Turist va sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi, ularning oqimini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bu joy ya`ni destinatsiyadir


Download 11.63 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi11.63 Kb.
#1508241
Bog'liq
7.04.2023


Turist va sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi, ularning oqimini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bu joy – ya`ni destinatsiyadir. Destinatsiyaning o’ziga xos va mos jihatlari qanchalik ko’p va noyob bo’lsa, albatta ularga qiziquvchilar soni ham ko’p bo’ladi.Avvalambor destinatsiya haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. “Destinatsiya” tushunchasi lotincha “joylashuv” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, taxminan 30 yil davomida xorijiy tadqiqotchilar va turizm amaliyotchilarining kontseptual apparatining asosiy atamalaridan biri bo’lib kelgan. Keng qo’llanilishiga qaramay, "destinatsiya" tushunchasining o’zi turistik adabiyotlarda amalda alohida tahlil qilinadigan ob’ektiga aylanmagan. Biroq, fan nuqtai nazaridan ham, samarali boshqaruv nuqtai nazaridan ham, "destinatsiya" tushunchasining mohiyati, tuzilishi va mazmunini tahlil qilish printsipial jihatdan muhimdir. Adabiyotlarda "destinatsiya" ko’pincha turist keladigan hudud sifatida ta’riflanadi, ammo bu geografik hududning ma’muriy chegaralari borligini anglatadimi yoki yo`q? Destinatsiyani muhim turistik resurslarga ega hudud deb atash mumkinmi? Destinatsiyani mahsulot sifatida belgilasak, destinatsiyalar marketingi bilan tovar va xizmatlar marketingi o’rtasida farq bormi? Ko’pgina ta’riflar bu savollarning barchasiga javob bermaydi.
Download 11.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling