Turizm resurslarining mohiyati

Download 55.29 Kb.
bet2/7
Sana31.03.2023
Hajmi55.29 Kb.
#1311195
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm resurslarining mohiyati.

Mutaxassislar turistik resurslarga quyidagicha ta’rif berishgan: turistik resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa obyektlar bo’lib, turistlarni sayohatga qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga qodir bo’lgan obyektlardir. Turizm sohasining resurslari – turizm maqsadlarida va turizm jarayonida insonning ehtiyojini qondirishga qodir tabiiy-iqlim, ijtimoiy - madaniy, tarixiy, me’moriy, ilmiy va xizmat ko’rsatishga doir, tomosha qilinuvchi obyektlar yoki hodisalar to’plamidan iborat.

Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, ular turistik mahsulot shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari, turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: tabiiy va infratuzilmali. Turistik biznesning rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhning ham ahamiyati katta. Har qanday yuqori turistik resurs salohiyatidan, kommunikatsiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi. Mavjud turistik resurslar majmuasini tabiiy - iqlimiy, madaniy - tarixiy, ijtimoiy - iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo’lish mumkin.

Turistik resurslar dinamik, ya’ni o’zgarib turuvchi sotsial iqtisodiy jarayon bo’lib hisoblanadi, shu sababli turizm tashkilotchilari tomonidan o’tkaziladigan islohotlar unga yangi sifat o’zgarishlarini taqdim etadi, natijada yangi turdagi turistik faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyatlari tug’iladi. Dam olishning yangi turlarining paydo bo’lishi barcha yangi turistik resurslarni jalb qilishga olib keladi.

Download 55.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling