Tuproqning begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganligini hisobga olish


Download 1.27 Mb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1200571
  1   2
Bog'liq
Taqdimot (9)


TUPROQNING BEGONA O‘TLAR
URUG‘I BILAN IFLOSLANGANLIGINI HISOBGA OLISH
Mashg‘ulot maqsadi almashlab ekish dalasi bo‘yicha tuproqning
begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganligini hisobga olishni o‘rganish,
ularning ko‘milish chuqurligiga qarab dalaning toza bo‘lishiga baho
berishni o‘rganishdan iborat.
Kerakli jihoz va materiallar: burg‘u yoki belkurak, namuna
solish uchun yortili paketlar, 0,25 mm teshikli ikkita elak, 0,5 litr
hajmli stakan, shpatel, filtr qog‘oz, og‘ir eritmalar, urug‘lar kolleksiyasi
yoki rasmlari, shisha tayoqcha, lupa.
Mashg‘ulot mazmuni. Ekinlar orasidagi begini o‘tlarni hisobga
olish bilan birgalikda tuproqni ularning urug‘i bilan
ifloslanganligini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda tuproq namunalari tekshiriladi.
Paxtatikan (Cirsium ochrolepideum) — murakkab-guldoshlarga mansub ildizbargili koʻp yillik oʻt. Poyasi tik, yukrri qismi sershox, serbarg, boʻyi 40—100 sm. Barglari nashtarsimon, bandsiz, arrali, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Iyun -sentabrda gullab mevalaydi. Mevasi uchmali urugʻ. Asosan, ildiz bachkilari, ildiz boʻlaklari, shuningdek, urugʻidan koʻpayadi. Yoʻqotish qiyin begona oʻt hisoblanadi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma deq-qonchilik yerlarida keng tarqalgan. Paxtazor, sabzavot-poliz, donli ekinlar va beda orasida uchraydi. Kurash choralari: yerni kemtik ishlash bilan ildizlarini kesib, oziqdanishini susaytirish; kuzgi shudgorgacha 2,4 -D amin tuzi, don ekinlarida esa 2,4-D gerbitsidlarini purkash.[
BOʻZTIKAN (Sonchus) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp va bir yillik begona oʻtlar turkumi. Poyasi tik, bargi tikanli, gullari tilsimon, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Urugʻida patsimon tuklar bor. 45 turi maʼlum, Oʻzbekistonda 5 turi tarqalgan. Sabzavot boʻztikani (S. oleraceus), dagʻal B. (S. asper), dala B. (S. arvensis) turlari gʻoʻza, sabzavotpoliz, sugʻoriladigan ekinlar orasida, dalalar va boshqa yerlarda uchraydi. Dala B. aprel—may oylarida gullab, iyunda meva tugadi, bir tupi 53 ming donadan ortiq urugʻ beradi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling