004 yilda chiqindilar miqdori 1-toifa bo‘yicha 1,6 ming tonna, 2-toifa chiqindilari 2,8 ming tonna, 3-toifa chiqindilari 1416,3 ming tonna, 4-toifa chiqindilari 34306,8 ming tonna miqdorida paydo bo‘lgan. Viloyatlar bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich turlicha taqsimlanadi
  • Ushbu chiqindilarning 14% dan ko‘prog‘i zaharli hisoblanadi, hozirgi kunda chiqindilarning barcha turlari hisobga olinmoqda.
  • Respublikamizda eng katta sanoat obektlari Toshkent, Navoiy shaharlarida joylashgan. Toshkent shahri yirik sanoat markazi hisoblanib (O‘zbekiston YAIMning 30%), keng turdagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ega, xususan, aviasozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, oziq - ovqat, elektro-texnik, kurilish kabi ko‘plab sanoat korxanalari mavjud.
  • Mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘ta zaharli moddalar bilan bog‘liq faoliyatlar tartibga solindi va tuproq qoplamining ifloslanish darajasini kamayishiga erishildi. Biroq yillar davomida tuproq qoplamiga tushgan o‘ta zaharli moddalar o‘zining salbiy ta’sirini hali xanuz o‘tkazib kelmoqda. Zaharli moddalarning boshqa kimyoviy ifloslovchi moddalardan havfli tomoni va farqi shundaki, ularda zahar ta’sirining juda yuqoriligi va ta’sir etish vaqgining katgaligidir. Misol uchun quyidagi elementlarning (izotoplari) yemirilish davrini keltiramiz: 186Oz-2-1015, 205R-1,5-107, 238i-4,468-109, ^T-^Z-YU4, shte-1,25-1013 yilga teng.
  • Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ifloslovchi zaharli moddalar har bir muayyan hudud va mamlakatda turlicha bo‘ladi. Respublikamizda o‘ta zaharli moddalar bilan ifloslanish asosan qishloq xo‘jaligida o‘g‘it va pestitsidlardan foydalanish, ayrim lokal nuqtalarda esa chiqindilar orqali vujudga keladi. Tuproq qoplamining o‘ta havfli moddalar pestitsidlar bilan ifloslanishi respublikamizda ko‘nroq uchraydi. Chunki davlatimizda qishloq xo‘jalik tarmog‘i keng yo‘lga qo‘yilgan.
  • Har bir tuproqka tushgan kimyoviy modda tuproq qatlamlarida saqlanib, miqdori ortib boraveradi, ya’ni tuproq qoplami uzok yillar davomida zaharli moddalar ta’sirida qoladi.
  • Yuqoridagi ifloslovchi manbalardan turli ko‘rinishda (suyuq, qattik, gaz va boshqa) tuproq qoplamiga tushadi, ayniqsa sanoatlashgan Toshkent va Navoiy viloyalarida turli ko‘rinishdagi chiqindilar miqdori yuqori bo‘lib, chiqindilarning asosiy qismi maxsus maydonlarga ko‘miladi.
  • Sanoat va maishiy chiqindilar bo‘yicha olib borilayotgan amaliy islohatlar natijasida ma’lum qismi zararsizlantirilib, qayta ishlanmoqda, bu bilan tuproq qoplami kimyoviy ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
  • Atmosfera havosiga chiqarilayotgan minglab tonna tashlanmalar yil davomida yomg‘ir, qor, shamol va boshqa omillar ta’sirida tuproq qoplamiga tushib, tuproqning kimyoviy ifloslanishini oshishiga olib keladi.
  • Bundan tashqari tuproqni havfli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi qishloq xo‘jaligida turli o‘g‘itlar qo‘llanilishi bilan vujudga kelmoqda.
  • Ayni kunda tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi har kachongidan ko‘ra avj oldi va bu bir muayyan hudud uchun emas, balki mintaqaviy va global darajadagi muammolarga olib kelmoqda Bu o‘rinda respublikamizning janubiy Surxondaryo viloyatining bir necha tumanlariga o‘zining chiqindi tutunlari bilan bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgan Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) faoliyatini keltirishimiz mumkin.
  • TojAZ birgina 2002 yilda 21,613 ming tonna atmosfera orqali tuproq, o‘simlik, hayvonot va suv qoplamiga vodorod ftorid - NG‘, azot ikki oksidi -N0, uglerod ikki oksidi - SO, oltingugurt to‘rt oksidi - 802 kabi zaharli moddalarni chiqargan, natijada esa tuproq qoplamida ayrim kimyoviy elementlarning miqdori ruhsat etilgan miqdori (REM) ko‘rsatkichidan bir necha marta ortgan va tuproqning bir qator xossalariga salbiy ta’sir etgan.
  • Eng achinarlisi bu holat shu hududda yashovchi xomilador ayollar, yosh bolalarga sezilarli ta’siri achinarli holatlarga olib kelgan. Bir qator olimlarimiz (I.Orestor, G.Raxmatkariyev, YE.Kamilov 1995) va O‘zR Yergeodezkadastri Davlat Qo‘mitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti xodimlari TojAZ ning chiqindilaridan zarar ko‘rayotgan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishdi.
  • TojAZ ning faoliyati mobaynida nafaqat Tojikiston Respublikasi hududi, balki O‘zbekistonning Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari atrof- muhity, xususan tuproq, suv, havo qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi kimyoviy ifloslanishdan zararlanmokda.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling