Tuproqshunoslikda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini yaratish va saqlash


Download 162.83 Kb.
bet1/8
Sana24.12.2022
Hajmi162.83 Kb.
#1057475
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tuproqshunoslik

Tuproqshunoslikda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini yaratish va saqlash

Reja:



1. Ma’lumotlar bazasi haqidagi umumiy ma’lumotlar
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)

3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) dasturlari
4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining (MBBT) turlari

5. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining (MBBT) afzalliklari
6. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining (MBBT) vazifalari
7. Tuproqshunoslikka tegishli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tarkibiga joylashtirish

8. Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish
9. SQL haqida umumiy ma’lumotlar
10. So’rovlarda indekslashning roli



1. Ma’lumotlar bazasi haqidagi umumiy ma’lumotlar

Har bir GAT axborotlar tizimining yadrosini ma‟lumotlar bazasi tashkil qiladi, ya‟ni ushbu tushuncha orqali ob‟ektning holatini, uning xossa-xususiyatlari va boshqa ob‟ektlar bilan o„zaro aloqadorliklarini ifodalovchi ma‟lumotlarning umumiy yig„indisi, Shuningdek ushbu ma‟lumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritishning majmuaviy texnik va dasturiy ta‟minotga tegishli barcha vositalari ifodalanadi.
GAT strukturasini shakllantirish ma‟lumotlarning hududiy (geografik) jihatdan o„zaro bog„lanishlarini amalga oshirish asosida, ma‟lumotlar bazasini shakllantirish jarayonidan boshlanadi, ya‟ni deyarli barcha GAT tizimlarida faqat makonga oid koordinatsiyalarga ega bo„lgan ma‟lumotlar bilan ish olib boriladi.
Ma‟lumotlarning hududiy tartibga tushirilishi nafaqat ushbu ma‟lumotlarni yig„ishda unifikatsiyalash nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, balki o„rganilayotgan tizimlarning o„lchamlari qiymatlarining optimal muvofiqligini qaror toptirish uchun ham muhim o„rin tutadi. Nuqtalar va chiziqlar asosan, nuqtalar bo„yicha qayd qilinuvchi koordinatalar asosida bog„lanishi amalga oshirilishi bilan birgalikda, ayrim holatlarda ma‟muriy-hududiy chegaralar yoki tabiiy konturlar, masalan gidrografiya tarmoqlari, joyning relef elementlar va hakozo shunga o„xshash holatlar bilan ham bog„lanishi amalga oshirilishi mumkin. Ma‟lumotlar bazasi fayllar shaklida saqlanishi mumkin yoki Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb nomlanuvchi maxsus dasturiy ta‟minot asosida saqlanishi amalga oshiriladi.
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)

O„z-o„zidan ma‟lumki, har qanday hoxlagan ma‟lumotlar bazasi amaliy jihatdan foydalanilmagan vaziyatda, shunchaki «o’lik» hisoblanadi. YA‟ni, ma‟lumotlar bazasi faqatgina axborotlarni saqlash ombori sifatida o„rin tutadi va unga kirishni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar mavjud bo„lishi talab qilinadi. Ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu ma‟lum bir aniq formatdagi ma‟lumotlar bazasini tashkil qilish, ushbu ma‟lumotlar bazasi tarkibidan ma‟lumotlarni olish, ma‟lumotlar bazasini modifikatsiyalash, ma‟lumotlar bazasini yo„qotish kabi funksiyalarni bajarish imkonini beruvchi dastur yoki dasturlar guruhi hisoblanadi.
Server tarkibidagi MBBT fayllarida ma‟lumotlar server-faylda markazlashtirilgan tartibda saqlanadi. MBBT har bir foydalanuvchi mijozlar kompyuterlariga (ishchi stansiya) joylashtiriladi. MBBTning ma‟lumotlarga kirishi mahalliy (lokal) tarmoq orqali amalga oshiriladi. O„qishlar va yangilashlarning uyg„unlashtirilishi (sinxronizatsiya) fayllarni bloklash orqali amalga oshiriladi.
Ushbu o„ziga xos arxitekturaning afzallik jihatlari - server-fayllarni saqlovchi protsessorga zo„riqish yuklamasining past qiymatda berilishi bilan bog„liq hisoblanadi.
Kamchiliklari esa: mahalliy tarmoqning potensial darajada yuqori zo„riqish bilan ishlashi; markazlashtirilgan boshqaruvni amalga oshirishning qiyinligi yoki imkoni mavjud emasligi; yuqori darajada ishonchlilik, yuqori darajada kirish amalga oshirilishi imkoniyatlari va havfsizlikning yuqori darajada bo„lishi ta‟minlanishi imkoni pastligi kabilar bilan bog„liq hisoblanadi. MBBT nisbatan ko„proq darajada ma‟lumotlar bazasini boshqarish funksiyasidan foydalaniluvchi mahalliy (lokal) ilovalar tarkibida va Shuningdek, ma‟lumotlarni qayta ishlash jadalligi past bo„lgan tizimlarda va ma‟lumotlar bazasining pik (cho„qqi) holatidagi yuklanishi past bo„lgan holatlarda qo„llaniladi. Hozirgi vaqtda server-fayllar texnologiyasi eskirgan texnologiya sifatida qayd qilinadi va unda nisbatan yirik axborot texnologiyalari tarkibida foydalanish uchun to„liq yaroqli hisoblanmaydi.

3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) dasturlari

Biz yuqorida ma‟lumotlar bazasidan katta hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash maqsadlarida foydalanilishi haqida fikr bildirdik. Masalan, tuproqlar haqidagi ma‟lumotlar bazasi tarkibida tuproqlarning asosiy xossalari (morfologik, agrokimyoviy, agrofizik va boshqalar) haqidagi axborotlar saqlanuvchi ma‟lumotlar bazasi hisoblanadi. Har bir ma‟lumotlar bazasi tarkibida bir xil tipdagi ko„p sondagi ob‟ektlar (tuproqlar tiplari bo„yicha, tuproqlarning strukturasi bo„yicha, xossalari bo„yicha va hakozo) haqidagi axborotlar saqlanadi. Bir xil tipdagi ob‟ektlar bir xildagi xossalar to„plamiga ega hisoblanadi, shu sababli har bir ob‟ekt uchun ma‟lumotlar bazasi tarkibida ushbu xossalarning qiymatlari saqlanadi. Ma‟lumotlar bazasini yaratish uchun foydalaniluvchi keng tarqalgan dasturlardan biri - bu MS Access dasturi hisoblanadi.

Download 162.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling