Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi mundarija: kirish


Ekskursiya olib borishning maxsus metodik usullari


Download 55.16 Kb.
bet3/13
Sana13.04.2023
Hajmi55.16 Kb.
#1355948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi

2. Ekskursiya olib borishning maxsus metodik usullari
Yuqorida koʻrib chiqilgan metodik usullar ekskursiyani olib borishning asosiy usullari hisoblanadi, lekin ular hammasi emas. Gid qanchalik malakali boʻlsa, ekskursiya maqsadiga erishish uchun u shunchalik koʻp metodik usullardan foydalanadi. Bunday samarali usullar quyidagilar:
Voqea qatnashuvchilari bilan uchrashuv- bunda yozuvchilar, shoirlar, olimlar, mehnat va urush qahramonlari jalb etiladi. Uchrashuvlar ekskursiyani bezaydi va uni yanada qiziqroq boʻlishiga olib keladi. Lekin bunday uchrashuvlar mantiqan asoslangan va yaxshi tayyorgarlik koʻrilgan, koʻriladigan savollar aniq belgilangan boʻlishi kerak. Uchrashuvlar albatta, ekskursiya mavzu va maqsadiga mos boʻlishi, uning tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Uchrashuvga taklif qilinganlar chiqishi uzoqqa choʻzilmasligi va gid bergan malumotlarni qaytarmasligi zarur.
Uchrashuv paytida qoʻllaniladigan metodik usul bu suhbatdir. Suhbat- taklif etilgan mehmonning kichik chiqishidan soʻng boshlanadi. Suhbat murakkab metodik usuldir va agar u gid tomonidan boshqarib borilmasa, kutilgan natijani bermasligi va hatto ekskursiya jarayonini buzishi mumkin.
Ovoz yozish tasmalarini eshitish- bu metodik usulni gidlar oʻz tajribalarida tez-tez qoʻllaydilar. Mashhur yozuvchi, shoir, bastakorlar hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiyot va sanat mavzusidagi ekskursiyalarda, ular yashab, ijod qilgan joylar tomosha qilinayotganda asarlaridan parchalar qoʻyib eshitiladi. Lekin bu ham uzoq davom etmasligi va mantiqiy davomiylikni buzmasligi kerak.
Rituallardan foydalanish metodida sayyohlar urush boʻlib oʻtgan joylarni , qabristonlarni, muqaddas olovni ziyorat qilganlarida bir daqiqa sukut saqlab, u yerga gullar qoʻyadilar, motamsaro kuylar eshitadilar, posbonlar harakatini kuzatadilar, halok boʻlganlarni xotirlaydilar.
Bu ritual oʻzining tarbiyaviy ahamiyatiga ega boʻlishi uchun gid guruh bilan oldindan tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. Gid sayyohlarga bu marosimning muhimligini ishontirsagina uni oʻtkazish mumkin.
Tadqiqot metodidan gidlar bolalar, yoshlar guruhi bilan ishlaganda foydalanadilar. Bu yerda guruh bilan kichik tadqiqot ishlarini olib borishiga toʻgʻri keladi, natijada esa gid aytganlari tasdiqlanishi kerak. Masalan, botanika bogʻida daraxt halqalarini sanab chiqish orqali uning yoshini aniqlash. Daryodagi suv oqimi tezligini oddiy choʻp bilan hisoblash.
Yemelyanov oʻz kitobida tadqiqot usuliga quyidagi misolni keltiradi: Armanlarning yodgorligi hisoblanmish Zvartnots cherkovida tadqiqot usulidan foydalanish mumkin. U yerda joylashgan quduqlar chuqurligini yoqilgan qogʻozni tashlash orqali bilish mumkin. Yorugʻlikda quduqning devorlari ham koʻrinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan ekskursiyada ham bolalar korxonada malum vaqt mobaynida necha turdagi mahsulot ishlab chiqilayotganini kuzatadilar.Bu usul sayyohlarni faolroq boʻlishga undaydi va shu bilan ekskursiya qiziqarliroq oʻtadi.
Savol-javob metodik usuli bu auditoriya etiborini jalb qilish maqsadidagi maxsus notiqlik (oratorlik) metodidir. Gid nutqi ham rasmiy chiqishlar tarkibiga kiradi va oʻzining maxsus xususiyatlariga ega. Har bir notiqlik nutqi eshituvchilarga chiqish mavzusini anglashga, oʻrganishga qiziqish uygʻotishi kerak. Ekskursiya mazmuni qiziqarli boʻlsagina u eshitiladi. Ammo notiqlik sanati qanchalik qiziqarli boʻlmasin baribir odamning eshitish qobiliyati asta-sekin pasayadi. Buni gid ham juda yaxshi biladi. “Zaiflashgan etibor” bilan kurashish uning asosiy vazifasidir. Gid diqqat etiborni saqlab qolish yoʻllarini mohir notiq sifatida bilishi kerak. Diqqat eʻtiborni aktivlashtirish yoʻllaridan biri bu savol-javob usulidir.
Gid auditoriyaga mavzu boʻyicha savol beradi, bir ozdan soʻng oʻzi yana shu savollarga javob beradi. Bu bilan u sayyohlarga ikkilanish hissini paydo qiladi, ularni aniqlab, tegishli xulosalarga keladi. Masalan: Nima deb oʻylaysiz, shu bino qanaqa memoriy uslubga tegishli? Mazkur voqea ushbu tarixiy davrga qanday rol oʻynaydi?
Tabiiyki, gid berilgan savollarga hamma vaqt ham javob kutmasligi kerak. Uning oʻzi bu savollarga toʻliq javob beradi. Lekin savol sayyohlar eʻtiborini muammoga qaratadi, qiziqishni shakllantiradi, diqqatni jamlaydi.



Download 55.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling