Turdiyeva uljamolning texnik ijodkorlik va dizayn fanidan diffuzorli varraklar yasash mavzusida


Download 240.24 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi240.24 Kb.
#232209
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Diffyzorli varraklar tayyorlash

Diffuzorli varrak yasash.

Quyida tasvirlanadigan varraklar konstruksiyasi bo‘yicha ham ishlatiladigan materiallar bo‘yicha ham siz tanishgan varraklardan farq qiladi. Ular murakkabroq, ularni yasashga ham ko‘proq vaqt ketadi. Biroq oddiy varraklar tuzilishini o‘rganib olgach siz bu uchish apparatlarining xususiyatlarini ham ularning uchish prinsipini ham tushunib etasiz va sizni qiziqtirgan xillarini yasaysiz. Ko‘plaringiz kuzatgan bo‘lishingiz kerak, agar daryo keng yoyilib ketsa uning oqim tezligi ancha kamayadi va aksincha, tor joyda oqim tezligi kesishi ortadi. Suvdagiga o‘xshab havoda ham ana shu fizik qonun amal qiladi. Havo oqimining konussimon trubaning keng uchiga yo‘naltirib qo‘ying, shunda siz havoning tezligi qanday o‘zgarganligini ko‘rasiz: chiqayotganda u kirishdagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.

Yassi varrak havoda bo‘lgan vaqtda uning ostida kuchaygan bosim zona, ustida past bosim zonasi vujudga keladi. Bosim turlicha bo‘lganligi ta’sirida havo oqimi diffuzorga kirib qoladi va undan tor chiqish joyiga qarab boradi. Diffuzor konussimon bo‘lganligidan chiqayotgan oqim tezligi kirayotgandagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Demak, diffuzor reaktiv dvigatelga o‘xshab ishlaydi.

Diffuzor bo‘ylab tobora ortib borayotgan tezlik bilan harakatlanuvchi havo bu kichik apparatining ko‘tarilish tezligini oshiradi, bundan tashqari yana muhimrog‘i, unga parvoz vaqtida qo‘shimcha mustahkamlik bag‘ishlaydi.




Download 240.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling