Turistik hududda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektori turli millatga mansub shaxslar bilan suhbatlashishiga to‘g‘ri keladi


Download 23.43 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1416778
Bog'liq
2 5206381226184674598


3- kazus
Turistik hududda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektori turli millatga mansub shaxslar bilan suhbatlashishiga to‘g‘ri keladi. Fransiyalik turistlardan biri inspektordan manzil so‘radi, inspektor esa fransuz tilini bilmagan holda ham unga imo-ishora orqali javob qaytara oldi.
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib muloqot yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlarni tahlil qiling. Muloqotda noverbal vositalarning o‘rni haqida fikringizni bayon eting.

Yuqoridagi kazusga javob berishimizdan oldim o‘zi muloqot nima ekanligini tushunib olishimiz lozim deb o‘ylayman. Ma'lumki insoniyat yer yuzidagi barcha mavjudotlarning eng oliy toifasi hisoblanadi va bu olamda tiriklik mavjudotlar ichida faqatgina insonga muloqot qilish uchun gapirish imkoniyatlari berilgan. Muloqot insonning eng go‘zal xislatlaridan biri hisoblanadi. Kishilik tarixidan beri inson so‘z boyliklarini hayotiy tajribalar asosida ko‘paytirib va kengaytirib kelmoqda, shu bilan birgalikda insoniyat tarixidagi kattayu-qichik, og‘ir va yengil ziddiyatlarning aksariyat va asosiy tag zamirida muomala madaniyati yotadi. U xudo tomonidan o‘ziga berilgan barcha imkoniyatlari bilan o‘zga mavjudotlardan aynan, tilning, nutqning, muloqotning shakillanganligi bilan farq qilib turadi. Sanab o‘tilganlar orasida muloqot tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz.


O‘zi muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi muhim sifatidir. Inson shu muloqot orqali ongidagi fikrni o‘zgalarga yetkazib bera oladi. Umuman olganda, muloqot tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan. Jumladan, turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta'sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi1.
Agarda biz yana boshqa manbaalarga ham nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasida kechadigan affektiv baholash hususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvi deb ta'riflanadi. Umuman olgada muloqot faqatgina kishilik jamiyatidagina yuzaga kelmaydi albatta, u hayovonlarga ham xos. Biroq insoniyat yeng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi.
Muloqot inson ongi va tafakkuri bilan amalga oshar ekan, u orqali insonlar fikr almashib muayyan ma'lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni bir-birlariga yetkazib berishadi. Til insonlarga shunday imkoniyatlar beradiki, cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini nutq va muloqot orqali ifodalash mumkin. Biz uchun odatiy bo‘lib qolgn, osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida murakkab jarayon hisoblanadi. Odam muloqotni butun hayoti davomida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida psixolog olim B.F Parigin shunday yozadi: “ Muloqot ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
a) individlar o‘rtasida axborot almashinuvi jarayoni.
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni.
g) bir kishining boshqalarga ta'sir ko‘rsatish jarayoni.
d) bir- biriga hamdardlik bildirish imkoniyati.
e) shaxslarning bir- birini tushunish jarayoni”.
Ma’lumki, muloqotni amalga oshirishda uch narsa bo‘lishi talab etiladi, bular muloqotning maqsadi, mazmuni va vositasidir. Agarda ulardan bittasi bo‘lmasa ham muloqot mukammal yoki umuman odatiy bo‘lmaydi.
Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Ya'ni inson kim bilandur muloqotga kirishishdan oldin nima haqida muloqot olib borishini tafakkurida idrok etadi.
Muloqot mazmuni- bu bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkaziladigan axborot.
Muloqot vositalari- bu muloqotni amalga oshirishda yordam beruvchi omillar, ya'ni, til, ohang, emotsiya, mimikasi, gavda holati, nigoh va imo- ishoralar bo‘lishi mumkin.
Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika,ko‘z yosh, kulgu, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko‘rish, eshitish, hid bilish, hamda, boshqa sezgi va tasavvurlar. Odam muloqotining noverbal shakl va vositalarning ko‘pchiligi tug‘ma bo‘lib, faqat o‘ziga o‘xshashlar bilan emas, balki, boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq-atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o‘zaro ta'sir ko‘rsatishga imkon beradi. Bunda shaxs nutqdan foydalanmagan holda muloqotni olib boradi2.
Noverbal vositalar verbal (nutqiy muloqot) ni to‘ldiradi, kuchaytiradi vaba'zan uning o‘mini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish «yo‘q» deganma'noni anglatsa, ruslarda uning aksini anglatadi. Turli yosh guruhlaridanoverbal kommunikasiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan, bolalarko‘pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o‘z xohish va kayfiyatlarinio‘tkazishda yig‘idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so‘z bilanbayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikasiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.
Masalan, O‘rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib, unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikasiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini g‘amgin tutadi, past ohangda, qo‘llarini yuziga yo peshonasiga qo‘ygan va boshini chayqagan holda chuqur xo‘rsinib gapiradi va hokozolar3. Noverbal muloqot tizimlari kommunikasiya jarayonida muhim rol' o‘ynaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar, mimika va pantomimika yordamida ifodalanadi. Noveibal belgilar nutqni to‘ldiradi, ba'zida uning o‘mini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emosional holatini aks ettiradi. Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallami kuzatish va ulaming mazmuninitushunish juda muhimdir.
Qiziqarli ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkiniki, noverbal muloqotda quyidagi belgilar tizimlaridan keng foydalaniladi:
1.Kinetik belgilar tizimi imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat. Masalan, rost so‘zlayotgan kishi ochiq kaftlarini ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi. Aksincha, yolg‘onchi ularni berkitishga harakat qiladi. Suhbatdoshdan o‘zini yuqori tutish belgilaridan biri — butun kaft cho‘ntakda bo‘lib, bosh barmoqning tashqariga chiqarib qo‘yilganligidir. Shubhalanuvchanlikni odatda og‘izni qo‘l bilan himoyalash, burunga tegib qo‘yish, qovoqlami silab qo‘yish, quloq ortini yoki bo‘yinni qashlab qo‘yish bildirib qo‘yadi.
2. Proksemik belgilar tizimi kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvidan iborat. Bu joylashuv to‘rt xil usulda bo‘ladi. Jumladan, intim hudud (oralig‘i 15—45 sm) ga eng yaqin va tanish odamlargina kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muhiti, past ovoz, taktil aloqa. Shaxsiy hudud (45—120 sm) da tanishlar hamkasblar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: vizual kontaktning uzoqroq davom etishi, verbal muloqotning noverbal muloqotdan ustun bo‘lishi. Ijtimoiy hudud (120 —400 sm) da begona kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: muloqotning rasmiy xarakterga ega bo‘lishi, suhbatdoshlar bir-birini yaxshi tanimasligi. Ommaviy hudud (400 sm va undan ortiqroq) da kishilaming katta guruh bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning yo‘qligi, noverbal signallar rol'ining ortishi.
3. Vizual kontakt ko‘zlar orqali amalga oshiriladigan aloqadan iborat. Psixologik tajribalardan ma'lum bo‘lishicha, suhbatdoshlar birbirining ko‘zlariga tikilishi bilan o‘zidagi yoqtirish, sadoqat yoki aksincha, (agressiv) tajovuzkor reaksiyalarga tayyorlikni ifodalaydi. Yoqimsiz mavzudagi suhbat davomida kishilar ko‘zlar to‘qnashuvidan o‘zlarini saqlaydilar.
Endi muloqot yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlar haqida gapirib o’tishimiz ahamiyatldir. Muloqotning paydo bo‘lishida bir necha shartlar mavjud. Birinchi shart bu- so‘zlovchida tinglovchiga yetkazish uchun fikrning paydo bo‘lishi. Ikkinchi shart, muloqot olib boruvchi tomonlarning birida muhokama uchun mavzu, fikirning paydo bo‘lishi. Uchinchi talab qilinadigan shart, til bilimining mavjudligi. Bundan shuni tushunish mumkunki, kishi o‘zining anglayotgan, his qilayotgan, yoki yetkazib bermoqi bo‘lgan fikrini muloqotdoshiga o‘ziga qulay bo‘lgan til bilan yetkazib bera olishi. Biz yuqorida ko‘rib chiqayotgan vaziyatda ham turistik hududda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektori ham, garchi fransuz tilini bilmasada muloqotning sanab o‘tilgan shartlaridan foydalangan holda turistga imo-ishora orqali javob qaytara oldi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, muloqot jarayonida muloqot vositalaridan to‘g‘ri foydalana bilish maxorat talab qiladi. Sizni tushunmayotgan odamga ohang, emotsiya, mimikasi, gavda holati, nigoh va imo- ishoralar bilan tushuntirish berish muloqotni oson kechishiga yerdam beradi va bunday muloqot noverbal vositasi hisoblanadi. Noverbal nutqning yana bir turi daktiologik (barmoq) nutq deb ataladi. Inson tana a'zolari, imoishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala o‘rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktiologik nutq deyiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, muloqotdagi noverbal vositalarnig o‘rnini yuqoridagi kazusda ham ko‘rdik. Unga ko‘ra ikki bir birini tushunmaydigan, boshqa boshqa tillarda so‘zlashadigan odamlarning o‘rtasida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qildi.

Foyadalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Umumiy psixologiya. G‘oziev E.G. 1-2 kitob. Toshkent- 2018 274 bet.
2. Muloqot- axborot ayirboshdash o‘zaro ta'siri va kishilarning bir- bir birini tushunish vositasi sifatida. (Ma'ruzalar matni).
3. Muloqot psixologiyasi. Maxsudova M. O‘quv qo‘llanma.T.: 2006 y. 120 bet.
4. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati. Bakalavr va magistrlar uchun uslubiy qo‘llanma. A.J.Omonturdiev , Sh.I.Abduraimova.T.: 2016 y. 92 bet.



1Umumiy psixologiya. G‘oziev E.G. 1-2 kitob. Toshkent- 2018 164-bet.

2 Muloqot- axborot ayirboshdash o‘zaro ta'siri va kishilarning bir- bir birini tushunish vositasi sifatida. (Ma'ruzalar matni).

3.Muloqot psixologiyasi. Maxsudova M. O‘quv qo‘llanma.T.: 2006 y. 36- bet.





Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling