200 mln AQSH dollari foyda ko`radi. Kosta - Rika, turistlar qabul qilish
bo`yicha yetakchi bo`lgan mamlakat, har yili turizm tashtiflari soni 781 ming ta
ortadi. Mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlarning 66%i QQTHda sayohat
qiladilar. Gondurasda har yili turistlardan keladigan daromad yiliga 13-15%
gacha o`sadi. Keniyada 1983– 1993 - yillar oralig`ida turistlar soni 45% ga
o`sdi. Mamlakatga tashrif buyuruvchi 80% dan ortiq sayyoh tabiiy turistik
resurslarga qiziqish bildirgan.
Ma`lumki, turmahsulot istemolchisining marketing profilini aniqlashda
uning turni tanlashdagi psixologik, xulq- atvor va motivatsion aspektlari
xususiyatlarini namoyon etish zarur. Bu tur firmalarga marketing strategiyasining
5 asosi (tovar, narx, joy, olg`a surish, omma bilan aloqa) ni belgilab olishga
imkon
yaratadi.
Xalqaro turist marketing profilini yaratish Xalqaro Ekoturizm Jamiyati (TIES)
buyurtmasiga asosan Amerika konsalting firmasi ―HLA & ARA‖ tomonidan olib
borilgan.
25
1.2.1 -chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |