Tuproqning issiqlik xossalari va issiqlik rejimi reja: Tuproqdagi issiqlikning roli va uning manbalari. Tuproqning issiqlik xossalari
Download 157 Kb.
|
Tuproqning issiqlik rejimi.Tuproq yuzasiga issiqlikning tushishi, tuproq qatlamlariga o‘tishi, to‘planishi va qaytishi kabi hodisalar yig‘indisiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi. Tuproqning issiqlik rejimi iqlim (quyosh radiasiyasining oqimi, atmosferaning namlanishi va quruqlashuvi va boshqalar) shuningdek, joyning relyef sharoitlari, o‘simlik va qor qoplami singarilar ta‘sirida vujudga keladi. Tuproqning issiqlik holatini xarakterlovchi issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi tuproq temperaturasi hisoblanadi. Tuproq temperaturasi, kelayotgan quyosh radiasiyasi oqimi va tuproqning issiqlik xossalari bilan belgilanadi. Haroratning tez o‘zgarib turadigan tuproq qatlami 0-1 sm da bo‘lib, 3-5 sm dan boshlab, keskin pasayadi. Tuproqning 35-100 sm chuqurligida sutkalik o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi. Tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishiga havoning ochiq yoki bulutli bo‘lishi, yog‘in- sochin, shamol ta‘siri hamda tuproqning tarkibi, o‘simlik va qor qoplami ta‘sir etadi. Yoz faslida yalang, ochiq joylarda tuproq usti qatlamining harorati O‘rta Osiyoda 70-750 va tropik mamlakatlarda 820 ga yetadi (27-rasm). Tuproqdagi o‘rtacha yillik haroratning o‘zgarishi: iyul va avgust oylarida o‘rtacha sutkalik o‘zgarishi eng yuqori, yanvar-fevralda esa minimal darajada bo‘ladi. Yoz faslida eng yuqori sutkalik o‘rtacha tempuratura, odatda tuproqning ustki qismida kuzatilib, quyi qismlarida kamayib boradi. Qishda esa aksincha tuproqning yuzasida harorat pasayib, quyi qismlarida ko‘tariladi. Tuproq haroratining o‘zgarib turishiga sabab bo‘luvchi tabiiy faktorlardan asosiylari joyning relyefi, tuproq xossalari, o‘simlik va qor qoplami singarilar hisoblanadi. O‘simlik qoplami yoz faslida yer yuzasining nihoyatda isib ketishidan saqlaydi, qish mavsumida esa tuproqdagi issiqlikning tarqalib ketishini pasaytiradi. Qishki davrda qor qoplami tuproq haroratiga ta‘sir etib, issiqlikni to‘playdi va yerni sovib, muzlashdan saqlaydi. Bu - qishlayotgan kuzgi g‘allaning nobud bo‘lishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Sutka soatlari Tuproq haroratining sutkali o‘zgarishi Tuproqning harorati, shuningdek, uning mexanik tarkibi, namligi va rangiga bog‘liq. Namlikni yaxshi ushlab turadigan soz tuproqlar yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, bug‘lanishga ketadigan issiqlikni shuncha ko‘p sarflaydi. Qumli tuproqlar kam issiqlik sig‘imiga ega bo‘lganidan, soz tuproqqa nisbatan tezroq isiydi. Demak, yengil mexanik tarkibli quruq va zahi yaxshi qochirilgan tuproqlar bahor-yozda issiqroq bo‘lib, kuzda esa soz tuproqlarga nisbatan sovuqroqdir. Tuproqning temperatura rejimini xarakterlashda tuproqning 20 sm chuqurlikdagi aktiv harorat (>10o C) ning davomiylik davri muhim ahamiyatga ega. Ana shu chuqurlikda ekinlar va tabiiy o‘tlarning ildiz sistemasining asosiy qismi tarqalgan bo‘ladi. Tuproqning 0,2 m chuqurlikdagi aktiv harorat (>10o C) tuproqning issiqlik bilan ta‘minlanishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichdir (38-jadval). jadval Tuproqlarni issiqlik bilan ta‘minlanish darajasini baholash (V.N. Dimo).
Download 157 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling