Turizm resurslarining mohiyati

Turizm resurslarining guruhlanishi

Download 55.29 Kb.
bet4/7
Sana31.03.2023
Hajmi55.29 Kb.
#1311195
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm resurslarining mohiyati.

2. Turizm resurslarining guruhlanishi

2. Turizm resurslarining guruhlanishi

1. Tabiiy turistik resurslar. Tabiiy turistik resurslarning asosiy ahamiyati shundan iboratki, ular insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo’lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv obyektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o’zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko’ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etish talab qilinadi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat majmualarini olish mumkin.

Barcha tabiiy resurslarga rekreatsiya yoki turistik salohiyat nuqtayi nazardan qarash lozim bo’ladi. Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo’lib, u ikki yoqlama xususiyatga ega, birinchi xususiyatiga ko’ra – tabiiy kelib chiqishi va ikkinchi xususiyati esa – turizm uchun iqtisodiy ahamiyatga egaligi bilan bog’liq. Tabiiy resurslar quyidagi xususiyatlariga ko’ra guruhlanadi.

Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreatsiya resurslari egallaydi va ular mamlakat aholisini hamda turistlarning dam olishi va davolanishi uchun xizmat qiladi. ―Rekreatsiya‖ tushunchasining turli talqinlarini tahlil qilish natijasida, uni uydan tashqarida, masalan, tabiatda, turistik sayohatlarda, sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish muassasalarida dam olish yo’li bilan sog’liqni va ishchi kuchini tiklash deb tushunishimiz mumkin.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling