Turizm asoslari


Download 12.94 Kb.

bet8/18
Sana11.03.2018
Hajmi12.94 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
tu rizm i  — odatda m aktab o ‘quvchilariga ta ’lim 
b erish   m a q s a d id a   q o ‘s h im c h a   m a ’lu m o tla r n i  o lish   u c h u n  
uyushtiriladi  (gerbariy yig‘ish,  o‘z oMkasini o ‘rganish va boshqalar).
www.ziyouz.com kutubxonasi

Asosiy  o ‘rin  o ‘quvchi  va  o 'sm irlar  orasidagi  m u lo q o tn i  egallaydi. 
Bolalar va o ‘sm iriar turizm i  maxsus e ’tib o r va  qobiliyat  talab etadi. 
Tashkilotchilar yaxshi  pedagogik  tayyorgarlikka  ega  b o ‘lishi  kerak. 
Bunday  turizm   ijtimoiy  tu rizm   asosida  tashkil  etilib,  dotatsiya  va 
chegirm alar  bilan  keng  t a ’m inlanadi.  M asalan,  xalqaro  talabalar 
bileti  —  IS1C,  EU  o ‘sm irlarga  arzonlashtirish  h u q u q in i  beradi.
Y oshlar  uchun  tu rizm   bu  yuksak  d arajad a  ta ra q q iy   topgan 
jam iy atning   hayot  m a zm u n id ir.  Bunga  25  y o sh g a c h a   va  oila 
q u rm agan  shaxslar  kiradi.  T urizm   ularga  h a y o td a   to ‘g‘ri  yo*l 
tanlashga  va  hayotiy  tam oyillarni  shakllantirishga  yordam   beradi. 
K unduzgi  ta ’lim  tizim ida  o'qiydigan  va  25  y o sh g ach a  boMgan 
yoshlarga  dunyoning  b arch a  joylarida  am al  qilad ig an  imtiyozli 
t a ’riflar  mavjud.  Bu  im tiyozlar  h ar  xil  tran sp o rt  turlariga,  maxsus 
y o s h la r  y o to q x o n a la rid a   y a sh a sh g a ,  m u z e y la r n i,  p a rk la rn i, 
ko‘rgazm alam i  tom osha  qilish  uchun  beriladi.  Eng  asosiysi  shuki, 
narxlarda  chegirm alar  beriladi.  Ba’zi  h ollard a  tu rist  ota-onasiga 
q o ‘ng‘iroq qilishi  mumkin.  Yosh  tu ristlaro ‘qituvchi'kuzatuvchi yoki 
maxsus shu sohada  ishlovchi  mutaxassis  to m o n id a n  sayohatga olib 
chiqiladi.  Ko‘p  hollarda  talab alar  3-5  kishi  b o ‘lib  birlashishadi  va 
mustaqil ravishda shaharga yoki xorijiy davlatga sayohat qiladi.  Bunda 
talabalardan biri, yoki o ‘z o ‘qituvchisi sayohatga olib boruvchi bo‘lib 
ishtirok  etadi.  Shuningdek,  bunda  sayohat  olib  boruvchi  shaxsga 
ham   chegirm alar beriladi.
Bunday  turizm ga  im tiyoz  yaratuvchi  ta sh k ilo tlar  —  X alqaro 
yoshlar tashkiloti,  Xalqaro yoshlar turizmi  federatsiyasi  (Federation 
o f  international youth travel  organization) dir.  Bu federatsiya  1951- 
yilda tashkil topgan bo‘lib, asosiy qo‘mitasi  K opengagenda joylashgan 
va  Y U N ESK O   rahbarligida  ish  olib  boradi.
Xostel -  votoqxona sifatidasi.  arzon  voshlar m ehm onxonasidir. 
U  odatda  karidor  sistem asida  b o ‘lib,  um um iy  h o jatx on a,  yuvinish 
xonalari, o ‘z muzlatgichlariga,  m ikroto‘lqinIi  p echlarga ega b o lg a n  
oshxonalarga,  um um iy televizorga  ega  b o lg a n   d a m   olish  xonalari 
va taksafonlarga ega bo‘ladi.  Ovqatlanish  kafe yoki oshxonada tashkil 
etiladi. Xostellar xonalari 2 kishilikdan 6 kishilikkacha (b a’zi hollarda 
ko'proq) bo‘ladi.  Xostellar kam  qulay b o ‘lsa-da,  lekin doim  tozadir. 
Nisbatan yoshroq turistlar yashaydigan xostellar shovqinliroq bo‘ladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi

yoshlar te z-tez sho‘xlik qilishadi  va bu yarim  kechagacha ch o ‘zilishi 
mumkin.  S hunga  qaram asdan  k o ‘pgina  yosh  b o lm ag an   turistlar 
ham xostellarda yashashadi.  Ular yoshlar hayotiga ko‘nikib qolishgan 
va bunda xostellar arzón xizmati  ham   rol o kynaydi.  Shunday xostellar 
b o rk i,  u  y e r d a   tu ris tn in g   o ‘z ig a   te g ish li  b o ‘lgan  o ‘rin -jo y  
ch o y sh ab la rid an   foydalanish  m um kin.  K o‘p  xostellar  kunduzi 
tozalash  u ch u n  yopib qo‘yiladi, bu paytda turistlar yuki va buyumlari 
maxsus  x o nalard a  saqlanadi.
X ostellar  xizmatiga:  choyshablam i  yuvish,  chegirm alarga  ega 
boMgan  m uzey,  teatr,  kinoteatr,  avtobus,  poyezd chiptalarini sotish 
va  um um iy ekskursiya  tashkil  etish,  internet  xizmati  kabilar kiradi.
X ostellar  b u tu n   dunyo  b o ‘ylab  tarqalgan,  lekin  ular Y evropada 
om m alashgan.  K atta  shaharlarda  bir  nechta  xostellar  faoliyat  o(ib 
boradi,  yozda  ular  soni  ko‘payib  talabalar  yotoqxonalari  sifatida 
foydalaniladi.  X ostellar  sh ah ar  m arkazlaridan  uzoq  b o ‘lm agan 
tem iryo‘l  va  avtobus  vokzallari  yaqinida joylashadi.
T alab alar  u c h u n   xostellar  deyilganda,  unda  faqat  talab alar 
yashashi  m u m k in ,  —  degan  xulosa  kelib  chiqmaydi.  Bu  xostellarda 
katta  yoshdagi  turistlar  ham   joylashishi  mumkin.  Skandinaviya 
m am lak atlarida  xostellarga  joylashish  uchun  «Xalqaro  xostellar 
uyushmasi»  a ’zolik  kartochkasi  b o ‘lishi  kerak.  Xalqaro  va  milliy 
talaba yoMlanmalari bilan  ham m a xostellarda katta chegirm aga ega 
b o ‘Igan  m e h m o n x o n a   va  ovqatlanish  xizm atlariga  ega  b o lis h  
m um kin.  X ostellar yirik  m ehm onxonalar tarm og‘iga  qo‘shilgan  va 
ular Y evropaning  har bir katta  shaharlarida bo‘lib,  ular to m on id an 
xostellar kataloglarini chop etish va joylarni band etish xizmati tashkil 
qilingan.
Y oshlar  xostellarining  paydo  boMishi  XX  asrning  boshlarida 
G erm aniy ad a  vujudga  kelgan.  1901-yilda  «Ko‘chm anchi  qushlar» 
(«wonder-vogel») jamiyati tashkil  topdi va bunda boshqalar hayotini 
o ‘rganish m aqsadida uzoq muddatli  piyoda sayohat qilishni hohlagan 
shaxslar ishtirok etishgan.  U lar allom alarning xalq og‘zaki ijodiyotini 
va xalq raqslarini o ‘rganishgan.  1910-yilda ushbujam iyat tashabbusi 
bilan  m axsus  xostel  ochildi.  Bu  oddiy va  arzón  yoshlar tunash joyi 
degan  m a ’n o n i  anglatgan.  X ostellarni  tashkil  qilish  g‘oyasi  tez 
tarqaldi  va  u lar  nafaqat  G erm aniyada,  balki  boshqa  davlatlarda,
www.ziyouz.com kutubxonasi

ju m ladan,  N iderlandiya,  Shveysariya  kabi  Y evropaning  boshqa 
davlatlarida  paydo  b o ‘la  boshladi.  Birinchi  ja h o n   urushi  xostellar 
barpo  etilishi  jarayoniga  ta ’sir  etdi,  lekin  undan  oldin  1930-yiIda 
Angliyada birinchi xostellar uyushm asi,  1932-yilda X alqaro xostellar 
federatsiyasi  tashkil  topdi.  Y oshlar xostellari  uyushm asi  bu  —  yosh 
tu r is tla r n i  m e h m o n x o n a la r,  y o to q x o n a la r   va  tu r b a z a la r g a  
o ‘rta m iy o n a  n arx lard a  jo y la s h tiris h   fa o liy atin i  o lib   b o ru v c h i 
tashkilotdir.  U yushm a  dunyodagi  5500  dan  ortiq  xostellarni  o ‘z 
ichiga  oladi.  Avstraliyada  uyushm a  tizim ida  140  xostel  mavjud. 
Bugungi  kunda  federatsiyaga  70  ta  m am lakat  a ’zo.  1934-yilda 
A Q SH da  ham   xostellar uyushm asi  tashkil  topdi.
Rossiya  yoshlar  xostellari  uyushm asi  1992-yilda  tashkil  topdi. 
Uyushma m arkazi Sankt-Peterburgda jo y la sh g a n b o lib ,  u o4z ichiga 
7 ta xostelni oladi.  Uyushma  1993-yildan  boshlab X alqaro xostellar 
federatsiyasi  (IY H F )  a ’zosi  hisoblanadi.  Hozirgi  k u n d a  Rossiyada 
1YHF  va  RYHA  a ’zolari  uch u n   chegirm alarga  ega  b o ‘Igan  xostel 
k artochkalarini  (R U H A   ca rd )  jo riy   etish   d av o m   e tm o q d a .  Bu 
kartochkalar dunyoning 3500  xostellarida  chegirm a olish  huquqini 
beradi.
Rossiya yoshlar xostellari  uyushm asiga qarashli  S an k t-P eterbu rg  
xalqaro  talabalar turizm i  xosteli  bor.  Bu  m eh m o n x o n a  1991-yilda 
tashkil  topgan  b o lib ,  u  M oskva  vokzali  va  Nevsk  prospektidan 
uzoqda  b o ‘lm agan  shahar  m arkazida  joylashgan.  U   Rossiyadagi 
birinchi  xostel  nom ini  olib,  Rossiya  xostellar  uyushm asiga  a ’zo. 
M ehm onxonada  56  ta  joy  b o ‘lib,  ular  2  va  5  kishilik  xo nalard an  
iborat.  Xostel  turistik guruhlarga  arzon xizm at ko‘rsatadi  va h a r bir 
qavatdagi  d u sh lar,  yuvinish  x o n alari,  h o ja tx o n ala rd an   tash q ari 
internet kafelar xizmati mavjud. Yashash toMovi  12 A Q SH   dollaridan 
15 AQSH  dollarigacha. Xona  narxiga  nonushta ham  kiradi.  Xostelda 
«Simbad travel» tu rizm   idorasi  xizm at  ko‘rsatadi  va  b u   id o rad a  77 
ta  m am lakatdagi  5500  ta xostellarda joylarni  band  qilish  m um kin. 
Bulardan tashqari, vizalarochish,  maxsus chegirm alarga ega boMgan 
aviachiptalar sotish  yo‘lga  q o ‘yilgan.
International  student  idenity  card   (ISIC )
Dunyoning istalgan joyiga sayohat qilish  uchun keng im koniyatlar 
yaratib  beradigan  maxsus  talab alar  va  yoshlar  uchu n  k arto ch k alar
www.ziyouz.com kutubxonasi

(ï SIC ,  G O   25)  mavjud.  IS IC bu  xalqarotalabalarguvohnom asidir. 
K artochka  (IN T E R N A T IO N A L   YOUTH  TRA V EL  CA RD   (G O  
25)  talabalardan  tashqari  25  yoshgacha  bo‘lgan  yoshlarga  ham  
b e rilis h i  m u m k in .  Y o sh la rn i  olib  b o rad ig a n   o ‘q itu v c h ila rg a  
karto ch kalarberilad i  (IN T E R N A T IO N A L T E A C H E R   ID E N IT Y  
C A R D  (1T1C).  Bu kartochkalarga ega bo‘lganlarga h ar xil  imtiyozlar 
va  chegirm alar  beriladi.  M asalan,  xostellarga joylashish  va  uiarda 
ovqatlanish,  transportlarda  yurish  uchun  maxsus  chiptalar  (STA 
yoki  KILBOY).  ISIC   kartochkalariga  ega  bo‘lgan  yoshlarga  salbiy 
vaziyatlarda  tibbiy,  moliyaviy va  boshqa yordam lar beriladi.
IS IC onnect.
IS IC onnect -  bu  IS IC  kartochkasi yordam ida aloqa xizm atidan 
foydalanish  huquqini  b eru vch i  kartochka.  Bu  k artochka  orqali 
telefon,  telefaks,  elektron  p o ch ta orqali bepul yoki  arzon baholarda 
foydalanish  mumkin.
Yoshlar  uchun  avtobus  xizmati
Y evropaga  say oh at  q ilu v c h ila r  u ch u n   eng  qu lay   tra n sp o rt 
v o sitalari  avtobus  y o 'n alish la rid ir.  U lardan  biri  EV ROLAYNS 
yo‘nalishi bo‘lib, Y evropaning 30 ta katta shaharlarini bog'lab turadi 
va  h a r  b ir  shahardan  deyarli  h ar  kuni,  katta  shaharlarda  kuniga  5 
m a rta g a c h a   a v to b u s  y o ‘n a lis h la ri  q a tn a y d i.  T u rist  a v to b u s 
y o ‘n a lis h la rin i  o ‘zi  ta n la y d i,  m asalan,  2  s o a td a n   keyin  siz 
A m sterdam da  b o ‘lishingiz  kerak,  agar  havo  buzilishi  ko‘rilsa,  siz 
quyoshli  Ispaniyaga  sayohat  qilishingiz  m um kin.  EVROLAYNS 
chip talarini  309  kunga  yoki  60  kunga  olish  m um kin  b o ‘lib,  uning 
n arxini  chiptaning  am al  qilish  muddati  belgilab  beradi.  Sayohat 
qilish  uch un  joylarni b ir sutka  davomida  EVROLAYNS  idoralarida 
b an d   qilish  m um kin.  T u rizm   eng  avjiga  chiqqan  paytda  joylarni 
ertaro q   band  qilish  lozim .  Joyni  band  qilgach,  sizga  maxsus  kupon 
beriladi.  Bu kupon siz avtobusga chiqayotgan paytingizda ko‘rsatiladi. 
B irinchi  avtobus yo‘nalishini  siz chipta sotib olayotgan  paytingizda 
b an d  qilishingiz  m um kin.
Sayohat qilayotgan paytda chiptalam i va pullam i xavfsiz joylarga 
q o ‘yish taqozo etiladi.  Yo‘qoIgan  EVROLAYNS chiptalari va pullari 
toM anmaydi.  Sotilgan  EVROLAYNS  chiptalari  qaytib  olinmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

C ontici  sistemasi  bo‘yicha  Yevropa  b o kylab  asosiy  sayohatlar
K ontiki  —  bu  dunyo  b o ‘ylab  avtobusda  sayohat  qilish  tizimi 
bo‘lib,  u n d a  18  yoshdan  35  yoshgacha  boMgan  shaxslar  sayohat 
qilishlari  m um kin. Turistlar h a m m a  sharoitlarga ega boMgan maxsus 
av to b u slard a  say oh at  q ilish a d i  va  ularga  m alak ali  m e n e je rla r 
yollanadi.  T uristlar o ‘z sayohatlarini  50 kungacha davom   ettirishlari 
m um kin.  Boshqa  tom ondan  q arag an d a,  K ontiki  tizim i  b ir  necha 
kunlik tu rlarn i taklif etadi.  Bu talabalarn i  im tih o n d an   keyin sayohat 
qilish  im koniyatini  yaratib  beradi.
K o n tik i  va  Evrolayns  a v to b u s   y o ‘n a lish la rin i  b a n d   qilish 
to ‘lovlarini  toMash  «Simbad  travel»  turizm   agentligi  to m o n id an  
am alga  oshiriladi.
D unvoning istalean burchagiea talaba cheeirm alariga e s a  boMean 
aviachiptalar
D unyo  b o ‘ylab  sayohat  qilish  sam olyotlarda  b o sh q a  tran sp ort 
vositalariga  qaraganda  anch a  qulaydir.  Sam olyot  u ch ish   tezligi, 
qulayligi,  ic h k i  xizm atlari  ta la b a la r  u c h u n   q im m a tg a   tu sh ish i 
mumkin.  Shu sababli, yoshlar va talabalar uyushmasi bu  m uam m oni 
yechishning chegirm a  yoMidan  foydalanishni jo riy  etm o q d a.  Sharq 
aviakompaniyalari talabalar va yoshlam ing ichki va tashqi  aviareyslari 
uchun h a r xil turdagi  im tiyozlarni yaratib bergan.  B ulardan tashqari, 
aviareyslarda joylam i band qilish va p och ta orqali av iach ip talar sotib 
olish xizm atlari yaratib berilgan.  T alabalar chegirm asiga ega b o ‘lgan 
aviachiptalar  IS IC   yoki  G O   25  kartochkalari  orqali  sotiladi.
Ijtim oiy tu rizm  yana  nogironlarga va qariyalarga,  n afaq ax o ‘r va 
sh u  kabi  to ifa la rd a g i  ijtim o iy   y e n g illik   va  im tiy o z la rg a   ega 
b o ‘lganlarga  ham   m o ‘ljallangan.
Tuzilishi jih atid an   notijorat  yoki  tijo rat  yo‘nalishIi  tu rizm   ham  
m avjud :  n o tijo r a t  tu riz m   o ‘z  m a ’n o sig a  k o ‘ra   d a m   o lis h , 
ko‘ngilxush!ik  va  xushchaqchaqlik  u ch u n   uyushtiriladi;  tijo rat  va 
ishbilarm onlik turizm i  m aqsadi k ich ik  hajm dagi bu yu m larn i  ulguiji 
sotib olishdan  iborat. Tadbirkorlik  maqsadidagi turizm  — sayohatning 
keng  tarqalgan  turi  b o clib,  biznes  xizm at  ko‘rsatish  b ilan   turistik 
firm alarga  an chagin a  foyda  keltiradi.  U lam in g   k o ‘pchiligi  o d atd a 
rasmiy idoralar vakillaridir.  Ishchi  safarían bilan boshqa h u d u d  yoki 
davlatlarga boruvchilar, tadbirkorlar —  notijorat tashkilotlari vakillari
www.ziyouz.com kutubxonasi

b o ‘lib,  ular  business  travellers  toifasiga  kiradi.  T urizm ning  bu  turi 
ja h o n d a   keng  tarqalgan,  ular  turizm   statistikasida  qatnashadilar, 
ch u nki  uning  ishtirokchilari  o ‘z  davlatidan  m ablag4  oladilar va  uni 
tu rizm   markazlariga olib  kelishadi.  Tadbirkorlik turizm ida turistlar 
turisfik xizm atlarning katta qism idan  foydalanishadi.  Eng qim m atli 
m e h m o n x o n a la rd a   tu r i s h a d i,  boy  m a d a n iy   d a s tu r la r d a n  
foydalanishadi, suvenir va  sovgkalarni  faol sotib olishadi.  Bu xildagi 
tu rizm   bahosi  yuqoriligi,  u n d a  foydalaniladigan  tovar va  xizm atlar 
qim m atligidan  kelib  chiqadi.  Ba’zi  davlatlar bunday  turizm   uchun 
m axsus  vizalar berishadi.  (Estoniya,  Finlyandiya  va  h.  k.).
K ongress  turizm   —  m axsus  turizm   b o ‘lib,  u n d a  syezd  va 
sem in arlar o'tkazish tashkil etiladi.  U  ham  ishbilarmonlik turizmiga 
kiradi.  Bu turdagi sayyohlik dunyoda  m a sh h u rb o 'lib  ju da qulaydir. 
O datda, bunda konferensiya ishtirokchilari xarajatlarini  uni yuborgan 
tashkilot  yoki  firma  to ia y d i.  Shuning  uchun  A Q SH ,  Shveysariya 
va  Finlyandiyada  bu  turdagi  sayohat  davlat  turizm   dasturi  asosini 
tashkil  etadi.  K atta  m ehm onxonalarda  barcha  zarur  narsalar bilan 
ta ’m inlangan katta va  kichik kongress -  xollar,  majlis zallari, biznes 
m arkazlar,  banket zallar,  transp o rt xizmati va shu  kabi konferensiya 
va  syezd  o'tkazish  uch u n  kerakli  xizmat  turlari  va  binolar quriladi.
D unyoga  m ashhur  kongress  markazlari  anchagina  tig‘iz  ish 
ta rtib ig a  ega  va  har  kuni  2-3  ta   katta  yig‘ilishlar  uyushtiriladi,  shu 
bilan   ular  aholi  bandligi  va  yuqori  darom ad  olishni  ta ’minlaydi.
K o n g ress  ta sh k il  e tis h d a   u ch rash u v d an   o ld in   va  keyin 
ish tiro k ch ilarg a  k atta  m iq d o rd a  q o ‘shim cha  x izm at  tu rlarid an  
foydalanish  imkoniyati  yaratiladi  (ko'rgazmalar,  banketlar,  konsert 
va  h.k.).  Shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  55  %  dan  yuqori  kongress va 
syezdlar  ishtirokchilar  soni  ko‘pi  bilan  200—500  gacha  bo‘ladi  va 
faqat  1 5 -2 0   %  i  100  kishilik  ishtirokchiga  m oljallanadi.  Juda  katta 
konferensiyalar ( 1000 kishidan ko‘p) ancha kam o ‘tkaziladi va umumiy 
sonining  10%  ini  tashkil  etadi.  Q o ‘shimcha qulayliklardan  yana  biri 
sh u n d a k i,  kongresslar  o d a td a   turizm   m avsum i  o rasida  b o ‘lib, 
m ehm onxona va restoranlardan  unumli foydalanish imkonini beradi.
K onferensiyalar  anch ag in a  oldin,  uchrashuvdan  2 -3 -y il  oldin 
rejalashtiriladi.  Ba’zi  syezdlar  va  uchrashuvlar  doim iy  o ‘tkazilib 
k elin ad i.  Kongress  tu riz m d a   uning  tash k ilo tch ilarid an   maxsus
www.ziyouz.com kutubxonasi

m ahorat  talab  qilinadi.  C hunki,  ju d a   k o ‘p  tashkiliy  m u a m m o lar 
yuzaga  kelishi  mumkin.  Shuning  u c h u n   bu  turdagi  turizm   b ilan  
maxsus  firm alar  shug‘ullanadi.  M asalan ,  Buyuk  B ritaniyada  100 
dan ortiq shu  kabi firmalar bor.  U lar ishtirokchilarga xizm at qiluvchi 
va o ‘zlari  aloh ida uchrashuvlar uyushtiruvchi  firm alardir (m asalan , 
m arketing,  reklam a,  taklif,  doklad  va  kuzatuvchilarni  ta n la sh   va 
h.k.).
S hopping  turizm   xarid  m aqsadidagi  tu rizm dir.  U nda  sav d o  
d o ‘konlaridan,  superm arket,  m in im ark etlard an   xarid  m aq sad id a 
tovarlar sotib  olinadi.
Xulosa
U shbu  m avzuda turizm  turlari  va  u n in g  turli  ko‘rinishlari b a y o n  
qilinib,  unda  turizm   shartli  ravishda  ikki  turga  b o ‘Iib  o ‘rganildi: 
aktiv  (faol)  tu rizm   va  passiv  (n o fa o l)  tu rizm .  Aktiv  tu riz m d a  
turistlardan  katta jism oniy  kuch  ta lab   etilishi,  bunday tu rizm   b ila n  
asosiy turistlar qatlam i shug‘ullanishi,  alpinizm  ham da tog‘ga chiqish 
kabi  ko‘p jism oniy  kuch  va  zo ‘riqish  b o ‘ladigan  sayohatlar  b u n g a 
misol  b o ‘lishi  t a ’kidlab  o‘tilgan.
Passiv  turizm da  esa  buning  aksi  b o ‘lib,  bunday  turizm   b ilan  
q a riy a la r,  p e n s io n e rla r,  n o g ir o n l a r   s h u g ‘u lla n is h i,  b u n g a  
sog‘lom lashtirish  turizmi  misol  boMa  oladi.
Shuningdek,  turizm ning  b o shqa  xillari  -   k o'rinishlari  sifatida: 
sarguzashtli,  tem iry o‘1,  avtoyo‘1,  suv  y o £li,  havo  yo‘li  tu rizm larig a 
ham   alohida  e ’tib o r  berilgan  h a m d a   d a m   olish,  ro h atlan ish   va 
k o ‘n giloch arlik ,  sog‘lo m lash tirish ,  o ‘rg an u v ch i,  q ish lo q ,  t a ’til 
kunlaridagi dam  olish, go‘zal tog‘larga sayohat, safari tur, ekoturizm , 
harbiy,  etnik,  qarindoshlarni  va  d o ‘stlarn i  ko‘rish,  tarixiy,  d in iy - 
ziyorat,  m arosim ,  falokat  joylariga  b o rish ,  xazina  izlash,  ishqiy, 
Sport turizm lari  kabi  sayohatlarni  batafsil  yoritib berilgan.
M avzuni  o ‘rganish  jarayonida  m axsus  va  ijtim oiy  tu riz m n in g  
o ‘ziga  xos  xususiyatlari  haqida  h am   m a ’lu m o tlar berilgan.
Tayanch  iboralar:
—  Turizm   turlari
— Aktiv  (faol)  turizm
www.ziyouz.com kutubxonasi

—  Passiv  (nofaol)  turizm
—  Turizm ning  turli  k o ‘rinishlari
N azo rat va  mulohaza  savollari:
1.  Turizm  lurlari  haqida  nim alam i  bilasiz?
2.  Aktiv  turizm  deganda  nim ani  tushunasiz?
3.  Passiv  turizm  deganda  nim ani  tushunasiz?
4.  Maxsus  turizmni  tashkil  etish  yo'llari  qanday?
5.  Ijtimoiy  turizmning  о (ziga  xos  xususiyatlari  nimaiardan  iborat?
6.  Dam  olish,  rohatlanish  va  ко 'ngilochish  turizmi  haqidagi ßkringizni 
ifodalab  bering.
7. 
S o g (lomlashtirish  turizm i  haqida  qanday fikrga  egasiz?
8.  Ekoturiz/nni respublikamizningqaysi hududlarida tashkil etish mumkin?
9.  0 ‘zbekistondagi diniy-ziyorat turizmi obyektlaridan qaysilarini bilasiz?
10.  Tarixiy  turizmga  ixtisoslashgan  mamlakatlardan  qaysilarini bilasiz?
Foydalanügan  adabiyotlar:
1.  0 ‘z b e k is to n   R e s p u b lik a s i  P re z id e n tin in g   1992-yil  2 7 -iy u ld a g i 
« 0 ‘zbek tu rizm »   M K n i  ta sh k il  etish   to lg ‘risida»gi  F a rm o n i.
2.  0 ‘zbekiston  R espublikasi  Prezidentining  1995-yil  2-iyundagi «Buyuk 
ip ak   y o ‘)i»ni  qayta  tik la s h d a   0 ‘zbekiston  R espublikasining  ishtirokini  avj 
o ld irish   va  R e sp u b lik ad a  x a lq a ro   turizm ni  riv o jian tirish   borasidagi  c h o ra  
-ta d b irla r  t o ‘g ‘risida»gi  F a rm o n i.
3.  0 ‘zb e k isto n   R e sp u b lik a si  P re z id e n tin in g   1999-yil  1 5-apreldagi 
«2005-yilgacha b o ‘lgan  d a v rd a  O ‘zbekistonda tu rizm n i  rivojiantirish  D avlat 
d astu ri  t o ‘g ‘risida»gi  F a rm o n i.
4.  0 ‘zbekiston  R esp u b lik asi  O liy  M ajlisining  1999-yil  20-avgustdagi 
«T u rizm   t o ‘g ‘risida»gi  Q o n u n i.
5.  «О сн овы   т у р и с т с к о й   д ея тел ьн о сти »   (У чеб.  п о со б и е).  С о с т а ­
в и т е л ь   И л ь и н а   Е .Н .  —  М .:  С о в ет ск и й   с п о р т ,  2007.
6.  Б и р ж а к о в   М .Б .  « В в е д ен и е   в туризм».  С а н к т -П е т е р б у р г ,  2008.
7.  Б гатов А .П .  Т у р и с т с к и е  ф ор м ал ьн о сти . У ч еб н о е  пособ и е.  2007.
8.  М а р и н и н   М .М .Т у р и с т с к и е   ф о р м ал ь н о сти   и  б ез о п а с н о с т ь   в 
т у р и зм е .  2008.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 -B O B .  T U R IS T   T U S H U N C H A S IN IN G   M O H IY A T I
6.1.  Turist  tushunchasining  t a ’rifi.
6.2.  Turistning  m aqsadlari.
6.3.  Turistning  huquqi  va  m ajburiyatlari.
6.4.  Turistning  irqi,  millati, jinsi,  yoshi,  tili,  dini.
6.1.  Turist tushunchasining t a ’rifi
0 ‘zbekiston  Respublikasining  1999-yil 20-avgustda qabul qilingan 
“Turizm to ‘g‘risida” gi qonunida turist tushunchasining ta ’rifi berilib, 
unda:  «turist — 0 ‘zbekiston Respublikasi  hududi  b o kylab yoki boshqa 
m am lakatga  sayohat  qiluvchi  (doim iy  istiq o m at  joyidan  turizm  
m aqsadida jo ‘nab  ketgan) jism oniy shaxsdir»,  —  deyiladi.
Turist  -  turistik  m ahsuiot,  tovar,  turistik xizm at,  ishning (butun 
turning)  iste’m olchisidir.  U  b iro r  joy,  aholi  p u nk ti,  hudud  yoki 
m am lakatda uning  fuqaroligi,  m illati, jin si,  tili,  d in id an  q a t’i  nazar 
o ‘sha joyda 24 soatdan  kam  b o ‘Imagan  va  6  oy dan   k o ‘p bo‘lm agan 
m uddatda vaqtinchalik turuvchi  yoki  o ‘z  m a m lak a tid a n  tashqarida 
g u ru h li  yoki  yakka  ta rz d a  k am ida  b ir  m a rta   yotishini  am alga 
oshiruvchi,  joylashish,  hordiq  ch iq arish   u c h u n   sayohat  qilish, 
davolanish,  ish  m aqsadlarini  am alga  oshiruvchi  va  borgan  joyida 
haq  to ‘lanadigan  b iror faoliyat  bilan  shug‘ullanm asligi  kerak.
A walo,  turist  turistik  mahsulotning  iste’m olchisi  sifatida  deyarli 
barcha rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani k a b iju m lad an , 0 ‘zbekiston 
respublikasida mavjud boMgan «Iste’m olchilar huquqini  himoya qilish 
haqida»gi qonuni himoyasi ostidabo‘ladilar.  Turizm  iste’molchisi talab 
qilishga  haqlidir.  Turist  bo‘lmasa  -   turizm   h am   b o lm aydi.  Ko‘plab 
va turli jam oat tashkilotlari  iste’molchilar huquqlari  himoyasi masalasi 
bilan  shug‘u!lanishadi.  Iste’molchi  dam   olish  sharoitlariga  deyarli 
talabdan  kelib  chiqib  m unosabatda  b o ‘ladi  va  to ‘langan  xizm at 
bajarilmaganida  yoki  bu  xizmat  sifatining  va’d a  berilgani  bilan  m os 
tuzilmasa  shikoyat  qilish  huquqiga  ega.  T ahlillar  shuni  ko‘rsatadiki 
eng  norozi  sayyohlar  bu  nemis  turistlari  hisoblanadi.  Germ aniyada 
har yili  turistik  firmalarga  kompensatsiyani  talab  qilib  500  dan  ziyod 
shikoyatlar tushadi.  M amlakatda  shu  kabi  m asalalam i  hal  etish  bilan 
shug‘ullanuvchi  maxsus  vositachilar  mavjuddir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Turli  m am lakat  turistlarining xarakterlari  va turistik  m ahsulotni 
iste’mol  q ilish d an   m aqsadlari  ko‘p  darajada  um um iy  boMishiga 
qaram asdan,  m uhim   farqlarga ham ega.  Bunday farqlarning mohiyati 
ular  uchun  h ayot  tarzi  va  dam   olishning  odati,  turistik  resurslar 
bilan  tanishligi  va  axborotning  chuqurligi,  tarixni  bilishi,  reallikni 
obyektiv  qabul  qilish  qobiliyati  va  ushbu  turistik  m arkazda  mavjud 
bo‘lgan  turistik  resurslar va  im koniyatlardan  foydalanishga  bog‘liq.
T u ristlarn i,  ayniqsa  xorij  turistlarini  qabul  qilishda  turistik 
resurslardan sam arali  foydalanish  uchun ularning hayot tarzini,  milliy 
xarakteri  xususiyatlarini,  tayyorgarlik  darajasi  va  turistik  qiziqish 
obyektini  qabul  qilish  im koniyatini  batafsil  o'rganish  zarur.
Barcha  bu  k o ‘rsatkichlar  va  xarakteristikalar turistik  m ahsulot, 
xizmat hajmi  va darajasi, ekskursiya matnlari  va h.  k.  ni loyihalashda 
hisobga  olinadi.
Hozirgi  k u n d a  eng  ko‘p  tarqalgan  tadqiqot  shakli  -   turistik 
m arkazlar  va  hududlarga  turistlarning  kelishi  va  ketishini  rasmiy 
statistika  to ‘plam i  b o lib ,  unda  turistik  oqim larni,  harakat  qilish 
usullarini,  tu ris tla r  ehtiyojlari  va  ularning  to ‘lovga  qobilligini, 
xususan,  tu ristik  resurslarni  qabul  qilish,  turistik  faoliyatni  boshqa 
tahliüari,  asosan  ushbu  hudud  uchun turizm  daromadliligi  bo‘yicha 
maxsus ta d q iq o tla r o ‘tkaziladi.
T u rist  m o d d iy   va  m a ’n aviy  tu r is tik   m a h s u lo tla rn in g  
iste’molchisidir.  M oddiy turistik mahsulotlar deyilganda — turistlarni 
joylashtirish,  tash ish ,  ovqatlantirish,  maishiy  xizm atlar  ko‘rsatish 
s h o x o b c h a la ri,  ta rix iy   va  m a d a n iy   y o d g o rlik la r  va  u la rd a  
ko‘rsatiladigan  b a rc h a   m oddiy  xizm atlar  majmuyi  tu sh uniladi. 
M a’naviy turistik  m ahsulotlar deyilganda esa (masalan, tarixiy turizm  
bo‘yicha) turistlarni  tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan tanishtirish 
m aqsadida  gid-ekskursovodlar  tom onidan  ularga  berilgan  tarixiy 
m a’lum otlar  va  axborotlar,  (m adaniy  turizm   b o ‘yicha)  turistlarga 
festivallar,  karnavallar,  tom oshalar,  konsertlar,  teatrlar,  dorbozlar, 
sirklarda berilgan  m adaniy ozuqalar,  ruhiy kechinm alar tushuniladi. 
D e m a k ,  t u r i s t l a r   m a n a   s h u n d a y   tu r is tik   m a h s u lo tla rn in g  
iste’m olchisidir.
M oddiy  tu ristik   mahsulotlardagi joylashtirish  tizim ining  o ‘zida 
turistlar bevosita b ir qato r turistik xizmatlarning iste’molchisidirlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Olib yurish va ovqatlantirish tizim id a  ham turistlarga  iste’m ol  uchun 
q ato r  xizm atlar  majmuyi  ko‘rsatiladi.
M azkur  moddiy  va  m a’naviy  turistik  m ahsu lo tlardan   turistlar 
qoniqish  hosil  qiimasa,  ushbu tu ristik iste’mollar yaroqsiz va qisman 
yaroqsiz  hisoblanadi  ham da  o ‘z  navbatida turistlar q o n u n   talablari 
bilan  haq-huquqlarini  qondirish  yuzasidan  tu ragentlarga  m urojaat 
qilishlari  m um kin.  S hartn o m ada  tu ristlar  to m o n id an   ko‘rsatilgan 
barcha  shartlar  to ‘liq  bajarilishi  lozim.  C hunki,  tu ristla r  m azkur 
tu rm a h su lo tla r  uchun  o ld in d a n   o ‘z  m ablagM aridan  pul  t o i a b  
qo‘yishgan.  Demak,  ular m agazinlardan  mahsulot sotib oigan  kishilar 
kabi  iste’m olchidirlar.  Talab  q ondirilm asa,  oxirgi  y o ‘l  —  suddir.  Bu 
haqda  mavzuyimizning  keyingi  (turistning  huquq  va  erkinliklari) 
qism ida  ham   to'xtalib  o ‘tam iz.
T u rist 
v a q tin c h a lik  
tu n o v c h i 
m u s o fird ir. 
Y u q o rid a  
ko‘rsatilgan!ardan va turizm tushunchasidan ko‘rinadiki — turist hudud 
yoki  mam lakatning vaqtinchalik  kelib-ketuvchisi  hisoblanadi.  U  bu 
hududga yoki  mamlakatga vaqtinchalik keladi, bu jo y  uning odatdagi 
yashash joyidan  farq  qiladi.  U   tu rizm   maqsadida  m a ’Ium   m uddatga 
keladi  va  bu  muddat  6  oydan  oshib  ketmasligi  lozim .  H udud  yoki 
m am lakatga  bir  ishda  6  oydan  ko‘p  muddatga  keluvchi  shaxs  turist 
hisoblanmaydi  va  turizm  statistikasida  hisobga  olinm aydi.
Vaqt  omili  bo‘yicha  turistik  sayohatlarni  quyidagilarga  ajratish 
lozim:
1 - 3   kunlik  sayohatlar.  B u la r  dam   olish  kunlari  tashkil  etiladi. 
B unday  sayohatlar  m inim al  tra n sp o rt  xarajatlarida,  m adan iy   va 
turistik  markazlarda  o ‘tkaziladi.  K lub  sayohatlari  m u h im   o ‘rinni 
egallaydi,  masalan,  turli  m aydonlardagi golf o'y in larg a  yoki  boshqa 
ko‘rinishdagi  dam   olish  va  h o rd iq   chiqarish  m ashg‘ulotlariga;
4—7  kunlik  sayohatlar  d u n y o   turizm   statistik asida  eng  k o ‘p 
tarqalgani  hisoblanadi;
8 - 1 2  kunlik sayohatlar, m a’Ium  daraja turistlari  u ch u n  bu foydali 
va  x a ra ja tla m in g   pasayishi  b ila n   k u z atila d i.  M a ’Ium   tu ristik  
hududlarga  2  haftaga  b ir  m arta  borish  7  kunga  2  m a rta   borgandan 
arzonroqdir;
U zoq  m uddatli  sayohatlar:  2  hafladan  ko‘p  m u d d atg a.  Bular 
shu n ch alar ozki,  hatto b a’zi  m eh m o n x o n ala r 2  haftalik d am  olishni
www.ziyouz.com kutubxonasi

sotib olgan turistga  3  haftani  bekorga  berishgan.  Bunday sayohatlar 
m axsus  turizm   ko‘rinishlarga  xos.
H ar b ir turistik  hududga  yoki  markazga  turli  m uddatdagi  turlar 
xosdir.  T u rizm n in g  yuqori  iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  rivojlangan 
tr a n s p o r t  infratuzilm asig a  va  aloqa  yo‘llariga  ega  chegaraviy 
m am lakatlarga  xosdir.  Turist  oqim lari  bir  vaqtda  tem iryo‘1,  suv, 
h av o  va  avtom obil  tra n sp o rti  bilan  borishadi,  qisqa  m uddatli 
say oh atd a  turist  har  kuni  ko‘p  kunlikka  nisbatan  ko‘p  sarf qiladi.
Yevropada  qisqa muddatli  sayohat bo'yicha turistik oqim  oboroti 
Fransiyaga  18% gacha, Avstraliyaga  12  % gacha,  G erm aniyaga  8  % 
gachadir.  Agar  Rossiyadan A rab Amirliklariga yoki  Misrga turizm ni 
k o ‘rib  chiqadigan  bo‘lsak,  u n d a  asosiy  sayohat  qismi  6—7  kunlik 
sayohat  b o lib   chiqadi.
A lbatta,  turist vaqtinchalik tashrif joyida 24 soatdan  ko‘p bo‘ladi. 
Inson  fiziologiyasidan  uni  dam   olishi  va tunashi  uchun  vaqt  kerak, 
shu nin g  uch un   u tunash joyi  sotib olishi  lozim.  T u r bu  kam ida  2  ta 
yoki  3 ta turistik xizmatlar paketidir.  Shuning uchun jahon tajribasida 
tu rn in g   davomiyligi  tunash  b o ‘yicha  hisoblanadi.
6.2.  Turistning  maqsadlari
K ishilarning  uzoq  vaqt  pul  yigkib,  keyin  qisqa  vaqtga  uyidan 
sarguzasht  izlab  ketishi  va  iqtisod  qilib  yiqqan  pullarini  oz  kunlar 
ichida  ko‘ngilochar tadbirlarga va dam olishga sarflashi  uchun  unga 
qandaydir kuchli undovchi sabab kerak. Turizmning xorijiy turistlami 
o ‘ziga jalb  qiluvchi sabablarini  ko‘rib chiqamiz.  Ekspertlar eng asosiy 
sabablar qatoriga  quyidagilarni  kiritadilar:
a)  yangi  m adaniyat  va  turm ush  tarzi,  yangicha  taom   turlari  va 
a n ’analari  bilan  tanishish  va  ularni  o ‘rganish;
b)  k o ‘ngilxushliklar, tungi  hayot bilan tanishish,  sifatli  restoran, 
dansinglar va boshqa  ko‘ngilochar muassasalarga borish  imkoniyati;
d)  ozroq vaqt  boshqacha hayot  kechirish, o ‘yin-kulgiga berilish, 
uzoq  vaqt  tejam korlik  bilan  to ‘plangan  pullarni  erkin  sarflash 
im koniyati,  oz  bo‘lsa-da,  o ‘zini  boshqacharoq,  yuksakroq  inson 
sifatida  his etish  istagi,  um um iy vaziyatni o ‘zgartirish,  zo‘riqishdan 
xalos  b o 'lish ,  dam   olish;
e)  teatrla r,  tom oshalar,  festivallar,  karnavallarga  borish,  yangi
www.ziyouz.com kutubxonasi

tanishlar orttirish, qiziqarli  kishilar bilan  m uloqotda b o ‘Iish,  m azkur 
m am lakatda  ish  yuritish uch u n  im koniyatlam i  o ‘rganish,  shopping 
maqsadlar;
0   esdalik  sovg‘alarini  xarid  qilish;
g)  dengiz  bo‘yida  dam  oiish,  sport;
h)  qishki  sport  va  dam;
i)  davolanish,  sogMomlashtirish  m aqsadlari;
j)  diniy  maqsadlar,  ziyorat;
k)  yaqinlar  va  do‘stlar  bilan  uchrashuv.
Turli  m am lakat turistlari  u c h u n   m azk u r sabablar tu rlic h a   nisbiy 
k o ‘rsatkichga  ega.  Taajjubki,  tu ristla r  odatda  b itta  agen tlik n in g  
x izm atlaridan  foydaianadilar.  A gar  b irinch i  gal  u la r  to ‘langan 
m ablag‘ga  yarasha  sayohatdan,  k o ‘rsatilgan  xizm atlardan  qoniqish 
hosil  qiigan  b o ‘lsa,  keyin  h am   u lar  aynan  shu  agentlik  yoki  turizm  
kom paniyasiga  murojaat  etad ilar,  alb atta ,  agar  ko m paniya  turistik 
safar  yo‘nalishida  ularning  xohish-istaklarini  to ‘liq  q o n d ira  olsa. 
A ynan  shu   sababga  ko‘ra,  y irik   k o m p a n iy a la r  h a r  yiii  yangi 
yo‘nalishlarni ishlab chiqm oqdalar.  Bu yetarli darajada  m ijozlam ing 
doim iyligi  va  agentlikning  ularga  b iro rta  yangilik  ta k lif  qilishi, 
m ijozlarni  yo‘qotm aslik  istagi  b ilan  izohlanadi.  M asalan,  nem is 
m arketologlari turizm  m ahsulotiga b o ‘lgan talabni o ‘rganib,  m uhim  
xulosalarga  ham  keldilar.  Y a’ni,  n em is turistJari  o ‘zlarin ing   doim iy 
agentligiga murojaat etganda,  ular ayniqsa quyidagilarga e ’tibo r berar 
ekanlar:
a)  qayerga  sayohat  qilish  afzal  va  dam   olishni  q an d ay   tashkil 
etish m a ’qul, -  degan savolga jo ‘nli  m aslahat bera oladigan  malakali 
ekspertlarning  mavjudligi  —  68% ;
b)  agentlikning  manzili  —  51% ;
d)  firm a  ofisidagi  yoqimli  m u h it  —  51%;
e)  sifatli  xizm at  ko‘rsatish  —  46% ;
0   m aqbul  narxlar  -  42%;
g)  tak lif etilayotgan  xizm atlar  va  turlarning  ko‘pligi  —  42%
A m m o,  h ar qanday turist  h am  tu rizm   firmasining ishonchliligini 
birinchi o ‘ringa qo‘yadi. Turistlar beradigan a n ’anaviy savol:  «Turizm 
firm asi  ishonchlim i,  aldanm aslik  u c h u n   qayerga  m u ro jaat  etish 
kerak?».  Bu masala hammani tashvishga soladi.  D am  olishga  mablag‘
www.ziyouz.com kutubxonasi

yig‘ishning  m ashaqqati  ju d a   yuqori,  shu  sababli  tabiiyki,  odam lar 
sifatsiz  x izm at  k o ‘rsa tilish id a n ,  tu rizm d an  k utilgan  taassurot 
olm asligidan  doim o  xavotirda  b o ‘ladilar.
T urizm   sohasidagi  chigallashib  ketgan  m unosabatlarning asosiy 
subyekti  bo'lm ish  turist  uchu n   ham,  foyda  olishni  ko‘zlaydigan 
tash kilotchilar  uchun  ham   asosiy  maqsad  turistning  miriqib  dam 
olishi,  shuningdek,  bilim larini  orttirishidir.
Statistika  idoralari  bu  m aqsadlarni alohida b o lim g a ajratib,  unga 
quyidagilarni kiritadilar: bo‘sh  vaqt,  rekreatsiya, dam  olish  -  diqqatga 
s a z o v o r  jo y larn i  to m o sh a   q ilish ,  sport  va  m a d an iy   to m o sh a 
tadbirlariga borish va ularda  ishtirok etish, sport bilan  shug‘ullanish, 
piyoda  va alpinistik safarga  chiqish, sohilda dam  olish,  d o ‘konIarga 
borish  va  tovar  xarid  qilish,  q im o r  o‘yinlari,  harbiylar  uchun  dam 
olish  va  rekreatsiya,  m aktab  o ‘quvchilari  va  yoshlar  uchun  yozgi 
o ro m go hlar,  asal  oylari  va  boshqalar.
H ordiq chiqarish va d am  olish —  insonning tabiiy ehtiyoji bo‘lib, 
jism oniy  va  ruhiy  kuchini  tiklashga,  uzoq  vaqt  ishlash  oqibatida 
p aydo  b o ‘lgan  zo‘riqishdan  xalos  bo‘!ishga  yordam   beradi.  Odatda 
n orm al  ishlaydigan  kishi  b ir  yilda  bir  haftadan  besh  haftagacha 
(m asalan ,  Buyuk  Britaniyada)  dam   oladi.  Ba’zi  m am lakatlarda, 
m asalan,  Xitoyda ta ’tilning ijtimoiy-huquqiy instituti  ham ,  aksariyat 
m ahalliy xalq uchun turizm ning o ‘zi ham yo‘q.  M a’lum toifa kishilar, 
m a sa la n ,  ferm erlik  b ilan   sh u g ‘ullanuvchilar  u ch u n   dam   olish 
m aqsadlarida  haq  to la n a d ig a n   rejali  yillik  ta ’til  belgilanm agan. 
C hu nk i,  boshqa sabablarni b irc h e tg a  qo‘ysak, sigir fermerga ta ’tilga 
chiqish  im konini  berm aydi,  chunki  uni  har  kuni  sog‘ish  kerak. 
T urizm n ing  har bir  ishtirokchisi,  ya’ni  turist  o ‘zi  uch u n  jism oniy, 
m a ’naviy,  iqtisodiy,  siyosiy jih a td a n  va  im koniyatlari  doirasida eng 
q ulay  va  maqbul  bo‘lgan  dam   olish  turini  tanlaydi.
S og‘lom lshatirish  va  davolanish  maqsadlari  aham iyati  bo‘yicha 
ikkinchi  o ‘rinda  turadi:  k u ro rt,  pansionat,  sanatoriy,  davolash- 
so g io m lash tirish   m uassasalarida  dam  olish,  salom atlikka  foyda 
b o ‘ladigan  sayohatga  chiqish,  davolovchi  suvlardan  foydalanish, 
d av olash n ing   boshqa  tu rlari.  Aytish  joizki,  dam   olishning  o ‘zi 
salom atlikka ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi va shuning uchun dam  olishning 
b u n d ay   taqsim lanishi  shartlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

K eyingi  o 'r in d a   k asbiy-xizm at  m a q sa d la ri  tu rad i:  x iz m a t 
safaridagi  m utaxassislar,  masalan,  u sk u n alarni  yig'ish  va  o ‘rn atish  
uchun yuboriigan  xizm atchilar,  yig'ilish,  m ajlis,  anjum an,  kongress 
va  qurultoylarda,  savdo  yarmarkalari  va  k o ‘rgazm alarida  ishtirok 
etuvchilar,  korxona  xodimlari  uch u n  rag ‘batlantiruvchi  safarla r 
(insentiv tu rizm ),  m a’ruza va  k onsertlarda  qatnashuvchilar,  tu rizm  
safarlari  dasturlarini  tayyorlash  (rek lam a  tu rlari),  joylashtirish  va 
transport  xizm atlarini  ko‘rsatish  b o ky ic h a  shartno m alar tuzish,  gid 
vazifasida va turizm  sohasidagi boshqa kasblarda  ishlash,  professional 
sport  tadbiriarida  ishtirok  etish,  pullik  t a ’lim ,  o ‘quv  va  ta d q iq o t 
faoliyati,  qarindosh  va  do‘stlarnikiga  m eh m o n g a  borish,  v atan in i 
z iy o ra t  q ilish ,  d a fn   m a ro sim la rid a   q a tn a s h is h ,  n o g iro n la rn i 
parvarishlash, diniy maqsaddagi ziyorat safari va diniy m arosim larda 
ishtirok  etish.
Boshqa  m aqsadlar:  yo‘lovchi,  h av o   va  suv  kem alari  ekipaji 
faoliyati, tranzit safarlar va boshqalar.  M azk u r maqsadlarga erishilsa, 
turizm dan  ko‘zlangan  maqsad,  ya’ni  foyda  olish  uchun  im koniyat 
tug‘iladi.  T urizm   xizm atlarini  tashkil  etish  va  ko‘rsatish  b orasida 
bajarilgan  m ashaqqatli  m ehnat  o ‘zini  oqlaydi.
Turli  m am lakatlar turizm ning  qaysi  tu ri  ko‘proq  rivojlanganiga 
qarab  u  yoki  bu  toifaga  kiritiladi,  ular statistik ad a  ko‘rsatiladi  yoki 
ko‘rsatilmaydi.  M asalan,  Sankt-Peterburgda yirik port shahri sifatida 
dengiz safari  turizm i  muhim  o ‘rin tu ta d i  (dengiz turistlarining so n i 
mavsum  va  m intaqadagi  vaziyatga  q arab   150—250  ming  atrofida). 
X alqaro  tu rizm n in g   barcha  q o n u n la rig a  k o ‘ra  dengiz  tu ristlari 
ekskursantlartoifasiga kiritilsa-da,  ular tu rist sifatida hisobga olinadi 
va  statistik  hisobotda  alohida  b o lim g a   ajratiladi.  Bir  kunda  21  

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling