Turizm sohasida transport taʼminoti tizimi Reja


Tashishning yer ustida olib yurish turlari bo‘yicha


Download 29.6 Kb.
bet2/10
Sana07.05.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1436840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tirizmda transport taʼminoti tizimi

Tashishning yer ustida olib yurish turlari bo‘yicha:

  • insoning jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan tashishlar va harakatlanishlar (piyoda, chang‘ida, velosipedda, rikshalar);

  • hayvonlar yordamida (ulovli, tuyada, otda, itlarda);

  • mexanik vositalar bilan kanatli yo‘llar;

  • avtomobil transportida (g‘ildirakli, zanjirli);

  • relsli transport-temir yo‘llar, metro, tramvay;

  • havo bolishli transport vositalari.

Havo orqali tashish turlari:

  • havo sharlari va dirijabllar, deltaplanlar, parashyutlar;

  • vertalyotlar;

  • kichik aviatsiya samolyotlari, gidrosamolyotlar, keng fyuzelyajli samolyotlar, tovushdan tez uchar laynerlar;

  • kosmik apparatlar.

Dengiz va daryo suvlari orqali tashish transportlari:

  • sol va qayiqlar;

  • elkanli kemalar;

  • kichik mexanik kuchga ega flot qayiqlari;

  • dengiz va daryo kemalari;

  • havo bolishli kemalar;

  • suv osti kemalar.




















1-rasm. Turizm maqsadlari uchun foydalaniladigan transport vositalarining turlari



  1. Turizm sohasida transport vositalari

Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni-tashish xizmatlarini ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni amalga oshiradi. Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish, turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmui, deb ta’riflanadi. Transport xizmatlari ko‘rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan; 2) mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan bo‘ladi. Xalqaro turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari ko‘rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e’tibor berish lozim. Sayohatlar sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish me’yorlari va qoidalarini muttasil takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash transport xizmatlari ko‘rsatishning eng muhim masalasi bo‘lib, u harakatlanadigan tarkibdan foydalanish qoidalariga rioya qilishni, transport vositalarining harakatini ta’minlovchi turli xizmatlar professional tarzda va uyushqoqlik bilan ishlashini, yo‘lovchilar ham xulq-atvor qoidalariga rioya qilishini, ekologik toza transport turlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Turistlarning uyushgan guruhlarini tashish marshrutlar ishlab chiqish, chiptalarni buyurtma qilish, transportda joylashtirish, tur dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun turistik firmalar transport kompaniyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishiga to‘g‘ri keladi.



Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling