1.”Lola “ ko‘rsatmali qurolli.
1.-Bosqich.Rangli qog‘ozlardan kvadrat qirqib olinadi. Uning diogonallari bo‘yicha buklab, buklangan do‘ppi shakliga keltiriladi.
2.-Bosqich.Buklashdan hosil bo‘lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga etkizdirib buklanadi. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchinchi uchiga karab buklanadi.
3.- Bosqich.Hosil bo‘lgan shaklda cheti o‘rtaga hosil bo‘lgan chiziqqa tomon buklanadi. SHaklning orqa tomoni ham shunday buklanadi.
4.- Bosqich.Oxirgi buklangan shakllarning har bir orqa tomoniga qaytarib buklanadi. Buklangandan so‘ng ularning uchlari bir biriga qaytarilib qayriladi.
Keyin shakilni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. SHaklning yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada “lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning bandini boshqa qog‘oznissilindir shaklida o‘rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo‘yish bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini g‘unchasini ham yopishtirib qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |