Turbadagi suyuqlikning beqaror harakati


Download 52.47 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi52.47 Kb.
#1322844
Bog'liq
gid20

20-mustaqil ish Turbadagi suyuqlikning beqaror harakati


Bajardi Shahobov Husan
Qabul qildi_ Otipov P
Bu hol truba va kanallarda suyuqlik ma`lum vaqt oqib turganda yuzaga kelishi mumkin. Oqim chizig`i, oqim trubkasi va oqimcha haqida tushuncha.Elementar oqimchalarning barqaror harakat vaqtidagi xususiyatlari. Odatda biror voqea yoki hodisani tekshirishda uni butunligicha tekshirib bo`lmagani uchun biror soddalashtirilgan sxema qabul qilinadi va shu sxema asosida tekshiriladi. Gidravlikada suyuqlik harakati qonuniyatlarining tabiatini eng yaxshi ifodalab beruvchi sxema suyuqlik oqimini elementar oqimchalardan iborat deb qarovchi sxema hisoblanadi. Buni gidravlikada «suyuqlik harakatining oqimchali modeli» deb ataladi. Bu model asosida oqim chizig`i, oqim trubkasi va oqimcha tushunchalari yotadi.
Barqaror harakat vaqtida esa, tezlik vektori nuqtalarining vaziyati vaqt o’tishi bilan o’zgarmagani uchun, trayektoriya bilan oqim chizig`i ustma-ust tushadi. Oqim trubkasi. endi, suyuqlik harakatlanayotgan soxada biror A nuqta olib, shu nuqta atrofida cheksz kichik kontur ajratamiz va shu konturning har bir nuqtasidan oqim chizig`i o`tkazamiz. U holda oqim chiziqlari oqim trubkasi deb ataluvchi trubka hosil qiladi. Oqim trubkasida harakatlanayotgan suyuqlik elementar oqimcha deb ataladi.
Yuqorida aytilgandan ko’rinib turibdiki, oqim chizig’i deb suyuqlik harakatlanayotgan fazoda olingan va berilgan vaqtda har bir nuqtasida unga o’tkazilgan urinma shu nuqtaga tegishli tezlik vektori yo’nalishiga mos keluvchi egri chiziqqa aytiladi. Beqaror harakat vaqtida tezlik va uning yo’nalishi vaqt davomida o’zgarib targani uchun trayektoriya bilan oqim chizig`i bir xil bo’lmaydi.
Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism (zarra, toʻlqin)lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoʻqotishlari sodir boʻladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi.
Koʻpchilik atm. hodisalari va jarayonlari — atmosfera bilan sirt orasidagi energiya almashinuvida, issiqlik va namlikning koʻchishida, Yer sirti va havzalardagi bugʻlanishlarda, atm.dagi iflosliklar diffuziyasida, dengizda shamol toʻlqinlari va shamol oqimlarining vujudga kelishida, atm. da qisqa radiotoʻlqinlarning sochilishi kabi hollarda atm.ning turbulentligi katta rol oʻynaydi.
Harakat vaqtida suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt o`tishi bilan o`zgarib tursa, bunday harakatga beqaror harakat deyiladi. Tabiatda daryo va kanallardagi, texnikada trubalardagi suyuqlikning harakati asosan boshlanganda va ko`p hollarda butun harakat davomida beqaror bo`ladi. Agar suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt bo`yicha o`zgarmasa va faqat koordinatalariga bog`liq bo`lsa,bunday harakatga barqaror harakat deyilad
Turbulent oqim (lot. turbulentus — joʻshqin, tartibsiz) — turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik (gaz) oqimi (qarang Turbulentlik). Turbulent oqimda suyuqlik (gaz) ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boʻylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan oʻzgaradi va pulsatsiya (jadal) tusida boʻladi. Bosimda ham pulsatsion oʻzgarish roʻy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa oʻzgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar (mas., yonish)ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit toʻlqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega
Download 52.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling