Turistlarga ekuskursiya xizmatini ko’rsatish. Kirish


O`ZBEKISTONDA EKSKURSIYA XIZMATLARI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR


Download 56.88 Kb.
bet7/9
Sana20.02.2023
Hajmi56.88 Kb.
#1216341
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turistlarga ekuskursiya xizmatini ko’rsatish.

3.2 O`ZBEKISTONDA EKSKURSIYA XIZMATLARI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim tarmoqlaridan biri diniy ya`ni ziyoratchilik turizmi bo`lib hisoblanadi. Ziyoratchilik turizmning shakllanish tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Ya`ni uning ilk bor vujudga kelishi antik davriga to`g`ri keladi. Ziyoratchilik turizmning asosiy paydo bo`lgan maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo`lib hisoblanadi. Qadimda greklar va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda sig`inishganlar. Ziyoratchilarning sayyohat qilishidan asosiy mahsadi aziz avliyo joylarga qadam ranjida qilishi, sig`inish chog`ida ruhiy jihatdan yengillashishi, ko`ngillarning poklanishi, og`ir kasalliklardan xolos bo`lmoqligi, qilib quygan gunoh ishlarini ollohdan so`rab kechirishlarini, safar chog`ida safdoshlari bilan ma`naviy yaqinlikda bo`lishni orzu-umid qilishadilar. Ziyoratchi sayyohlar safarga chiqishida o`z orzu umidlariga erishish, yaratganga shukronlar aytib uning izzat hurmatini bajo keltirishni o`z ko`ngillaridan o`tkazadilar.
Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik markazlari mavjud bo`lib, ular yer sharining deyarli hamma qit`alarida joylashgandir.
Musulmon olamida ziyorat qilish makonlari ham anchagina. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa jonajon O`zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko`p. Ular qatoriga Janubiy Qozog`iston viloyati, Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy maqbarasi; Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Zangiota majmuasi; Toshkent shahridagi Shayx Xivanda Taxur maqbarasi, Qaldirg`och-biya maqbarasi, Yunusxon maqbarasi; Hazrati Imom majmuasi; Abubakr Muhammad Kaffal Shashi maqbarasi; Shayx Zayniddin bobo maqbarasi; Samarqand viloyati Payariq tumani Hartang qishlog`idagi Imom Al-Buxoriy majmuasi; Oqdaryo tumani Dahbed qo`rg`onidagi Maxtumi A`zam maqbarasi; Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Amir Temur, Ruhobod, Xo`ja Doniyor, Motrudiy, Murod avliyo, Xo`ja Axror Vali, Oq saroy, Cho`ponota maqbaralari; Buxoro shahridagi–Ismoil Samoniy, Chashmai Ayub, Sadriddin Buharzi, Bohovuddin Naqshbandiy, Buyon Kulixon, Chor Bakr maqbaralari; Xorazm viloyatida Uch avliyo, Said Allovuddin maqbarasi; Qashqadaryo viloyatida–Jahongir, Dorus Saodat, Dorut Tilovat majmuasi, Ko`k gumbaz masjidi; Surxondaryo viloyatida - Hakim at-Termiziy majmuasi; Sulton Saodat ibodatxona yodgorligi, Fayoztepa ibodatxonasi; Jizzax viloyatida–Sadr Vaxs avliyo (Avliyoota) majmuasi; Farg`ona viloyatida Daxmon Shaxon go`rxonasi, Mozorixon maqbarasi kabilar ziyoratchi sayyohlarni o`ziga jalb qilib keladigan maskanlar bo`lib hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tarixiy obidalar, madaniy qiziqish ob’ektlari, yangi turistik yo’nalishlar – ekskursiyalar uchun zarur tashkiliy qism hisoblanadi. Shu sabab bu ro’yxatni davom ettirish mamlakat turizmining rivojlanishi uchun asos bo’la oladi.
Quyida ekskursiyalarni o’tkazishning tamomila yangi ko’rinishlari haqida so’z yuritamiz. Agarda mamlakatimizda taklif etilayotgan ekskursiyalarni tahlil qilsak, asosan tarixiy, madaniy va diniy yo’nalishlar bo’yicha ish olib boriladi. Bu esa turistik bozor segmentining ma’lum bir qismigagina xizmat qilish mumkinligini anglatadi. Tabiiyki, yurtimizga keladigan turistlar soni segmentga mos ravishda kam miqdorni tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib yangi ekskursiya yo’nalishlarini taklif qilamiz:
1. Agroturizm bo’yicha ekskursiyalar. Bu yo’nalish segmentiga yoshlar, o’smirlar, agrar soha vakillari, yangi ish boshlagan fermerlar, agrar soha ilmiy xodimlari kiritiladi va agar yaxshi o’ylab yo’lga qo’yilsa, juda yaxshi rivojlantirish darajasiga olib chiqish mumkin. Mamlakatimizda agrar sohadagi yutuqlarimiz anchaligina hisobga olsak, xorijda ham aynan shu ekskursiyada qatnashish istagida bo’lgan ko’plab turistlarni jalb qilish mumkin.
2. Astronomiya bo’yicha ekskursiyalar. Bunda turistlar o’z yurtlarida ko’rish imkoni bo’magan holatlarga guvoh bo’ladilar va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Ya’ni, yurtimizning g’arbiy hududlarida tunda yulduzlar juda yorqin ko’rinadi. Turistlarga esa bu holat juda ham zavq bag’ishlaydi. Agar yaxshi ma’lumotlar bilan to’yintirilgan ekskursiya matni ham bo’lsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
Shu o’rinda bir voqeani eslatib o’tmoqchiman. Bir necha yillar avval YASMINA TUR kompaniyasining yapon turistlari dastur bo’yicha harakatlanib, Gazli tumanida joylashtirish vositasi sifatida bog’cha binosini ijaraga olishadi. Kompaniya rahbari turistlariga barcha sharoitlarni tayyorlab berib, o’zi ham dam olishga yotadi. Ammo yarim kecha uyqusi qochib, turistlaridan xabar olish maqsadida ularning oldiga borganida, turistlarning aksariyati o’z o’rnida yo’q bo’ladi. Xavotir olib qidirishga tushgan kompaniya rahbari ularni bog’cha tomiga chiqib yulduzlarni tomosha qilayotganini guvohi bo’ladi. Asosiy mutaxassisligi astronom bo’lgan kompaniya rahbari turistlarga yuliduzlar haqida qisqacha so’zlab beradi. Shundan beri, Yasmina tur kompaniyasi o’z turistlariga tunda ekskursiyalarni tashkil qilib turadi.
3. Cho’l turizmi ekskursiyalari. Bunda cho’l hayoti, flora faunasi va boshqa qiziqarli ma’lumotlar haqida so’zlab berish mumkin. Chunki, cho’l hududlarida ham shunday tabiiy holatlar borki, inson ongini shoshiltirib qo’yadi. Masalan, cho’l ichiga bir necha o’n kilometr kirib ketsangiz, oldingizdan har xil maydonga ega bo’lgan ko’llar chiqishi mumkin. Sahro o’rtasida bu kabi holatni uchratish juda mushkul hol, ammo Buxoro viloyatida haqiqatda bor bunday ko’llar.
4. Ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ekskursiyalar. Masalan, ornitologlar, ixtiologlar, arxeologlar yoki speleo turistlar uchun ekskursiyalar tashkil qilish. Bu ekskursiyalar jarayonida ilmiy nuqtai nazardan yondashuv zarur hisoblanadi va tayyorgarlik darajasi ham boshqa ekskursiyalarga qaraganda bir qancha murakkab bo’ladi. Chunki qatnashchilar talabi juda yuqori bo’ladi.
5. Texnologik ekskursiyalar. Bu yo’nalishda ekskursiya qatnashchilariga zamonaviy texnologiyalar yordamida xizmat ko’rsatiladi va samarali darajaga erishadi. Masalan, Ark muzeyiga odatdagi xizmat ko’rsatish uslubida kuniga 500 turistga xizmat ko’rsatilsa, texnologik usullar yordamida bu ko’rsatkich bir necha barobarga oshishi mumkin. Texnologik xarita har bir ekskursiya mavzusiga alohida tuziladi. Texnologik xarita variantlarida ekskursantlarning yoshi, kasbi va boshqa qiziqishlari, ekskursiyani olib borishning o‘ziga xos uslubiyati ham o‘z aksini topadi. Texnologik xarita quyidagicha rasmiylashtiriladi: titul varog‘idaekskursiya muassasasining nomi, ekskursiya mavzusi, turi,mashrut, masofasi ekskursantlarning tarkibi, tuzuvchilar f.i.sh., ekskursiya tasdiqlangan sanasi yoziladi. Keyingi sahifada ekskursiyaning maqsadi va vazifalari, ob’ektlar va to‘xtash joylari ko‘rsatilgan marshrut sxemasi kiritiladi. Texnologik xarita 3 bo‘limdan iborat: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirish va xulosa qismi grafalarga kiritilmaydi. Masalan, «Samarqand-Sharq gavhari» mavzusidagi ekskursiyani tayyorlashda uslubiy ishlanmaning kirish qismida gidga quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: eng avvalo guruh bilan tanishib olish, o‘zini va haydovchini tanishtirish keyin esa avtobusda ekskursantlarning o‘zini tutish qoidalari va maxsus ajratilgan vaqtdagina savol-javob qilish va taassurotlar almashish mumkinligini aytish kerak.

XULOSA

Kurs ishini yozish vaqtida mamlakatimizda ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagilar hulosa qilinadi:



  • mamlakatizimdagi mavjud tarixiy obidalardan ekskursiya xizmati ko’rsatishda keng foydalanish;

  • xalqaro turistlarga ekskursiya xizmatini ko‘rsatishda turistik imkoniyatlarni hisob chiqish va imkoniyat darajasining ulardan eng yuqori darajada foydalanish;

  • ko’plab sayoxatlarga chiqadigan Yevropa mamalakatlarda bo’ladigan turistik yarmarkalarda surunkali ishtirok etishni ta’minlash;

  • ichki turistik bozorda uzaro raqobatni yanada kuchaytirish, turistik firmalarga davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlarni qayta ko’rib chiqish;

  • ekskursiyani tashkil etishda madaniy meros etnografiya, urf-odatlar va an’analardan unumli foydalanish;

  • turizmda ekskursantlarni arxitektura va xaykaltaroshlik bilan tanishtirishning samarali yo’llarini ishlab chiqish;

  • zamonaviy turistik komplekslarni bunyod etishda chet el sarmoyasini jalb etishga erishish;

  • jahon bozorida talab katta bo’lgan xalqaro turistik yo’nalishlarni yo’lga qo’yishda va ishlab chiqishda qatnashish (Buyuk ipak yuli imkoniyatlaridan keng foydalanish);

  • milliy urf odatlar va tarixiy arxitektura yodgorliklarini asl ko’rinishda saqlab qolishiga erishish va ekskursiya davomida turistlarga uning yaratilishi tarixi haqida kengroq tushuncha berish;

  • turizm soxasi uchun malakali mutaxasislarni tayyorlashni takomillashtirish (gid tarjimonlar va tarixni yaxshi biladigan mutaxassislarni tayyorlash);


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham yangi-yangi ko‘rgazma va yarmarkalar paydo bo‘lmoqda Toshkentda har yili 2 ta shu turdagi tadbirlar o‘tkaziladi. 1994 yildan buyon har yili Toshkentda sentyabr oxirlarida «Buyuk Ipak Yo‘li» (MITT) xalqaro turistik ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Oktyabr oxirida Samarqandda «SHarq festivali» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Sanab o‘tilgan turistik yo‘nalishlarning masshtab va miqdori bo‘yicha eng yirik bo‘lib bahorgi MITT ko‘rgazmasi hisoblanadi. Bu jahon miqyosidagi ko‘p sohali ko‘rgazma hisoblanadi. Germaniya poytaxti Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “ITB Berlin – 2017” xalqaro turizm ko‘rgazmasida mamlakatimiz sayyohlik salohiyati keng namoyish etildi.
Ushbu ko‘rgazma eng yirik xalqaro sayyohlik anjumanlaridan biri bo‘lib, joriy yil unda 187 mamlakatdan o‘n mingdan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etd va bu O’zbeksitonga tashrif buyuruvchilar sonini o’sishiga ham sabachi bo’ldi.
Masalan: O‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 6,748 million kishi tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2018-yil statistikasidan 125 foizga (5,346 million kishi) ko‘pdir.
O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning umumiy sonidan 6,260 million kishi MDH mamlakatlaridan, 488,4 ming sayyoh esa olis xorij mamlakatlaridan kelgan.
Shu bilan birga, 2019-yilda turizm xizmatlarining eksporti 1,313 milliard dollarni tashkil etgan, 2018-yilda u 1,041 milliard dollariga teng bo‘lgan (o'sish 126 foiz).
Ushbu qiymatning yarmidan ko‘prog‘ini MDH mamlakatlaridan kelgan sayyohlar (966,559 mln. AQSH dollari) sarflagan, 346,472 mln. dollar esa boshqa mamlakatlarning sayohatchilariga to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda turizmning rivojlanishi orqali viloyatimizga tashrif buyuradigan turistlar sonining oshishiga, turistlarni viloyatimiz tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishiga, shuningdek jahonda moliyaviy- iqtisodiy inqiroz kechayotgan bir paytda, viloyatning qishloq joylaridagi yoshlarini ish bilan ta’minlashga, hamda davlatimizga qo’shimcha valyuta kirib kelishiga erishishimiz mumkin.


Download 56.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling