Tuproqning kimyoviy tarkibi. Yer sharining yuza-ustki qavati odatda tuproq
Download 21.85 Kb.
|
Mavzu2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning fizikaviy xususiyatlari.
- Tuproqning o`zini-o`zi tozalash xususiyati.
Mavzu: Tuproq gigiyenasi Reja: 1. Tuproqning kimyoviy tarkibi. 2. Tuproqning fizikaviy xususiyatlari. 3. Tuproqning o`zini-o`zi tozalash xususiyati. 4. Tuproqning epidemiologik xususiyati. Tuproqning kimyoviy tarkibi. Yer sharining yuza-ustki qavati odatda tuproq deyiladi. Tuproqning yuza qatlami tarkibi 90-99 % mineral modda-lardan, 1-10% organik moddalardan iborat. Tuproqning mineral moddalari tarkibiga qum, loy, ohak, kremniy, alyuminiy, kalsiy, magniy va boshqalar kiradi. Tuproqning organik moddalari (gumus) tarkibida o`simlik va hayvon qoldiqlari, ulardan hosil bo`lgan chirindilar bo`ladi. Tuproq-ning bu qismida mikroorganizmlar, gijja tuxumlari ham bo`ladi. Tuproqning fizikaviy xususiyatlari. Fizikaviy jihatdan tuproq 2 xil bo`ladi: 1. Yirik donador qum tuproq. 2. Mayda donador loy tuproq. Yirik donador qum tuproqning ichki qavatiga kislorod, suv yaxshi o`tadi. Tuproq orasiga kislorod yaxshi kirgani bois undagi organik moddalarning oksidlanish, mikroblardan zararsizlanish jarayonlari yaxshi kechadi. Bu tuproq zaxlamaydi. Bunday tuproqda hosildorlik yaxshi bo`ladi, qurilgan bino poydevori mustahkam bo`ladi. Mayda donador loy tuproqning ichki qavatiga kislorodning kirishi qiyin bo`ladi, shu bois tuproqning ichki qavatlaridagi organik moddalarning oksidlanishi, mikroblardan tozalanish jarayonlari yaxshi bo`lmaydi. Loy tuproq tez zaxlaydi, hosildorligi past bo`ladi. Bu tuproqda qurilgan bino poydevori tez zaxlaydi. Mikroblardan tozalanish jarayoni yaxshi kechmagani uchun bu tuproqda yetish-tirilgan sabzavot mahsulotlari orqali yuqumli kasalliklarning tarqa-lishiga qulay sharoit bo`ladi. Tuproqning o`zini-o`zi tozalash xususiyati. Tuproq o`ziga tashqi muhitdan tushgan organik moddalar, ya`ni chiqindilarni, ular tarkibidagi mikrob va gijja tuxumlarini Suv va tuproq gigienasi. Suv va tuproq gigienasi. Suv gigienasi va uning ahamiyati. Suv odam xayotida juda katta va xilma-xil rol o`ynaydi. U avvalo odam organizmini me`yorida saqlanishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Odamda uning vazniga nisbatan 60% suv mavjud. Suvning katta qismi organizm xujayralari orasida, qolgan qismi esa to`kimalar orasidagi suyuqliklarda, qonda, limfada, ovqat xazm qilish shirasida va xar-xil bezlar suyuqliklarida joylashgan. Odam organizmida suv barcha fizik-kimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga so`rilishi assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari uchun, erigan va yarim erigan xolda oxirgi maxsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bo`ladi. Odamda teri, o`pka, buyrak orqali yo`qotilgan suvni to`ldirish va fiziologik funktsiyalarning me`yorida o`tishi uchun atrof-muxit va xona temperaturasi mo`tadil bo`lishi lozim. Engil jismoniy ish qilganda sutkasiga 3 l suv yo`qotiladi. Bu suvlarning yarmi ovqat moddalari bilan qabul qilinadi. Xavo temperaturasi yuqori bo`lganda va og’ir jismoniy mexnat qilish natijasida suvga bo`lgan odam organizmining extiyoji 6-8l etadi (bunda odamning terlashi ham xisobga olinadi). Odamni suv bilan ta`minlamaslik va uni suvsiz qoldirish juda xavfli: organizmda suv va tuzlar muvozanati buziladi, qon quyuqlashadi, maxsulotning qayta almashinuvi to`xtaydi. energiya va modda almashinuviga sal’biy ta’sir etadi. Odam suvsiz bir necha kun yashashi mumkin. Ovqatsiz suv bo`lgan taqdirda bir oy atrofida yashaydi. Odam organizmining 20% suv yo`qotishi o`limga olib keladi. Suv odamning faqat fiziologik yashashida zarur bo`lib qolmasdan, turmush extiyojida, xo`jalikda va ishlab chiqarishda juda zarur. Odam organizmini jismoniy tarbiya bilan chiniqtirishda juda katta ahamiyatga ega: u odamni chiniqtirishda, davolash jismoniy tarbiyasida, shaxsiy gigienasida, sport mashg’ulotlarida zarur. Suv va tuproq gigienasi. Suv gigienasi va uning ahamiyati. Iste’mol qilinadigan suv quyidagi qabul qilingan gigiena me`yorlariga javob berishi kerak: suv axolining barcha extiyojlariga kerak bo`lgan miqdorda olib kelinishi kerak; suv tiniq, rangsiz, xidi va ta’mi o`zgarmagan ma’lum temperaturaga ega va bardam qiladigan bo`lishi kerak; aniq va nisbatan doimiy ximiyaviy tarkibga ega bo`lishi kerak, kishi sog’lig’iga zarar keltiradigan ortiqcha tuz bo`lmasligi, zaxarli va radiaktiv zarrachalardan xoli bo`lishi kerak; tarkibida patogen bakteriyalar va gijja tuxumlari, g’umbaklari bo`lmasligi kerak. Vodoprovod suvi nimaga ishlatilishidan (ichish, ko`chalarga sepish uchun va xakazo) qatiy nazar, yuqorida aytib o`tilgan talablarga javob berishi kerak. Umumiy suv xavzalarining atrofi o`ralib sanitariya xodimlari tomonidan muxofaza qilinishi lozim. Suvga bo`lgan sutkalik extiyoj muxit temperaturasiga va jismoniy mexnat turiga bog’liq. Sutkada ichiladigan suv va oziq-ovqat orqali olinadigan suv miqdori organizmni ta’minlashi kerak. Bir sutkada ichiladigan suv ish xarakteriga va tashqi muxit ta’siriga qarab aniq miqdorga ega bo`lishi zarur. Xaddat tashqari suvni ko`p istemol qilish organizmni og’irlashtiradi. Ko`p terlashga sabab bo`ladi. Yurak ishini og’irlashtiradi. Chidamlilik va ish qobiliyatini pasaytiradi. Birdaniga ko`p suv ichish bir necha vaqt qon tomirlarni to`ldirib yuboradi va osmotik bosimni pasaytiradi. Download 21.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling