2.4 Xorijiy turistni mehmonxonada ro’yxatga olish tartibi
Turist mehmonxonamizga tashrif buyurgandan so’ng mehmonxonamiz administratori uni ro’yxatdan o’tkazadi, ya’ni registratsiya qiladi. Bizning mehmonxonada ro’yxatga olish tartibi quyidagicha:
Mehmonxonamizda Xorijiy turistlar uchun registratsiya daftari va mahalliy aholi uchun alohida registratsiya daftari mavjud bo’lib, avvalo shu daftarga kelgan turistlarni ro’yxatdan o’tkazadi. Unda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
registratsiya nomeri;
turistning mehmonxonaga kelgan kuni;
ismi-sharifi;
passport seriyasi (fuqaroligi), qaysi mamlakatdan tashrif buyurgani;
viza nomeri va muddati, tipi, qachon berilganligi;
turadigan xonasi nomeri;
qaysi maqsadda tashrif buyurganligi
qaysi firma nomidan tashrif buyurganligi
viza muddati, mehmonxonada qolish muddati(kirish va chiqish sanasi).
Registratsiya kartochkasi.
Unda mehmon haqidagi quyidagi ma’lumotlar bo’ladi:
registratsiya nomeri (registration №);
ismi-sharifi (name);
O’zbekistonga kirgan kuni (entrance day);
mehmonxonaga kelgan kuni (arrival day);
mehmonxonadan chiqib ketish kuni (departure);
passport seriyasi (passport);
administrator imzosi (signature).
Sayyohlarga va mehmonxonalarga qulaylik yaratish maqsadida O’zbekturizm qo’mitasi tomonidan “emehmon.uz” sayti yaratilgan. Bunda mehmonxonaga tashrif buyurgan sayyohlarni online tarzida registratsiya qilinadi. Bunda uning ism-sharifi , millati, passport seriyasi va qayerdan olganligi tug’ilgan yili kiritilgan. Qo’shimcha ma’lumot sifatida tashrifdan maqsadi, mehmonxonada qaysi xonada joylashganligi, necha kun turishi ham yozilgan bo’ladi.
“E-mehmon” elektron ro’yxatga olish dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: |