Tuproqshunoslik kafedrasining Universitet Boshqaruv Kengashining 2021 yil 31-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayonidagi 4-masalaning qaror qismi 3-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti
Download 13.28 Kb.
|
Тупроқшунослик кафедрасининг Университет Бошқарув Кенгашининг 2021
Tuproqshunoslik kafedrasining Universitet Boshqaruv Kengashining 2021 yil 31-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayonidagi 4-masalaning qaror qismi 3-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti Tuproqshunoslik kafedrasi joriy o‘quv yilini jami 6336 soat o‘quv yuklamasi bilan boshlab, kafedrada jami 7,75 ish o‘rni shtat birligida, 7 ta asosiy va bitta ichki o‘rindosh lavozimidagi kafedra tarkibi tasdiqlandi. Boshqaruv kengashida ko‘rsatilga vazifalardan kelib chiqqan holda, kafedraning 2021-22 o‘quv yiliga mo‘ljallangan jami 11 ta rejalar to‘plamidan iborat kafedraning umumiy ish rejasi, shuningdek, 2021-22 o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Yo‘l xarita” lari, kafedra professor o‘qituvchilarining faoliyat yo‘nalishlariga bog‘liq shaxsiy ish rejalari ishlab chiqilib, muhokama qilindi va tasdiqlandi. Hozirda mazkur rejalar asosida kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning xizmat ko‘rsatuvchi “Tuproqshunoslik” yo‘nalishi talabalari uchun ta’lim-tarbiya jarayonlariga oid meyoriy xujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 311-sonli buyrug‘i va uning ilovalarida keltirilgan xujjatlar-klassifikator, ta’limning modul-kredit sistemasi va boshq.) haqidagi ma’lumotlar professor-o‘qituvchilar ishtirokida ko‘rib chiqildi hamda bu borada universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan 13.09.2021 y sanasida seminar tashkil etilib, mazkur o‘quv yili ta’lim tarbiya jarayonlari va tizimlariga oid qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. Ta’lim jarayoniga oid modul-kredit tizimi joriy qilinishi munosabati bilan kafedraga tegishli bakalavriat va magistratura talabalarining O‘quv rejalari o‘quv uslubiy boshqarma bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shuningdek, yuqori kurslar uchun barcha fanlardan ishchi o‘quv dasturlar, birinchi kurs talabalari uchun majburiy fa tanlov fanlar bloklaridagi 5 ta majburiy hamda 5 ta tanlov fan uchun fan hamda ishchi fan dasturlari ishlab chiqish va tasdiqlatish jarayonlari nihoyasiga yetkazildi. Talabalar bilan mustaqillik darslari o‘tkazilishi, birinchi kurslar bilan tanishtiruv darslari o‘quv yilining birinchi haftasida tashkillanib, bu borada yuqori tashkilotlar topshiriqlari, shuningdek, uch avlod uchrashuvlari doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, talabalarning O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlaridagi ishtirok manzillari, ularning hozirgi yashash manzillari aniqlashtirilib, pandemiya sharoitidagi talab etiladigan sharoitlari haqida axborot-ta’lim soatlarida ushunchalar berilib bormoqda. Shuningdek, axborot-ta’lim soatlarida Vazirlik tomonidan berilgan ma’lumot va topshiriqlar yoritilib bormoqda. Ilmiy – tadqiqot sohasida kafedraning yillik taqdim etadigan loyiha va ishlanmalari (2 ta), iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro ilmiy texnik bazalarida maqolalar chop etilishi, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash (30.09.2021 y da tadqiqotchi X.Abduhakimovaning dissertatsiya ishi ilmiy seminarda himoya qilinishi), shuningdek, Rossiyaning Janubiy federal universiteti hamda Sankt-Peterburg universiteti professorlari ishtirokidagi on-layn darslar hamda hamkorlik ishlari tashkil etilishi rejalashtirilib, ularga so‘rovnomalar yuborildi. Shuningdek, kafedraning hamkorlik shartnomalari doirasida “Sirdaryo-So‘x ITHB”, Farg‘ona qishloq xo‘jalik boshqarmasi va Toshloq qishloq xo‘jalik boshqarmasi bilan 10 yillik shartnomalar tuzilib, tasdiqlandi va taqdim etildi. Kafedraning keyingi faoliyati ham meyoriy xujjatlar asosida o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlash ijro intizomi talablari asosida olib boriladi. Kafedra mudiri U.B.Mirzayev Download 13.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling