Turizm asoslari


Download 12.94 Kb.

bet6/18
Sana11.03.2018
Hajmi12.94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
D .  G a lin y a n i 
keng  om m a  u c h u n   Parijdan  L o n d o n g a  uyushtiriluvchi  b u n d a y  
turlarning  tashabbuskori  b o ‘lgan.  1829-yiIga  kelib  say o h atc h ila r 
uchun  maxsus tayyorlangan  dastlabki  y o k!  ko‘rsatkich  K .  B a e d e k e r  
tom onidan  tayyorlangan  va  nashr qilingan.  b o ‘lib,  u  hozirgi  k u n d a 
ham chop etilib,  Yevropa b o ‘ylab sayohat qiluvchi  tu ris tla ro ‘rtasida 
keng  ta rq a lg a n .  T e x n ik a   ta r a q q iy o ti  o m m a v iy   t u r i z m n i n g  
rivojlanishiga  k a tta   tu rtk i  b o ‘ldi.  18 3 0 -y ild a  ja h o n d a   b ir in c h i 
tem iryo‘l  M an ch ester va  Liverpul  o ‘rtasida  ishga  tushib,  u  am ald a 
sayohat uyushtirishning vaqt chegaralarini  o ‘zgartirib yubordi.  Ilgari 
haftalab  davom   etgan  sayohatlarni  en d ilik da  arzim agan  h aq   toMab 
amalga  oshirish  h a r  b ir  kishining  q o 'lid a n   keladigan  b o ‘lib  q o ld i. 
Tem iryo‘llar  b arch a  m am lakatiarda  m isli  k o ‘rilm agan  su ratlard a 
qurila  boshladi.  1833-yilda  Rossiyada  C h erep an o v n in g   b irin c h i 
parovozi qurildi.  1842-yilga kelib Angliyada tem iryo‘1 orqali yo‘lovchi 
tashish  ko‘rsatkichi  23  million  kishiga  yetdi.  A QSH  da  1850-yilga 
kelib  15  m ing  chaqirim   masofali  te m iry o ‘llar  qurib  bitkazilgan. 
Toshkentda esa birinchi tem iryo‘l  1899-yil  Krasnovodsk — T o shk en t 
va  keyinchalik  1905-yili  T oshkent  —  O ren b u rg   yo‘nalishida  ishga 
tushirildi.
Bugungi kunda zamonaviy turizm  asoschisi deb tan olingan baptist 
ruhoniysi  -   T om as  Kuk  birin ch ilard an   b o lib   say o h atchilarn in g  
ommaviy safar uyushtirishining foydaliligini anglab yetdi ham da  1843- 
yilda o ‘z qavmi  uchun dastlabki tem iry o‘l  orqali tu m i tashkillashtirdi 
va  muvaffaqiyatga  erishdi.  Kuk  1851 -yili  m am lakatning  b a rc h a  
burchagidan  kelgan  inglizlarning  Parijdagi  k o ‘rgazm ada  ish tiro k  
etishini tashkillashtirib,  165 ming kishini olib kelishga m usharraf b o ‘ldi. 
Ko‘rgazma  turlari  katta  foyda  keltirganligi  sababli,  Kuk  Angliyalik 
turistlam ing  1865-yilda Parijga  B utunjahon ko‘rgazmasiga o m m av iy  
ravishda  tash rif buyurishi  tashkilotchisi  b o ‘ldi.  1856-yildan  boshlab
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yevropa bokylab turlar odatiy holga aylandi,  Kukning turistik agentligi 
va  joylarda  uning  filiaJJari  tuzildi.  Turistik  kom paniyaning  misli 
ko‘rilmagan  muvaffaqiyatga erishganligini  Kuk turistlarga taklif etgan 
katalogdan  8  mingdan ortiq  m ehmonxonalaming o ‘rin olganligi  ham 
tasdiqlaydi.  1870-yilda  “ Tom as  Kuk”  turistik  firmasi  mijozlari  soni 
500  ming  kishiga  yetdi.
Yevropa  va  A merika  q it’alari  o‘rtasida  m untazam   kema  qatnovi 
1832-yildayo‘lgaqo‘yilganbo‘lib,  1866-yilda  Kuk AQSHgaturistiaming 
dastlabki  ikki  guruhini  jo ‘natadi.  Turlar  uzoq  muddatli  bo‘lib,  besh 
oygacha  davom   etgan .  T om as  Kuk  xizm atlaridan  foydalangan 
Amerikalik taniqli turistlardan bin  Mark Tven bo lib , u oltmish kishidan 
iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu sayohatni qalamga 
olgan.  Tomas  Kuk  1872-yilda  birinchi  bo‘lib  sanoat  asosida  jahon 
bo‘ylab  sayohat  uyushtirishni  taklif qilgan.  Dastlabki  20  sayohatchi 
butun jahon bo‘ylab  220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas  Kuk 
1892-yilda  vafot  etdi  va  uning  ishlarini  o‘g‘illari  va  sheriklari  davom 
ettirishgan.  Kompaniya o ‘z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy 
institutga  aylangan  va  sayohatchilar  uchun  yo‘l  cheklari  chiqara 
boshlagan.  Bu esa o‘z mohiyatiga ko'ra asr ixtirosi — xavfsiz pullar edi. 
Bugungi  kunda  “Tom as  Kuk”  kompaniyasi  butun  dunyoda  12000 
dan  ortiq  turistik  agentliklarga  ega  bo'lib,  yiliga  20  milliondan  ortiq 
turistga xizmat  ko‘rsatadi.
Zam onaviy  sam olyotlarning  ixtiro  qilinishi  bilan  bir  hududdan 
ikkinchi  bir  hududga  yer  aylanishi  tezligidan  tezroq  yetib  borish 
im konini  berdi.  N atijad a  sayohatchilar  boshqa  soat  m intaqalariga 
ta sh rif buyura  oldilar.  K osm ik  sayohatlarda  vaqt  samarasi  yanada 
yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.
Sayohatlardan  hayot faoliyatining alohida jozibador usuli sifatida 
yangi
  shakl  -   turizm   ajralib  chiqib,  u  o ‘ziga  xos  xususiyatlar  va 
xislatlari bilan tavsiflanadi.  Turizm ni sayohatlardan ajratib turuvchi 
asosiy  jihati  bu  u n in g   tashkiliy  jihatdan  yo‘lga  q o ‘yilganligida, 
maqsadli  va  om m aviyligidadir.
Boshqa odam lar orasidan  alohida ajralib turish,  birinchi b o ‘lish 
istagi sayohatchilar orasida yaqqol ajralib turadi.  Inson faoliyatining 
boshqa  sohalariga  qaraganda  bunda  o kzini  ko‘rsatish  imkoniyati 
k o ‘proqdir.  Kim  eng  yuqoriga  chiqadi  va  uzoqroqqa  boradi,  kim
www.ziyouz.com kutubxonasi

kishilar xayoliga kelmagan,  ularni  hayron qoldiradigan  ishlarni  qiladi
—  rekordchi-sayohatchilarning fantaziyasi  chegaralanm agan b o ‘lib, 
G innesning  rekordlar  kitobida  bunday  yutuqlarga  alohida  b o ‘lim 
ajratilgan.
1913-yilda velosipedda b u tu n   dunyoni  aylanib chiqib,  bunda  50 
m ing  km  yo‘l  bosgan  va  52  ta  pokrishka,  36  ta  kam era,  9  ta  zanjir, 
9  ta   pedal,  4  ta  egar,  2  ta  rul  va  hokazolarni  alm ashtirgan  ham da 
«Brilliant Yulduz» belgisi  bilan  m ukofotlangan  A nisim   Pankratovni 
turistlar  toifasiga  em as,  balki  aynan  say oh atch ilar  qatoriga  kiritish 
m um kin.  Shuningdek,  u ch   yil  (1928—1931)  ich id a  sobiq  SSSR 
chegaralari bo‘ylab velosipedda aylanib chiqqan  G leb  Travinni  ham  
sayohatchilar  qatoriga  kiritish  m um kin.  Bir  n ech a  yil  m obaynida 
«Tatra»  avtomobillarida  sayyoram izning  b arch a  q it’alari  b o ‘ylab 
sayohat  uyushtirgan  chexoslavakiyalik  sayo hatch ilar  Iiji  G anzelka 
va  Stanislav  Zigm udlarni  tu ristla r  toifasiga  kiritish  yanada  qiyin. 
U lam ing qit’alararoyo'nalishi «Tatra» konsemi tom onidan moliyaviy 
va  texnik  ta ’m inlangan  b o ‘lib,  u   firm aning  rek lam a  m aqsadlariga 
xizm at  qilgan.  Amalda  bu  texnika  sinovchilarining  norm al  va  haq 
to ‘lanuvchi  xizmati  b o ‘lgan.
G innesning  rekordlar  k ito b id a  bo shq alarn i  h ayro n  qoldirish 
niyatida  uyushtirilgan  sayohat  va  jasoratlarga  k atta jo y   ajratilgan. 
Jessi  Rosdayl  ismli  b irsh a x s  dunyodagi  ko‘p  m am lakalarda  b o lis h  
va o ‘z hujjatlariga barcha m am lakatlar chegara xizm atlari shtam pini 
q o ‘ydirishni  maqsad  qilib  olgan,  buning  u ch u n   u  2.627.766  km  
m asofani  bosib o ‘tgan  va  215 ta   m am lakat  chegarasini  kesib  o ‘tgan 
h am d a  buning  uchun  G in n e s  diplom iga  sazo v o r  b o ‘Igan.  Biroq 
buning uchun unga  Illinoys (A Q SH  shtati) m aktabidagi o ‘qituvchilik 
o ‘m ini tashlashga to kg‘ri kelgan.  M issioner Alfred  U oldern (A Q SH ) 
o td a sayohat qilishni  m aqsad qilib q o ‘ygan va 424.850 km   masofani 
(bitta yoki  bir nechta ekanligi  n o m a ’lum)  o td a bosib o ‘tgan.  Bunda 
u  16 mingdan ortiq m a’ruza o ‘qigan.  Piyoda, ch an g ‘ida, velosipedda, 
avtom obilda,  tem iryo‘1,  avia  va  dengiz  tran sp o rtid a  sayohat  qilish 
bo‘yicha ham  rekordlar o‘rnatilgan.  Biroq,  u larn in g ak sariy at qismi 
insonning mukammalligini  isbotlash  va qo'yilgan  m aqsadga erishish 
y o ‘lid a   b a rc h a   q iy in c h ilik la r n i  y en g ib   o ‘tis h   u c h u n   o g ‘ir 
m ehnatlardan iborat b o ‘lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Hattoki,  kosmosda -  oyga qo‘nuvchi, yer orbitasi atrofida parvoz 
qiluvchi  k o sm o n av tlar  (ularni  h a m   sayyohlar  qatoriga  kiritish 
m um kin)  ham   rekord  o ‘rnatishga  intiladilar.  Kosmosga  birinchi 
b o ‘Iib parvoz qilgan odam ,  birinchi  kosmonavt ayol,  parvoz uzunligi, 
balandligi  va  uzoqligi,  oy sathida  Lunoxodda sayr qilish  uzunligi  va 
boshqa  bir  q a to r  faktlar  rekord  qayd  etishga  asos  b o lad i.
S ayohatlar va turizm ning bir-biridan  farqlarini  ko‘rib chiqishda 
ushbu  faoliyatning maqsadlari va  moddiy ta ’minotiga to'xtalib o ‘tish 
joiz.  Sayohat  va  ekspeditsiyalarning  aksariyat  qismi  m a’lum   bir 
m aqsadiar  (savdo,  fan,  yangi  yerlarni  ochish,  mahsulot  reklamasi 
va  hokazo)ga xizm at qilib,  m anfaatdorshaxslar,  tashkilotlar,  davJat 
va  xususiy  ja m g ‘arm alar  tom o n id an   moliyalashtiriladi.  M asalan, 
Afrikani  zab t  etib,  Zam bezi  daryosidagi  Viktoriya  sharsharasini 
ochgan buyuk  David  Livingston  m issionerlikjam g‘armalari  hisobiga 
sayohat  qilib,  asosan  mahalliy  aholini  xristian  diniga  jalb   qilish 
bilan shug‘ullangan va ahyon-ahyonda geografik ixtirolar qilib turgan.
Savohatchi  —  bu  birinchi  navbatda,  agar ta ’bir joiz  b o ‘lsa  kasb 
b o ljb ,  od am larn in g   kun  ko‘rish  m anbai  yoki  sayohatda  ishtirok 
etuvchilam ing turm ush tarziga aylanishi  mumkin.  Bu esa faoliyatning 
maqsadi b o lib , turizm   maqsadlaridan farq qiladi. Shunday sayohatlar 
ham   borki,  ularni  kasb  ham   deb  bo‘lmaydi.  Bunday  sayohatlar 
e ’tiq o d   b ila n   b o g ‘Iiq.  M asalan ,  Im om   Buxoriyni  olaylik.  U 
payg‘am b arim iz  M uham m ad  alayhissalomning hadislarini to ‘plash 
m aq sadid a  H ijo z,  M akka,  M ad in a,  Toif,  Jidda,  Basra,  K.ufa, 
Bag‘dod,  Shorn,  Misr,  Balx,  Hirot,  Nishopur,  Ray, Jibol shaharlarida 
b o ‘lib,  o ‘ta   m a sh aq q a tli  ta rz d a   fidoyilik  ko‘rsatgan.  B unday 
m isollarni  Im o m   Term iziydan  ham   topish  mumkin.  Bahovuddin 
N aqshband, A m ir Tem ur,  M irzo  Ulug‘bek,  Bobur Mirzo va boshqa 
ko'p lab   sarkard a,  allom a,  ahli  donishlarim izning  o'zga  yurtlarga 
o ‘z  m a q sa d la rin i  am alga  o sh irish   u ch u n   borganliklarini  ham  
sa y o h a tla r  q a to rig a   k iritish im iz  m um kin.  Afsuski,  m usu lm o n  
b o ‘lm agan  m utaxassislar  tom onidan  yozilgan  birorta  adabiyotda 
ularning  ismi  shariflari  ko‘rsatib  o ‘tilmagan.
V aqt  in son n ing   im koniyatlarini  sezilarli  darajada  o ‘zgartirib 
yuborgan.  Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan 
deyarli  h ar bir shaxs jahon bo‘ylab havo sxarida yoki boshqa transport
www.ziyouz.com kutubxonasi

vositalarida sayr qilishi,  dunyoning inson oyog'i  yetm agan  nuqtalariga 
ta s h rif  buyurishi  m um kin.  Sarguzashtli  tu rizm g a  ixtisoslashgan 
turistik  firm alar  Janubiy  A m erika,  Afrika  va  Osiyo  b o ‘yiab  maxsus 
tayyorlangan avtomobillarda uzoq  muddatli (30 haftagacha) qit’alararo 
sayohatlarni  tak lif  qilm oqda.  Buyuk  yangi  y er  ochuvchiiarning 
yo‘nalishlarini  takrorlovchi,  narxi  50  ming  A Q SH   dollariga  teng 
b o ‘lgan  190  kunlik  dengiz  sayohatlari  ham   ta k iif etilm oqda.
S h u ia rd a n   k elib  c h iq ib   a y tis h   m u m k in k i,  tu riz m   —  bu 
sa v o h a tla rn in g   b ir  turi  boM sa-da.  (biz  v u a o rid a   av tib   o ‘tgan 
tavsifnomaga asosan)  odam larning turli  h ududlarea tash rif buvurishi 
b o ‘lib.  un da  ishtirok  etu v ch i  shaxs  m a q sa d la ri.  v o ‘nalishi  va 
h a r a k a tla n is h   v o s ita la rid a n   a a t ’i  n a z a r   tu r i s t   d e b   a ta la d i. 
Sayohatlardan farqli  ravishda, turizm  iqtisodiyot va siyosatning kuchli 
t a ’siriga  uchrovchi  toifadir.
T urizm ning  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiq qan   holda 
turistni dengizchi,  kosm onavt, biznesm en,  natu ralist va  hokazo deb 
atash m um kin.  Statistikada sayohat qiluvchi shaxs visitor deb ataladi. 
Tashrif buyuruvchilartunovchi, ya’ni, vaqtinchalik b o ‘luvchi joylarda 
hech b o lm asa  bir kecha yotib qoluvchilar va b ir kunlik (24 soatgacha 
b o ‘luvchi)  turistlarga  b o ‘linadi.
Turizm   bu:
a)  turistlar  tom onidan  am alea  oshiriluvchi.  aniq  belgilangan 
turistik  m aasadlarga  eea  o m m aviv  savo hatlar  tu ri.  v a’ni  turistning 
faolivatidir:
b)  bundav sayohatlarni  uvushtirish  va  am alea  oshirish  boWicha 
turistik faolivatdir.  Bunday faoliyat turli xil turistik sanoat  korxonalari 
va  ular  bilan  bog‘liq  tarm o q lar to m o n id an   am alg a  oshiriladi.
X o‘sh,  turizm   qadim da  h a m   mavjud  b o ‘lganm i?  -   degan  haqli 
savol  tu g ‘ilishi,  tabiiy.  Bu  savolga  javob  ju d a   oddiy:  maqsadi  va 
am alga  oshirishning  tashkiliy  shakliga  ko‘ra  tu riz m   sifatida  ko‘rib 
chiqilishi  m um kin  b o lg a n   sayohatlarni  q ad im d an   bilisli  m um kin. 
0 ‘rta  asrlarda  esa  diniy-ziyoratchilar  guru h larin i  kuzatib  borish 
bo‘yicha tashkillashtirilgan faoliyatning boshlanishi k o ‘zga tashlanadi. 
Bu jarayonlarni  detalli  ravishda  k o ‘rib  ch iq q an d a  ularni  turizm ga, 
yanayam   to ‘g‘rirog‘i,  tu riz m   ibtidosiga  b o rib   ta q ash   m um kin. 
H ozirgacha  Tom as  Kuk  tu riz m n i  tashkillashtirganligi  uchungina
www.ziyouz.com kutubxonasi

bu  faoliyatning  asoschisi  sifatida  ta n   olinadi.  N im a,  haj  va  um ra 
ziyoratini  tashkillashtirgan  tashabbuskorlar o ‘sha  vaqtlarda boMgan 
em asm i? A lbatta bo lg an .  Bunday ziyoratlarga ham o d am larg u ru h - 
guruh  boMib  borishgan.  O ta-bobolarim iz  ularni  uyushtirishgan. 
Kimlardir shunday ishlarga bosh  boMgan.  Yoki, savdogarlikni olaylik, 
ayniqsa,  «Buyuk  ipak  yo‘li»  tarixida  bunday  ishlarni  tashkil  etgan, 
s a v d o g a rla rn in g   o m o n -e s o n   m a n z illa rig a   y etib   b o ris h la rin i 
tashkillashtirib bergan kishilarboMmaganmi?  BoMgan, albatta.  Balki, 
ular m ingboshi,  yuzboshi,  ellikboshi tarzida atalgandir.  M ana shular 
tufayli  ushbu  sayohatlar,  ta ’b ir jo iz  bo‘Isa,  turizm  faoliyati  am alga 
oshirilgan.  Bizning galdagi vazifamiz shunday zahmatkash kishilarni, 
sayohat  (turizm )  ishi tashkilotchilarini eski  manbalardan  izlab topish 
va  uni  xalqim izga  yetkazishdir.
T urizm   X IX   asrning  oxiriga  borib  shakllangan  bo‘Isa-da,  faqat 
XX  asrga  keiib  u  jadal  suratlarda  rivojlandi  ham da  texnika  va 
texnologiyalarning rivojlanishi, jam iyat  munosabatlarining yuksalishi 
natijasida  u  «XX asr fenomeni»  nom ini  oldi.  Bugungi  kunda turizm
-   ju d a  kuchli  ja h o n   miqyosidagi  sanoat  bo‘Iib,  uning ja h o n   yalpi 
m ahsulotidagi  ulushi  10  %  ni  tashkil  etadi  ham da  bu  sohaga ju d a 
ko‘p sonli  xodim lar,  asosiy vositalar va yirik  kapital  m ablag‘lar jalb 
qilingan.  T urizm   yirik  biznes,  k atta  mablag4  va  global  miqyosdagi 
jiddiy  siyosatdir.
Jam iy atn in g   rivojlanishi  bilan  sayyoramizning  tobora  ko‘plab 
aholisi tu rizm   sohasiga jalb qilinm oqda.  1995—97-yillar m obaynida 
sayohat  q ilu v ch ilar  sonining  b arq aro r  o ‘sish  tendensiyasi  yiliga 
o ‘rtacha 4  %  kuzatilib,  1998-yü  Osiyodagi  moliyaviy inqiroz sababli 
bu  sohadagi  faollikning  biroz  susayganligini  qayd  qilish  m um kin. 
JT T   maM umotiga  ko‘ra,  1996-yilda  turistlarning  kelishi  soni  594 
m in.,  1997-yilda  esa  616  min.  kishini  tashkil  qilgan.  Turizm dan 
olinuvchi  d aro m ad   1997-yilda  448  mlrd.  AQSH  dollariga  (1996- 
yilga nisbatan 7,9 %  ko‘p) yetgan. JTTning prognozlariga qaraganda, 
2011-yilga  b o rib   turistlar soni  957  mln.ga,  turizm   orqali  olinuvchi 
d arom ad esa  1,1  trln.  AQSH  dollariga yetadi.  Dunyoning ju d a ham  
ajoyib, jo z ib ad o r turistik resurslariga ega boMgan barcha burchaklari 
hali  yaxshi  o ‘zlashtirilm aganligi  va  keng  turistlar  om m asi  uchun 
ochiq  em asligi  shubhasiz,  albatta.  Bunda tabiiy  -   iqlim  sharoitlari
www.ziyouz.com kutubxonasi

va siyosiy-iqtisodiy omillar,  m intaqadagi tinchlik, turizm  sanoatining 
rivojianishi  kabilar  muhim  rol  o ‘ynaydi.
T urizm   infratuzilmasi  va  san o ati  turizm ga  q o ‘shni  tarm o q larn i 
o ‘ziga  y a n a d a   k o 'p ro q   to r t ib ,  k o ‘p la b   k is h ila rn i  ish  b ila n  
ta ’m inlam oqda.  Turizm sohasiga  k o ‘pro q   ishchilar jalb q ilinm o qd a, 
natijada  k o kp  sonli  ish  joylari  pay do   b o ‘lishiga  olib  k elm oq da,  bu 
esa  ju d a   m u him   masala  bo‘lib,  jam iy atg a  foydali  b o ‘lgan  h o lla r 
ichida birinchi  o ‘rinda turadi.  T u rizm d a  band b o lg a n   ishchilarning 
kategoriyasini aniqlash  m aqsadida talaygina  u su lla rq o ‘llanilm oqda. 
Yirik  turistík  m arkazlarda  h a r  o ‘n ta   turist  ikki  kishini  d o im iy   ish 
joyi bilan  t a ’minlaydi.  M asalan,  Petropavlovskka  kruiz  laynerining 
kelishining  o ‘zi  aholi  hayotida  k a tta   b ir  ayyom dir.  5 0 - 6 0   kishi  ish 
bilan ta ’minlansa,  uch kun  m obaynida yo‘lboshchilik, gitlik vazifasini 
o 'tay o tg an   o ‘qituvchilar  esa  o ‘z  oylik  m aoshlariga  teng  b o ‘lgan 
q iym atda  m ukofot  oladilar.
T urizm dan tushadigan  foydani  tahlil  etish qiziq taqqoslarga olib 
keladi.  Rossiyaliklarga qaraganda A Q S H   aholisining h ar biriga  ikki 
b arob ar  k o ‘p  turist  to ‘g‘ri  kelsa,  b u   ta rm o q d an   tush ad ig an   foyda 
esa  besh  b aro b ar  ko‘pdir.  S an k t-P eterb u rg   kurortining  250  m ing 
aholisidan  60  m ing  nafari  tu rizm   so hasida  band  b o ‘lib,  h a r   yili  5 
m lrd.  turistga  xizm at  ko‘rsatishadi.  A nd orrad a  esa  ahvol  y an ad a 
keskinroq.  Bu  yerda  5 0 -6 0   m ing  kishi  12  mln.  turistlarga  xizm at 
qilib,  ularga  m ahsulot  sotishadi.  A n d o rra  soliqsiz  savdo  h u du d id ir. 
D em ak,  bu  holat  ishni  yanada  avj  oldirish  uchun  m uhim .  M azk u r 
kichik  m am lakatda  boshqa  faoliyat  tu rin in g   o ‘zi  yo‘q  yoki  b o ‘lsa 
ham   davlat  iqtisodiyotida  ko‘zga  k o ‘rinar!i  o ‘rin  tutm aydi.
Maqsadlariga ko‘ra, turistik sayohatlar muddati bo‘yicha quyidagi 
kunlarga b o ‘linadi:
1 - 2   kunlik  (dam   olish  kunlari);
3 - 7   kunlik;
8 - 2 8   kunlik;
29—91  kunlik;
92  va  und an   ortiq  kunlik.
Turist alb atta o ‘z m am íakatini say o h at qilish  m aqsadida b o sh q a 
qismiga boradi yoki o ‘zga m am lakatni  borib ko‘radi. Y er aholisining 
aksariyat  qism i  o ‘troq  hayot  k e c h irish m o q d a ,  -   d eg an   fikrga
www.ziyouz.com kutubxonasi

q o 's h ilis h im iz   k erak .  T u ris t  o ‘z  tu ristik   sa y o h a tin i  am alg a 
oshirayotgan  joyda  uzoq  qolm asligi  va  sayohat  yakunida  bu joyni 
ta rk   etishi  lozim.  D cm ak ,  turist  bir  verdan  ikkinchi  bir  versa 
vaatinchalik  boruvchi  kishi  (musofir)  d ir.
Turizm   b o lish i  uch u n   ikki  shart  kerak:  b o ‘sh  vaat  va  mablag*. 
H atto,  Rim imperiyasi davrida badavlat  kishilar o‘z ta ’tillarini  Misrda 
o ‘tkazishgan.  Uzoq  vaqt  davom ida  turizm  faqat  badavlat  kishilar 
qatlam iniki  bo‘lgan.  H ozirda  ham bu holat afsuski  saqlanib turibdi.
Xulosa
U shbu  mavzuda sayohat  va turizm tushunchasi  ham da ularning 
tarixiga  oid  m a’lum otlar  berishga  harakat  qildik.  Shuni  ta ’kidlab 
o ‘tish  lozimki,  ilk  sayohat  va  sayohatchilar  uzoq  o ‘tm ishga  borib 
taq aladi,  shu  bois,  xorijiy  davlatlardagi  ilk  sayohatchilik  tarixi  va 
u n da ishtirok etgan sayohatchilar, yurtimiz tarixida vatandoshlarimiz 
to m o n id a n   olib  borilgan  sayohatlarga  asosiy  e ’tiborni  qaratdik. 
K elg u sid ag i  is h la rim iz d a   o ‘lk am izd an   y e tis h ib   c h iq q a n   ilk 
sa y o h atc h ila r  va  u la rn in g   faoliyati  haqida  yanada  yangi  ilmiy 
m a ’lum otlar to ‘p!ashimiz kerak bokladi. Shuningdek, xorijga chiqqan 
va  xorijdan  kelgan  sayyohlar,  safar  davom ida  ularning  orttirgan 
ta jr ib a la r i,  m a ’n av iy   y u tu q la ri  haqida  fak tik   m a ’lu m o tla rn i 
o 'rganishim iz  va  o ‘rgatishim iz  lozim.
Turizm   haqida  gapirganda  bizda  shunday  b ir  fikr  mujassam: 
N im a   uchun  Tom as  K ukni  turizm ning  asoschisi  dem oqdam iz? 
K ukning  qilgan  ishi  say o h atn i  tashkiliy  jihatdan   boshqarganidir. 
X o ‘sh, bizda o ‘tm ishda ota-bobolarim iz sayohatni tashkiliy jihatdan 
boshqargan  em asm ilar?  M uborak  Haj ziyoratlari  yoki  «Buyuk  ipak 
y o ‘li»d a  ish tiro k   e tis h n i  x o h lag an   s a v d o g a rla rn in g   b o sh in i 
q o v u sh tirg an ,  b a rc h a   m asalalarning  tashkiliy  to m o n larin i  o ‘z 
zim m alariga olgan boshchilar boMmaganmi?  BoMgan, albatta.  Endigi 
vazifa  ana  shu vatandoshlarim izni  izlab topish,  ularning  nom larini 
sayohatchilik  ilmida  qoldirishdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tayanch  iboralar:
—  Sayohat
—  Ilk  sayohatchilar
—  T urizm   tarixi
—  Tom as  Kuk
N azorat va  mulohaza  savollari:
7. 
Sayohat  cieganda  nimani  tushunasiz?
2.  Ilk sayohatchilar kimlar?
3.  K o'chm anchilam i  sayohatchilar  deyilishiga  sabab  nimada?
4.  Ziyoratchilar  qanday  maqsadda  sa yo h a t  qilishgan?
5.  Savdogarlar sayohati  haqida  nim alarni  bilasiz?
6.  Nima  uchun  Tomas  Kukni  turizm ning asoschisi  deyiladi?
7.  Turizmning  ta  rifmi  aytib  bering.
8.  Turizmning sayohatdan fa rq i  nim ada?
9.  Vatandoshlarimizdan  kim lam i ilk sayohatchilar qatoriga qo ‘shishim iz 
mumkin ?
10.  Turizmning  rivojlanishiga  sabab  bo'lgan  voqealar  qaysilar?
Fovdalanilgan  adabiyotlar:
1. 
O ‘z b e k is to n   R esp u b lik asi  P r e z id e n tin in g   1992-yil  2 7 - iy u ld a g i 
« 0 ‘zbekturizm »  M illiy K om paniyasini ta s h k il  e tish  t o ‘g ‘risida»gi  F a rm o n i.
2 . 0 ‘zbekiston  Respublikasi  P re z id e n tin in g   1995-yil  2-iyundagi  « B u y u k  
ipak  y o ‘li»ni  q a y ta   tik lash d a  0 ‘zb e k isto n   R e sp u b lik a sin in g   ish tiro k in i  avj 
oldirish  va  R esp u b iik ad a  xalqaro  tu riz m n i  riv o jla n tirish   b orasidagi  c h o r a  
-ta d b irla r  to ‘g ‘risida»gi  F arm oni.
3.  0 ‘zb e k isto n   R espublikasi  O liy  M a jlis in in g   1999-yil  2 0 -a v g u std a g i 
«T urizm   to ‘g ‘risida»gi  Q onuni.
4.  О сн о в ы  т у р и с т ск о й  д е я т е л ь н о с т и   (У ч е б .п о с о б и е ).  С о с т а в и т е л ь  
И л ь и н а   Е .Н .  -М .:  С о в е т с к и й   с п о р т ,  2 0 0 7 .
5.  Б и р ж а к о в   М .Б .  В веден ие  в  т у р и з м .  С а н к т -П е т е р б у р г ,  2008.
6.  В о р о н к о в а   Л .П .  И с т о р и я   т у р и з м а   и   го с т е п р и и м с т в а .  У ч е б н о е  
п о с о б и е.  Г Р И Ф .  2008.
7.  T o u r is m   a n d   P o v e rty   A l l e v i a t i o n - R e c o m m e n d a t i o n s   f o r  
A ction.W T O .  2004.
8.  R u ra l  T o u r is m   in   E u r o p e :  E x p e r i e n c e s ,  D e v e lo p m e n t  a n d  
Perpectives.  W T O .  2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi

3 -B O B .  T U R IZ M   M AQSADLAR1
3.1.  Turizm  m aqsadlari  haqida  m a’lum ot.
3.2.  Dam  olish  va  davolanish  maqsadlari.
3.3.  Turistik  resursiardan  foydalanish  maqsadi.
3.4.  Ijtimoiy  m aqsadlar  va  siyosat.
3.1.  Turizm  maqsadlari  haqida  m a’lumot
H ar bir sayohat  yoki  tu r zam irida  unga  sabab  boMuvchi  asosiy 
maqsad yotadi.  Bu m aqsadm ng yo‘qotilishi yoki  unga erisha olmaslik 
ushbu  sayohatni  tu rizm   tarkibiga  kiritmaslikka  asos  bo‘ladi  yoki 
turist  qoniqish  olm aydi.  Shunday  qilib,  h ar  qanday  sayohat  yoki 
turistik safardan asosiy m aqsad bor bo‘lib,  unga ko‘ra bu sayohatdan 
turizm ning  biror  turiga  mansubligi  aniqlanadi,  turist  va  uning  turi 
statistikaning  u  yoki  bu  turiga  kiritiladí,  unga  turli  xil  im tiyozlar 
beñladi.
H ar bir turist biror mam lakatga borganda biron  narsani,  masalan, 
sovg‘a yoki foydalanish  uchun biror predm etni  sotib olishni  maqsad 
qilib  qo‘yadi.  Biroq,  b a ’zi  turistlar turistik  safarga  borishda  mayda 
to v ar  partiyalarini  x arid   qilish  va  keyinchalik  sotish  uchun  o ‘z 
m am lakatiga  olib  kelishni  maqsad  qilib  oladi.  G arch i  mahalliy 
bozorlarda  rejalashtirilgan  tovarlarning  barchasini  sotib  olgandan 
so‘ng,  turistlar m ahalliy  restorán  yoki  plyajlarda b ir necha kun dam  
olsa-da, tovar olib-sotish ularning asosiy maqsadiga aylanadi.  Bunday 
tu ristlar  sh o p p in g -tu ristlar  toifasiga  m ansub  b o ‘lib,  ular  uchun 
maxsus  shop  —  tu rla r  tashkil  qilinadi.  Rossiyada  bunday  turistlar 
«chelnoklar»,  —  deb  nom lanadi.
Turizm  boshqa  m am lakatga ayg‘oqchi yuborish  ham da  iqtisodiy 
va  boshqa  turdagi  m a ’lum otlarni  to ‘plash  va  tahlil  qilish  bilan 
sh ug ‘ullanuvchi  b a ’zi  b ir  m ahkam a  va  ido ralar  uchun  bunday 
m a ’lum otlarni  olishning  samarali  usulidir.  D avlatlarning  konsullik 
xizm atlari  m am lakatga  kiritm aslik shart b o 'lg an  shaxslar toifasidan 
iborat  «qora  ro ‘yxat»ni,  shuningdek,  turizm   qoidalarini  suiste’mol 
qiluvchi  firm alar  ro ‘yxatini  tuzishda faollik  ko‘rsatadilar.
Turizmning eng asosiy iqtisodiy tamoyilini eslatib o ‘tamiz. Turist
www.ziyouz.com kutubxonasi

turistik  m arkazga  kelishi,  turistik  xizm at,  ish  va  tovarni  sotib olishi 
ham da belgilangan  m uddatda  m am lakatdan  chiqib  kctishi  Iozim.  U 
qanchalik  ko‘p  pul  qoldirib,  qanchalik  te z  ch iq ib   ketsa  shunchalik 
yaxshi.  Turist  —  turistik  m arkazdan  pul  olib  ketishi  emas,  balki 
unga pul olib keiishi,  mahalliy aholining ish jo yini  egallab olm asdan, 
aynan uning uchun ish o‘rni yaratishi  lozim . T uristik rcsurslar turistik 
markazga  pul  va  sh u h rat  olib  kelm og‘i  lozim .
Dastlab  eng  um um iy  m aqsadlarni  k o krib  chiqam iz.  «Turizm  
asosîari»  fan in in g   b arch a  q o idalariga  k o ‘ra  tu rizm n in g   asosiy 
maqsadlari  d am   olish,  ko‘ngilocharlik,  d av o lan ish ,  m eh m o n d o r- 
chilik, sport, din va ishbüarm onlik hisoblanadi.  A niq belgilanm agan 
m aqsadlam ing barchasi ham   bir xil  im tiyo zlardan   foydalanadi.  (B iz 
m afku raviy  m a q sa d la rn i  k o ‘rib  c h iq m a y m iz ,  g a rc h i  b u n d a y  
m aqsadlarni  osonlik  bilan  m adaniy  m a q sa d la r  qatoriga  kiritish 
m um kin  bo‘lsa-da).
3.2.  Dam  olish  va  davolanish  m aqsadlari
Turizm birinchi  navbatda turistlam ing d a m  olishi va davolanishini 
ko‘zlaydi.  Bu ju d a  m uhim  aham iyat kasb etadi.  H ar qanday tejam kor 
xo‘jayin  xodim ining  (um um an  olganda  ja m iy a t  a ’zosi,  m am lakat 
fuqarosining)  m ehnatini qadrlaydi, sogMom boMishi va jam iyat u ch u n  
foyda  keltiruvchi  shaxsga  aylantirishni  istaydi.  Sog‘lom   bo‘lm agan 
fuqarolar  sam arali  ishlay  olm aydi.  Ü lar  soliqlarni  sam arali  to ‘lay 
olmasligi  va  xazina  toMdirishga  hissa  q o 4sh a  olm asligi  m um kin. 
Dem ak,  insonlarga  dam   olish, jism oniy  va  m a ’naviy  kuch  to ‘plash 
imkonini berish  lozim.  0 ‘zini  hurmat qilgan davlat fuqarolari sog‘lig‘i 
haqida g‘am xo‘rlik  qiladi  va  tegishli  sh a ro itla rn i  yaratadi.
0 ‘zb ek isto n   R e sp u b lik a sin in g   K o n s titu ts iy a s id a :  y o lla n ib  
ishlayotgan barcha fuqarolar dam  olish  h u q u q ig a egadirlar.  Ish vaqti 
va  haq  to ‘la n a d ig an   m e h n at  t a ’tilin in g   m u d d a ti  q o n u n   b ilan  
belgilanadi  (38-m od da);  h ar  kim  q a rig a n d a ,  m e h n at  layoqatini 
yo‘qotganda,  shuningdek,  boquvchisidan  m a h ru m   b o ‘lganda  va 
qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  h ollarda  ijtim oiy  ta ’m inot  olish 
huquqiga ega  (3 9-m od da);  h ar bir inson  m alak ali tibbiy xizm atdan
www.ziyouz.com kutubxonasi

foydalanish  huquqiga  ega  (40-m odda),  —  deyiladi.
Shunga o'xshash qonun va qoidalar aksariyat davlatlarning bosh 
qomuslarida,  shuningdek, xalqaro kelishuv va  Konvensiyalarda ham  
belgilab  q o ‘yilgan.  M asalan,  «Turizm  xartiyasi»da  (1985-y.  JTT): 
h arb irsh ax sn in g  d am   olish  huquqi, jum ladan,  cheklangan  ish  vaqti 
va  pul  to ‘lanuvchi  m ehnat  ta ’tili,  shuningdek,  qonunda  belgilab 
q o ‘yilganlardan  tashq ari  barcha  hollarda  hech  qanday  cheklovsiz 
erkin  harakatlanish  huquqi butun jahonda tan olinadi, -  deb belgilab 
qo‘yilgan.
3.3.  Turistik resurslardan  foydalanish  maqsadi
H ar  bir  davlat  o ‘z  tabiiy  va  boshqa  turdagi  resurslariga  egalik 
q ilad i  va  u la r d a n   o q ilo n a   fo y d a la n a d i.  T u rli  m a m la k a tla r 
iqtisodiyotida foydalaniluvchi turli xil foydali qazilmalar ham da tirik 
resurslar  mavjud.
Fors ko‘rfazi davlatlari  neft hisobiga boy-badavlat kun  kechiradi. 
Lekin,  shunga  qaram ay ,  Birlashgan  A rab  Amirliklari  m intaqada 
en g   m u h im   tu r i s t ik   m a rk a z  h is o b la n a d i.  T u rizm   o ltin g a  
c h o ‘milayotgan  m am lakatlarda  neft  qazib  olish  tarm oqlari  bilan 
muvaffaqiyatli  raqobatlashm oqda.  Bugungi  k u n d ab u  m am lakatlam i 
mintaqadagi yirik turizm   markaziga aylantirish vazifasi turibdi.  Xitoy 
2010-yilda  130  millionga yaqin turist qabul qilishni  rejalashtirmoqda. 
Biroq,  ko‘m ir va  neft,  olm os va  oltindan  tashqari  boshqa  samarali 
tabiiy  resurslar  ham   yetarli  boMib,  ular  unchalik  kuch  sarflamay 
turib  katta  iqtisodiy foyda  keltirishi  m um kin.  Tabiiy iqlim,  tarixiy- 
m adaniy resurslar turizm da  asosiy obyektlar  hisoblanadi.  Toza  ob- 
havoli  joyda  ek o tu rizm ,  Sam arqand,  Buxoro,  Xiva  va  Toshkent 
kabi  sh ah arla rd a  tarix iy   tu rizm n i  rivojlantirish  uchun  tu ristik  
resurslardan  m aqsadli  foydalanish  lozim.
3.4.  Ijtimoiy  maqsadlar  va  siyosat
Turizm   davlatlarning  ijtimoiy,  m adaniy  va  t a ’lim  sohalariga 
sezilarli ta ’sir ko‘rsatadi.  Xalqaro aloqalarga  ham da alohida shaxslar 
va  butun  jam iy atning   orzu-um idlarini  hurm at  qilish  va  adolatga
www.ziyouz.com kutubxonasi

asoslangan tinchlikparvarlik doirasida,  turizm   insonlarningbir-birini 
o ‘rganishi  va  tushunishining  ijobiy  va  d oim iy   o m ili,  shuningdek, 
x a lq la ro ‘rtasidagi  hurm at  va  ishonchning y a n a d a   yuqori  darajasiga 
erisbishi  uchun  asos  bo 'lib   xizm at  qiladi.
Zam onaviy turizm   m ehnatkashlarga  haq to la n a d ig a n  yillik ta ’til 
berilishini  nazarda  tutuvchi  ijtim oiy  siyosatning  mahsuli  sifatida 
yuzaga  keldi,  bu  esa  ayni  paytda  dam   olishga  b o ‘lgan  huquqning 
e ’tirofi  hamdir. Turizm   ijtimoiy tenglik,  kishilar va xalqlar okrtasidagi 
ham jihatlik va shaxs kam olotining om iliga ay land i.  U ning  madaniy 
va  m a’naviy  m azm un-m ohiyati  ulkandir.  A ynan  tu rizm   inson  ongi 
erishgan  yutuqlar  haqida  m a'lu m o t  olish  va  u la r  bilan  tanishish 
vositasi  b o ‘lib,  x alqlarning  tarixiy  va  m a d a n iy   qad riy atlarid an  
bahram and   bo‘lish  im konini  beradi.  A m alda  tu rizm n in g   m a’naviy 
m ohiyati  iqtisodiy va  m oddiy  m ezonlardan  ustu n   boMishi  va  inson 
shaxsining b ar to m o nlam a uyg‘un  kam ol to p ish ig a  yordam  berishi, 
t a ’lim -tarbiyaviy aham iyatga ega b o lish i,  tu rm u sh   tarzi  va hayotini 
belgilashida teng huquqni t a ’minlashi lozim .  B u jaray o n n i esa uning 
qadri  va  shaxsini  hurm at  qilish,  xalqlarning  o ‘ziga  xos  madaniyati 
va  axloqiy  qadriyatlarini ta n   olish,  —  deb  bilish  darkor.
Shunday qilib, tarixiy,  m adaniy va diniy qadam jolam i  har qanday 
vaziyatlarda,  ayniqsa,  ziddiyatlar  vujudga  k elg an d a  him oya  qilish 
davlatlar  va  ja h o n   ham jam iyatining  eng  m u h im   vazifalaridan  biri 
b o ‘lm og‘i  lozim.
Amalda yuqorida keltirilgan  m aqsadlar o ‘zaro  q o ‘shilib, bir-birini 
to ‘ld irish i  m u m k in .  C h u n o n c h i,  Iso  p a y g ‘a m b a r   tavalludiga 
b ag ‘ishlangan  yubiley  ta n ta n a la ri  ko‘p  m a q sa d la rn i  ko‘zlagan. 
U larning  eng  m uhim i  -   konfessiya  ta n tan asi  va  uning  doirasida 
o ‘tkazilgan  bayram dir.  Bu  albatta,  u m um an  o lg a n d a  dinning ju d a 
kuchli  targ‘ibotidir.  Keyingi  m aqsadlar  esa  so d d aro q .  T antanalar 
barcha  qadam jolar,  birinchi  galda,  xristianlar  (h e c h   boMmaganda, 
katoliklar)  dunyosi  poytaxti  b o ‘lmish  R im   v a  ush b u   dindagilar 
to m on id an   «M uqaddas  Yer»,  —  deb  ta n   o lin g an   to m o n   ko‘plab 
ziyoratchilaroqim ini  keltirib chiqarishi k e ra k b o ‘lgan.  Buning uchun 
esa  Vatikan  tan tan alar  va  turli  m artabadagi  ziyo ratchilarn i  qabul 
qilish  m aqsadida  Rim ni  obodonlashtirishga  k a tta   m ablag‘  ajratdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

H ar  yili  Italiyaga,  xususan,  Rimga  millionlab  turistlarning  ziyorat 
uchun  yoki  diniy,  m adaniy-tarixiy  maqsadlarni  ko‘zlab  kelishlari 
kuiiladi.
Turizm   xizm atlari  va  industriyasi  sohalarini  rivojlantirishning 
n a tija la r id a n   k e y in c h a lik   b o sh q a   m a q sa d la rd a g i  tu r iz m n i 
kengaytirish,  shuningdek,  Rimni  2010-yil  Olimpiadasi  yoki ja h o n  
m iqyosidagi  b o sh q a   ta d b irla rn i  o ‘tk a zish g a  n o m zo d   sifa tid a  
tayyorlash  uchu n  samarali  foydalaniladi.  30  million  ziyor&tchini, 
albatta Joy lashtirish, ovqatlantirish  kerak,  ularga transport xizmatlari 
va boshqa xizm atlar ko‘rsatiladi, jum ladan,  ularni qo‘riqlash  tashkil 
etiladi.  M ablag‘lam ing turizm   industriyasiga bunday kolp kiritilishi, 
shubhasiz,  m am lakatning  b u tun  turizm   sohasini  rivojlantirishga 
xizmat  qiladi  va  bu  borada  Italiyani  jah o n   miqyosidagi  yetakchi 
o ‘rinlarga  olib  chiqadi.  Aytish  joizki,  ziyoratchilardan  tashqari 
Italiyaga  h ar  yili  37  million  turistlar  tashrif buyuradi.
Bu  m uam m o ga  Isroilning  h am   qiziqishi  katta,  chunki  uning 
hududida xristianlarning «M uqaddas ziyoratgoh»lari,  ibodatxonalari 
va boshqa  sig‘inadigan joylari  bor.  C hunonchi,  EL AL  milliy  Isroil 
aviakom paniyasi  Vatikan  bilan  yubiley  tantanalari  yilida  7  million 
ziyoratchini  tashish  haqida  bitim   imzoladi.  Bu  esa jiddiy  iqtisodiy 
yutuqdir.  Bu  raqam   1997-yilda  Isroilga  kelgan  turistlar  sonidan 
roppa-rosa  ikki  b arav a rk o ‘pdir.  Yubiley yilida ziyoratchilarni qabul 
qilishga jiddiy tayyorgarlik  ko'rildi,  m ehm onxonalar qurildi, turizm  
sohasidagi b arch a korxonalar ishga shay qiiindi, bularning barchasini 
davlat  n azo rat  qilm oqda.  Isroil  uchun  turizm   jqtisodiyotning  eng 
m uhim   sohasidir.  Ayni  paytda  Yaqin  Sharq  mintaqasi  o ‘ta  notinch 
boMib,  d o im o   mintaqaviy  ziddiyatlar  kelib  chiqm oqda,  mahalliy 
urushlaresa,  qisqa  muddatli bo‘lsa-da,  turizm sohasidagi  ulkan sa’y- 
harakatlar,  keng  miqyosli  tadbirlarga  sarflangan  katta  kapitallarni 
yo‘qqa  ch iq arish i  m um kin.  Shu  bois,  siyosatchilam ing  vazifasi 
m intaqada  barqarorlikni  ta ’m inlash,  harbiy  mojaro  va terrorizm ga 
yo‘l  q o ‘ym aslikdir.  Aks  holda  soliq  to ‘lovchi!ar  mablag‘lari  zoye 
ketadi.
T u rizm   m aqsadlari  ijtim oiy  axloq  va  tartib  talablariga  javob 
berishi  kerak .  Bu  toifalarni  tu sh u n ish   qiyin,  ch unki,  k o ‘plab
www.ziyouz.com kutubxonasi

d a v la tla r   q o n u n c h ilig id a ,  a d o l a t   b ila n   a y tg a n d a ,  b u n d a y  
kategoriyalar yo‘q.  Am m o,  x a lq aro   h u q u q   va  rivojlangan  d av latlar 
qo n un chilig id a  «yaxshi  ta rtib » ,  «aqlli  kishi»,  «oqilona  m iqdor», 
«oqilona  foyda»;  «ijtimoiy  axloq»  kabi  tu sh u n ch alar  m av ju d  va 
tu sh u n arli  b o ‘lishi  bilan  birga.  u la r  huq u q  m e’yorlarida  m uayyan 
o ‘rin  h am   tu tad i.
T urizm   —  aksariyat  d av latlar  iqtisodiyotining  m uhim   h am d a 
ustuvor tarkibiy qismi bo'lib,  m ah alliy  aholining  ish  bilan  bandligi, 
m ehm onxonalar,  restorán va tom oshagohlam ing to liq   ishlashi,  xorij 
valutasining mamlakatga kirib kelishini ta ’minlaydi.  Shu bois,  ko‘plab 
m am lakatlar turizm  sohasiga k atta e ’tib o r bilan qaraydilar.  M asalan, 
Fransiyada hukum at yig‘ilishlari  vaqtida turizm  vaziri bosh  vazirning 
o ‘ngto m on idan jo yo lad i.  Fransiyaning Yevropadagi birinchi  raqam li 
turistik  hudud  ekanligi  va  Parij  sh ah rin i  turizm   hisobiga  yashab, 
“ Turistik  M akka»  —  deb  no m   o lishi  boshqa  m am lakatlar  havas 
qilsa  arzigulik  holdir.  Meksika  p re z id e n ti  esa  yirik  xalqaro  turistik 
ko‘rgazm alarni  sh ax sa n o 'zi  o c h ib   b erad i.  Bunday  m isollarni  y an a 
ko‘plab  davom   ettirish  m um kin.
T u rizm n in g  ichki  iqtisodiy ta b ia ti  shuni  ko4zda tu ta d ik i,  tu rist 
albatta  o ‘z  pullarini  m azkur  d a v la td a   qoldirishi  kerak.  T u rizm  
m ahalliy  tu ristik   resurslarni  ek sp lu a ta tsiy a   qilishga  va  b u n in g  
evaziga  davlatning  foyda olishiga  asoslanadi.  Shuning  u ch u n  tu rist 
o ‘zi  kclgan  m am lakatdagi  h a r  q a n d a y   m anbaadan  foyda  olishga 
haqli em as.  Ishchi  kuchi o q im in in g  ch eklanishi  m uam m osi  dav lat 
im m igratsiya  (kirib keluvchilar) x izm atlarin i tashvishga solgani  bois 
o d atd a,  faqat  keskin  ishchi  k u c h i  yetishm asligi,  m ahalliy  ish ch i 
resurslarining taqchilligi va  m u a y y a n   o g ‘ir  ishlarni  (m asalan ,  o ‘ta 
og‘ir,  zararli,  iflos  va  shu  kabi)  b a ja ra   oladigan  kerakli  m alak ali 
m utaxassislarga  talab bo‘lg an d ag in a c h e td a n   ish ch ilam i  yollashga 
ruxsat b erad i.  Shu sababli tu rstla rg a  foyda olish  m aqsadida  ishlash 
q a t’iy  m an   etiladi,  bu  barcha  v iz alard a,  y a’ni  m azk ur  d avlatga 
kirishga  ruxsat  beruvchi  h u jja td a   h a m   k o ‘rsatilgan.  M a sa la n , 
A vstraliya  vizasida  «Haq  t o ‘la n a d ig a n   ish  yoki  o ‘qish  h u q u q i 
berilm aydi»  degan  q a t’iy  yozuv  b o r.
Ishchanlik  turizm iga  m u ro ja at  qiladigan  bo‘lsak,  u n d a   h a m
www.ziyouz.com kutubxonasi

m a z k u r  tam oyilga  am al  q ilin ad i  -   xizmat  safariga  yuborilgan 
m utaxassislar,  shuningdek,  kongress,  sim pozium ga  kelganlar  o ‘z 
m am lakati  yoki  xizm at  joyi  tom onidan  ta ’m inlanadi  va  dem ak, 
o ‘zlari  bilan  shu  m am lakatga  pul  mablag'lari  olib  kiradilar.  Aytish 
k e ra k k i,  bund ay  a m aliy   tu riz m   odatda  y etarlic h a  d aro m ad li 
h iso b la n a d i,  ch un ki  is h b ila rm o n -tu ris tla r  va  o lim la r b u n d a y  
safarlarda  boshqa  toifadagi  turistlarga  nisbatan  u c h -to lrt  baravar 
k o ‘p  pul  sarflaydi,  chunki  ular  firma  tom onidan  ta ’m inlanadi  va 
q o ‘shim cha  tarzda  o ‘z  shaxsiy  m ablaglarini  sarflash  imkoniyatiga 
ham   ega.  Idoralar,  firm a  va  ja m g ‘arm alar  qim m at  m ehm onxona, 
tran sp o rt,  yaxshi  ovqatlanish,  madaniy  tadbirlar  uchun  mablag‘ni 
ayam aydilar.  Ishbilarm onlik turizm idan tushadigan foyda jud a ham 
yuqoridir.  Masalan,  Finlyandiyadagi kongresslarga  uyushtiriladigan 
tu r iz m   n ih o y a td a   k e n g   riv o jlan g an .  U ni  h a tto k i  tu riz m  
ham jam iyatida  «kongress  turizm i  mamlakati»  deb  ham   ataydilar. 
Ekologik  toza  tabiat  va  tu rli  xil  turizm  resurslari,  jam iyatdagi 
xotirjam lik va xavfsizlik,  xizm at  uchrashuvlari, sim pozium lar,  o ‘quv 
dasturlari  va  hokazolarni  o'tkazishga  juda  yaxshi  moslashtirilgan 
yuqori  toifadagi  m ehm onxonalarning  ko‘pligi  turizm ning  mazkur 
tu rin i  rivojlantirishga  yo rd am   beradi.
U rush  turizm ga  q aram a-q arsh i  boMgan  holatdir.  Yugoslaviya 
tu rizm   sohasida  A driatikaning  marjoni  b o lib   kelgan  edi,  lekin  u 
yerda bo'lgan fuqarolik urushidan  keyin uzoq vaqt davomida mazkur 
h u du d turistik region qato ridan  chiqdi.  N atijada,  infratuzilma  izdan 
ch iq ib ,  yer  m inalar bilan  to ‘lib  ketdi,  odam lar  uysiz  qoldi,  binolar 
buzildi.  Buzilgan joylar  qayg‘uni  eslatadi.  Jonini  xatarga  qo‘yishni 
h ech  kim  xohlamaydi.  B unday joylarga  borishni  kim  ham  istardi. 
Abxaziya  Odissey  p aytidan  O lloh  yarlaqagan  m askanlardan  biri 
boMib, sobiq sovet davrida butun  ittifoq shifoxonasi hisoblanib kelgan, 
u yerda oliy mansabli  partiya  namoyondalari-yu, oddiy kishilargacha 
d am  olishar edi.  90-yillardagi  Gruziya  -  Abxaziya qarama-qarshiligi 
sababli, bu  hudud turizm   uch u n  yopiq bo‘ldi.  D am  olish  maskanlari 
ta lo n -taro j qilinib,  tarixiy turizm ga  moMjallangan  hudud aholisi  ish 
y o ‘q!igi  sababli  och  qoldi.
U rush  va  siyosiy  vaziyat  notinch  bo‘lgan  hududlarda  turizm
www.ziyouz.com kutubxonasi

to'xtatilganligi sababli,  o*sha  m am lakat  h am ,  turizm tashkilotchilari 
ham  juda  katta  zarar  ko'rm oqdalar.  T erro rizm   turizmga ju d a   k a tta  
z a ra r  y e tk az ad i.  T u ristik   o q im la r n in g   h a r  qan d ay   q is q a r is h i 
iqtisodiyoti  turizm   bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  davlatlar  uchun  ishsizlik 
va  krizis  olib  kelishi  mumkin.
Oxirgi  paytiarda  Turkiyada  tu riz m n in g   rivojlanishi  R o ssiy a 
turistlariga  bog‘!iq  b o ‘Iib  qoldi.  T urizm   masalasi  davlatning  aso siy  
e ’tiborida b o ‘iib,  ish  so‘zda em as, am ald a  b o kldi.  Faqatgina  R ossiya 
turistlariga  xizm at  ko‘rsatishga  T u rk iy ad a  800  000  ishchi  o ‘rn i 
yaratilgan.  Turkiyada  h u n arm an d lam in g   aksariyat  qismi  va  ish la b  
chiqarish korxonalari asosan  Rossiya tu ristlari  uchun ishlaydi.  K a tta  
shaharlardagi  k o ‘pchilik  aholi  kiyadigan  charm   kurtka,  p a lto la r 
asosan  Turkiyada  ishlab  chiqarilgan.  C h e c h e n   ekstrem istlari  b ila n  
kelishm ovchiliklar  bo'Igan  paytda  T u rk iy a  hukum ati  to m o n id a n  
ularning  davlat  hududidagi  h arakatini  t o ‘xtatish  uchun  c h e g a ra la r 
m ustahkam landi,  ziddiyat  sanoqli  so atlard a  to ‘xtatildi  va  b u n d a y  
holat  boshqa  qaytarilm adi.  C hunki,  R ossiyadan  keladigan  tu ristik  
oqim ning kam ayish  xavfi  b or edi.
R o ssiy a   h u k u m a ti  c h e r n o k c h ila r   h a r a k a tig a   s o liq l a r n i 
ko‘targ an da,  tu rk lar  o ‘zlarining  p o sh lin a la rin i  pasaytirdi.  C h a r m  
kurtkalarni T urkiyadan olib chiqib  ketish  k erak edi,  bunda  R ossiya 
turk m ahsulotlarining asosiy iste’m olchisi  b o ld i.  Bu nafaqat  iqtisod, 
balki  katta  m am lakatning  iqtisodiy  siyosatidir.  Hozirgi  p a y td ag i 
Kavkaz  m ineral  suvlarining,  g o ‘zal  k u ro rtlarn in g   ahvoli,  q o csh n i 
C hechenistondagi  va  b utun  Kavkaz  h u d u d id ag i  n om o‘tadil  h o la t 
tu rk   h u k u m atin i  m u tlaq o   q o n iq tirm a y d i.  1998-yilda  K ip rd ag i 
harbiy  tayyorgarliklar  va  yangi  h arb iy   tex n ik a  kelishi  (o ro ln in g  
shim oliy  va  ja n u b iy   h u dudlaridagi  z id d iy a tla r)  tufayli  R o ssiy a 
turistlarining  qiziqishi  ham da  b o sh q a  reg io n   turistlarining  o q im i 
keskin  pasaydi.  1998-yil  m aydagi  y a d ro   portlashi  H in d isto n g a 
b o ‘ladigan sayohatlarni  -   90  %  to ‘x tatib   q o ‘ydi.  Turistik  m avsum  
buzildi  va  davlat  sezilarli  z a ra r  k o ‘rd i.  Iqtisodi  ko‘p  jih a td a n  
turizm ga  bog‘liq  b o ‘lgan  d av latlar  d u n y o   ham jam iyatiga  b a y o n o t 
berdilar.  S h u lar  sababli  M isr,  T u rk iy a,  K ipr,  Tunis  rossiyalik 
tu ristlar  uch un   vizasizlik ta rtib in i  o ‘rn atg a n .  2005-yildan  R ossiya
www.ziyouz.com kutubxonasi

talabalari  va  m ak tab   o ‘quvchilari  bepul  viza  olish  imtiyoziga  ega 
bo'ldilar.
2006-yilning  28-avgustida Turkiyaning A ntaliya shahrida  bo‘lib 
o ktgan  portlashlar  tufayli  albatta  turistlar  sayohatiga  ziyon  yetdi. 
T e rro ristla r  to m o n id a n   am alga  o sh irilay o tg an   bun d ay   ishlar 
turizm ning  rivo jlanish i  uchun  asosiy  to 'siq la rd a n   hisoblanadi. 
Bunday  voqealar  bizning  respublikamizda  ham   bo‘lib  o ‘tganligi 
achinarli  holdir.
Xutosa
T u r iz m d a n   a l b a t t a   m a q sa d   b o ‘lis h i  lo z im .  M a q sa d siz  
turizm n ing   boMishi  m u m k in  em as.  U n ing   keng  tarqalgan  turi 
d am   olish  va  so g‘lo m lash tirish d ir.  Inson  sog‘lig‘i  har  narsadan 
ustun  va  shu  m a q sad d a  u  sayohat  qiladi.  T uristik  m aqsadda  tu r 
resurslardan  o q ilo n a   foydalanish  katta  ah am iyatg a  ega.  Ijtim oiy 
m aqsaddagi  tu riz m n in g   o ‘rni  h am   alo h id a.  Siyosat  esa  turizm  
m aqsadlarining  asosin i  belgilaydi.  T in ch lik  b o r  b o ‘lgan  yerda 
turizm   ham   b o 'la d i.
Tayanch  iboralar:
-  Turizm  m aqsadlari
-   Dam  olish
-   SogMomlashtirish
-   Ijtimoiy  turizm
-   Siyosat
N azorat va mulohaza  savollari:


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling