Turar joy binolarida taqsimlash punkti montajini yig’ish


Kabellarni trasheyalarda joylashtirish


Download 0.7 Mb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1259623
1   2   3   4
Bog'liq
Turar joy binolarida taqsimlash punkti montajini yig’ish.

Kabellarni trasheyalarda joylashtirish
Transheyalarni qazish. Mustahkamlash qoplamalari bo‘lmaganbo‘limlarda (asfaltlangan, ko‘prikli va shunga o‘xshashlar), daraxtzorlar ekilmagan va har xil er osti ob’ekt va qurilmalar (kabellar, truba o‘tkazgichlar va boshqalar) yuqorida qayd qilingan joylarda bo‘ldozerlar va transheya ekskavatorlarini qo‘llab mexanizatsiyalashtirilgan usullar bilan bajariladi.
SHahar cheti bo‘limlarida bir donali kabellarni joylashtirish maxus kabel joylashtirish dvigatellari yordamida bajariladi, U pichoq ponasi bilan to‘proqni qirqadi va siljitadi va bu hosil bo‘lgan yoriqqa kabel yotqiziladi.
Avtomobil va temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi joylarda ochiq (transheyani qazish) yoki yopiq (gorizontal parmalab teshish) usuli bilan kabellar yotqiziladi. Ob’ektlar tagidan kabellarni o‘tkazishda transheyani ochmasdan gorizontal (teshish) parmalash usulida, zichlab yoki D-4601 ruso‘mli pnevmatik teshgich yordamida olib boriladi.
Transheyani tayyorlash.Kabel transheyaning 700mm cho‘qurligida qaziladi. Ko‘cha, maydon, shossey va temir yo‘llarni kesib o‘tishda joylashtirish cho‘qurligi 1 m gacha bo‘ladi. Joylashtirish cho‘qurligini 0,5 m gacha kamaytirish, kabellarni bino ichiga kiritish va er osti ob’ektlarini kesib o‘tishda, agar kabellar mexanik jarohatlanishdan himoyalangan bo‘lsa (misol, quvurlar ichiga yotqizilgan bo‘lsa). Haydaladigan erlarda 6-10kV liniyalar cho‘qurligi 1m dan kam bo‘lmagan holatda kabellar yotqiziladi va bu holatda liniya usti ekin ekishda foydalanilishi mumkin.
10kV li kabellar uchun transheya kengligi 300 mm dan kam bo‘lmasligi kerak; ikkita kabel uchun 400 mm; ikki-uch kabellar uchun 500 mm; uchta-to‘rtta kabellar uchun 630 mm; to‘rtta-beshta kabellar uchun 800 mm. transheya tagini 10 kV gacha bo‘lgan bitta kabel yotqizilishida er qazish mexanizmlarida bajarilganida (frezalar) keskichlar kengligi 150 mm dan kambo‘lmagan holda bajariladi. Kabellar orasidagi oraliqqa itoat qilinmagan hollarda kabellar ishlatilishi mumkin bo‘lmagan darajada isib kyotishiga va bu kabelning ishdan chiqishiga olib kelishiga sabab bo‘ladi. Transheya bo‘lim bo‘rilishlarida, kabellar bukilganida ularning izolyasiyasi jarohatlanmasligi kerak. Kabellarni bukilishiruhsat etilgan radiuslari, 3.2-jadvalda keltirilgan.
Kabellarni transheya ichida ulanish muftalariga ulash ishlarini bajarish uchun, transheya bu erlarda 2 m uzunlikda ikki kabel yotqizilayotganida 1,5 m gacha har bir yonida yotgan mufta uchun 350 mm kenglikda bo‘ladi. Muftalarni transheya ichida shaxmat ko‘rinishda joylashtiriladi.
Kabellarni joylashtirishdan oldin transheya nazoratdan o‘tkaziladi, yo‘l joylarida harakatlantiruvchi narsalar, kabelning metalll qoplamalarini emiruvchi (sho‘r joylar, ohak, suv, to‘kilma to‘proqli, shlak yoki qurilish chiqindilaridan tashkil topgan, 2 m dan yaqin joylashgan bo‘limlar, so‘rinlgan va chiqindi cho‘qurlari va h. k.) aniqlanadi.
Bu joylarni kuzatish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda kabel boshqa toza to‘proqli, bosimsiz asbotsementli quvurlarda, tashqi va ichki qismi bitum birikmasi bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
Kabel yotqizilgan transheyani ya’ni neytral to‘proq bilan sepilishda qo‘shimcha ikki tomonlama 0,5-0,6 m ga kengaytirilishi va 0,3-0,4 m ga cho‘qurlashtirilishi kerak.
Transheyalarda joylashtirish moslama va mexanizmlar. Kabellarni joylashtirish maxsus mexanizmlar, avtomobil, traktor, lebedkalar yordamida, barabanlarni aylantirib chuvalatuvchi va kabellar harakatlanuvchi roliklar qo‘llanilib bajariladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling