Turistik marshuitning ishlab chiqish bosqichlari


Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi


Download 16.53 Kb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi16.53 Kb.
#1312112
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turistik marshuitning ishlab chiqish bosqichlari

Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi

  • Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi
  • Ekskursiyada asosiy hikoya formalari bo‘lib tasvir, ketma-ketlik, sanash va ob’yektlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tushuntirish, o‘zaro ichki bog‘liqlik va bog‘lanishlar mazmunini ochib berish, izohlash, jarayon mobaynida diqqatni ob’yekt xususiyatlariga qaratish, ko‘rsatma berish, ob’yekt kuzatuvining to‘g‘ri olib borilishi bilan bog‘liq ekskursovod tavsiyalari kiradi. Ekskursiya shaharlararo sayohat qilishning norasmiy formasi hisoblanadi. Munosabatlar sayohat jarayonida yuzaga keladi va uning bosqichlari bilan birga rivojlanib boradi. Ekskursiya jarayonida munosabatlarning ochiq xarakterdaligi, ijtimoiy sinflarning yo‘qligi, har bir turist munosabatining qamrovini kengaytirish muhimdir, ekskursiya bu xususiyatlarni spetsifik vositalar yordamida yetkazilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, auditoriya doimiy ravishda ekskursovod va ob’yektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Sayohat esa o‘z o‘rnida ekskursovod, ob’yektlar va ekskursiyachilar munosabatlarining natijasidir. Ekskursiya davomida auditoriyani ajratuvchi va birlashtiruvchi belgilar paydo bo‘ladi. Birlashuvchi belgilarga ekskursiyachi va ekskursovod orasidagi munosabatning mavjudligini ko‘rish, eshitish, umumiylik hissi, bir-biriga ta’sir etish (emotsiya) umumiy diqqatning jalb etilishi sayohatga qadar to‘plangan turistlar auditoriyani tashkil qilmaydi.

Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari.

Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari.

  • Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda turli uslubiy yondashishlarni hisobga olish talab qilinadi. Turizm sohasi dastlabki rivojlanish davrida turistik marshrutlar ham, turistik ekskursiya marshrutlari ham asosan og‘zaki tashkil qilinadi va aniqrog‘i og‘zaki dasturga asosalanib o‘tkazilaveradi. Bunday holatlarda turist o‘zi ko‘rishni, borishni istagan turistik ob’ektni tavsiya qiladi va unga ko‘rsatiladigan xizmatlarning barchasi rejalashtiril gan og‘zaki dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Turizm rivojlana borgan sari turistlarga bunday usullarda xizmatlar ko‘rsatish samara bermay qoladi. Chunki, birinchidan, turistlar oqimining ko‘payishi, ikkinchidan, barcha turistlarga og‘zaki xizmatlar ko‘rsatishga vaqt yetishmaydi.
  • Uchinchidan, zamonaviy vaqt talabi bo‘yicha hozirda juda ko‘plab turistlar o‘zi qiziqgan turistik ob’ektlarga oldindan buyurtmalar berishga odatlangan. Shuning uchun ham mamlakatimizda turistlarga og‘zaki va’dalar berish va og‘zaki usullarda turistik marshrutlar xizmatlarini ko‘rsatish davri tugadi. Odatlanganimizdek, hozircha ichki turistlarga og‘zaki turistik marshrutlar xizmatlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Chunki, ichki turistlar shu sharoitlarga hozircha o‘rganishgan.
  • Hozirgi zamonaviy turizmda, ayniqsa xalqaro turist larga mukammal rejali, dasturli turistik marshrutlarni ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda. Umumiy qilib olganda turistik marshrutlarni ishlab chiqish 3 usulda amalga oshiriladi. Bu usullarning barchasida turistik marshrutlar ishlab chiqish faqat bir tizim talablari asosida amalga oshiriladi. Aniqrog‘i, turistik marshrutlar ishlab chiqish texnologiyasi bir usulda mavzulari turlarning talablariga rioya qiladi. Mavzuli usul. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul mavzuli usul hisoblanadi.

Download 16.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling