Туристик маҳсулотларнинг турлари ва уларнинг тақсимланиши mavzu 1 Туристик маҳсулот тўғрисида тушунча


TURIZM SOHASIDA NARX BELGILASHGA QUYIDAGI OMILLAR TA’SIR QILADI


Download 15.66 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi15.66 Kb.
#1557809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
туризмдан 3-мавзу учун

TURIZM SOHASIDA NARX BELGILASHGA QUYIDAGI OMILLAR TA’SIR QILADI.
1. Tannarxlar. Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol o’ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o’zgaruvchan. Barqaror tannarxning to’gri bir shaklda hisoblanishi oson bo’lgani uchun turistik korxonalardagi o’zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o’rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir.
2. Korxonaning o’rni va joylashgan yeri. Turistik mahsulot joylashgani yerning bozorgacha bo’lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir qiladi. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mehmonxonalar bilan Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar qo’llaniladi.
3. Bozordagi raqiblarning narxlari. Biror turistik mahsulotning narxi, bozordagi mavjud bo’lgan o’xshash mahsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo’lishi kerakdir. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko’ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. YAngi bir mahsulotning bozorga ilk kirishida asosan boshqa mahsulotlarnikidan past narx qo’yadilar. Bozor narxidan yuqori narx belgilagan korxonalar, mahsulotlarning o’xshash mahsulotlardan farqli sifati va xususiyatlarga ega bo’lishini yaratishga majburdir.
4. Iste’molchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari. Iste’molchilar turizm xizmatlaridan faqat o’z byudjetlariga mos bo’lgan miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo’lsa, mahsulotlarga bo’lgan talab kamayadi, shu sababli talab belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish kerak. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo’lmoqda. Ba’zan korxonalar narxlarni xalqaro talablarga moslab hosil qilmoqda.
5. Ishlab chiqarish hajmi. Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o’lchovlariga bog’liq bo’lib, turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to’liqlik nisbatlariga ko’ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma’lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo’lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib, korxonaning barqaror chiqimlari ko’riladi.

Download 15.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling