Turdiyev Shuxrat Nurbayevichning magistrlik darajasini olish uchun


Download 21.44 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi21.44 Kb.
#1622196
  1   2   3
Bog'liq
Турдиев Шухрат Тақризлар ва Хулоса latin


Termiz Davlat Universiteti 70230101 - Lingvistika (Ingliz tili) magistratura bitiruvchisi Turdiyev Shuxrat Nurbayevichning magistrlik darajasini olish uchunContrastive analysis of the archeological terms in English and Uzbek languages” mavzusidagi bitiruv magistrlik ishiga
ILMIY RAHBAR XULOSASI
Turdiyev Shuxrat Nurbayevichning “Contrastive analysis of the archeological terms in English and Uzbek languages” mavzusidagi mazkur bitiruv magistrlik ish ingliz tilida yozilgan bo‘lib, ingliz tili darslarida arxeologik terminlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda asosan oliy ta'lim muassasalarida tarixiy terminlar tadqiq qilingan. Bitiruv magistrlik ishi kirish, uch bobdan iborat asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan, ishning maqsad va vazifalari, arxeologik terminlarni o‘rgatish soxasida ko‘plab ishlar olib borilganligi, shuningdek ingliz tilida terminlarni o‘qitish rivojlanganligi va til o‘rgatish davlat siyosati darajasida ko‘tarilganligi xaqida ma'lumot berilgan.
Ishning asosiy maqsadi terminlarni o‘rgatish va ular ustida tadqiq qilish usullarini, oliy ta'limda arxeologik terminlar o‘rganayotgan guruxlarda o‘rgatish muammolari va oliy ta'limdagi axamiyatiga qaratilgan.
Ishning asosiy qismi birinchi bobida arxeologik terminlarni qiyoslab va inliz tili va o‘zbek tillar o‘rtasidagi farqlarni o‘rgatish tadqiqining nazariy asoslari, arxeologik atamalar qiyosiy – kontrastiv tadqiqot ob'ekti sifatida olimlar olib borilgan ishlar, olimlarning fikrlari, misollari muhokama qilingan.
Ishning ikkinchi bobida arxeologik terminlarni shakllanishi va funksiyasi keltirilgan. Shuningdek, arxeologik atamalarning leksik – semantik shakllanish usullariga to‘xtalib o‘tgan.
Ishning uchinchi bobida ingliz tili darslarida arxeologik terminlarni o‘qitish, Maxsus maqsadli fanlar uchun ingliz tili (ESP) va Ingliz tili xorijiy til sifatida (EFL) o‘tiladigan maxsus darslarida arxeologik atamalarni o‘rgatish hamda arxeologik atamalarning ko‘p tilli lug‘atlarini tuzish muammolari ko‘rib chiqilgan.
Har uchala bob oxirida keltirilgan dalillar xulosalangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 100 ga yaqin manbalarni o‘z ichiga oladi.
Ishning tadqiqot metodologiyasi arxeologik terminlarni o‘rganish metodikasi bo‘yicha ish olib borgan atoqli olimlar I.V.Arnol'd, V.Gurov, E.S. Kurbatova, S.S.Mirseitova, E.A.Malikova, V.V.Burlakov, G.G.Pocheptsova, qator olimlarning ishlaridan foydalanilgan.
Mazkur bitiruv magistrlik ishi qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi. Ishni ommaviy himoyaga tavsiya etish va a'lo baholash mumkin deb hisoblayman.

Ilmiy rahbar: Alisher Navoiy


nomidagi Toshkent Davlat
O‘zbek tili va adabiyoti
universiteti o‘qituvchisi
PhD. Xoliqov B.

Ilmiy maslahatchi: Termiz Davlat Universiteti


Ingliz tili va adabiyoti
kafedra o’qituvchisi
Farmonov G’

Termiz davlat universiteti 70230101 - Lingvistika (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi


Download 21.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling