Turizm sohasida yosh tadbirkorlarni ish faoliyati


Download 0.51 Mb.
Sana14.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1356928
Bog'liq
Turizm


TURIZM SOHASIDA YOSH TADBIRKORLARNI ISH FAOLIYATI
TURIZM NIMA? - жисмоний шахснинг вақтинча бўлиш мамлакатидаги (жойидаги) манбалардан даромад олиш билан боғлиқ бўлган фаолият билан шуғулланмаган ҳолда доимий яшаш жойидан жўнаб кетиши (саёҳат қилиши); Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga joʻnatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan. Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar). Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarqand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
Turizm turlari: Madaniy turizm, Etnikturizm, Ekoturizm, Sport turizm, Ziyorat turizm, Gastronomik turizm, tibbiy turizm va hokazolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu turizm turlardidan O’zbekistonga nisbatan ko’piroq Madaniy turizm, Ziyorat turizmi va Gastronomik turizmlarni turlari mos keladi, nimaga deganda  O‘zbekiston o‘zining boy madaniy va tarixiy merosi, betakror meʼmorchiligi va sanʼatiga ega. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Urganch, Termiz, Qoraqalpog‘istonning qadimiy tarixiy obidalari O‘zbekistondagi tarixiy va maʼrifiy turizmning asosiy poydevori hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda 7000 dan ortiq madaniy meros obyekti mavjud va ularning aksariyati YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Xivaning tarixiy markazlari – bu O‘zbekistonning jahon sayyohlik bozoridagi ulkan salohiyatidan dalolat beradi. O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixini his qilish va yangi madaniyatni kashf etishning eng yaxshi usullaridan biri bu mamlakatimizning barcha mintaqalarida joylashgan turli xil muzeylarga tashrif buyurishdir. Mamlakatimizda 400 dan ortiq turli xil muzeylar mavjud bo‘lib, shulardan 155 tasi davlatga tegishli. Ularning asosiy yo‘nalishi – tarix, o‘lkashunoslik, tasviriy va amaliy sanʼat, shuningdek taniqli madaniyat va sanʼat arboblarining memorial uy-muzeylari. Mamlakatdagi eng taniqli, yirik va ahamiyatli muzeylar qatoriga O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat amaliy sanʼat muzeyi, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi va boshqalarni kiritish mumkin. Gastronomiya – bu O‘zbekistonni sevish uchun yana bir sabab. Mamlakatimizga kelganingizda siz har qanday ekskursiyani rad qilishingiz mumkin, lekin hech qachon ovqatni rad eta olmaysiz. Ayniqsa bu yerning havosi aeroportdan boshlab mazali taomlarning xushbo‘y hidi bilan to‘yingan.
O’zbek taomlari haqida 7 ta fakt
✅Eng mazali non O‘zbekistonda.
✅Ko‘pgina o‘zbek taomlari ochiq olovda (o‘choqda) pishiriladi.
✅O‘zbekistonda yog‘li va yuqori kaloriyali taomlarni isteʼmol qilish odat tusiga kirgan.
✅Ovqatdan so‘ng o‘zbeklar issiq choy ichishadi.
✅O‘zbeklar qo‘y go‘shti, mol go‘shti va ot go‘shtini (ot go‘shtidan kolbasa – qazi) isteʼmol qiladilar.
✅O‘zbekistonda mehmonlarni xushbo‘y choy bilan va nonni sindirib, kutib olishadi, mazali palov bilan esa kuzatishadi.
✅Maxsus choy marosimi.
Yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda O’zbekiston turizm uchun juda qulay mamlakat hisoblanadi. O’zbekistondagi turistik shaharlarga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo’qon va yana bir qancha shaharlarni misol qilib ko’rsatsak bo’ladi.
Samarqand – Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar. Samarqandning madaniy merosi juda katta. Аsrlar davomida bu shahar Buyuk Ipak yo'lining asosiy markazi bo'lib kelgan. XXI asr boshlarida shahar YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!

Samarqand shahridagi Registon maydoni O’rta Osiyodagi shaharsozlik san’atining yorqin namunalaridan biridir.
Maydonning nomi - "Registon" "qum maydoni, qumli joy" deb tarjima qilinadi. Darhaqiqat, serhosil vohaning markazi bo’lgan Samarqand shahridagi ushbu maydonning nomiga ta’rif bera oladigan, yana bir talqinda aytilishicha, o’rta asrlarda Movaraunnahrdagi barcha shaharlarda markaziy maydonlar Registon deb nomlangan, bu Sharqdagi shaharlarning ma’muriy va savdo-hunarmandchilik markazlari bo’lgan. Amir Temur hukmronligi davrida (1370-1405 y.) Registon - asosiy savdo maydoni sifatida xizmat qiladi. Ulug’bek davriga kelibgina, u rasmiy marosimlar o’tkaziladigan mahobatli joy maqomini oladi.
XV asr o‘rtalarida Samarqandda Amir Temurnning nabirasi Mirzo Ulug‘bek (1409-1449) hokimiyat tepasiga keldi, u nafaqat Temuriylar sulolasining vakili, balki yirik olim va astronom sifatida ham dunyoga tanildi. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va G‘ijduvonda o‘quv muassasalarini faol qurishga aynan Ulug‘bek bosh bo‘lgan . Samarqand shahridagi Ulug‘bek madrasasi sharqning islom oliy o‘quv yurtlarining mumtoz namunasidir.

Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Badiiy jihatdan u Temur qurdirgan binolardan kam emas edi va shu bilan birga mustahkamligi jihatidan ulardan ancha ustun turardi.
Dastlab madrasa 50 ta hujradan iborat bo‘lib, unda yiliga yuzdan ortiq talabalar tahsil olishgan. Tarixchilar aytishiga ko‘ra Ulug‘bekning o‘zi madrasada dars bergan. Taniqli fors shoiri Jomiy bu yerda yashab, ijod qilgan. Jomiyning tinglovchilari orasida eng mashhur Naqshbandiya tariqati namoyondalaridan shayx Xoja Ahror Vali va buyuk shoir Alisher Navoiy bor edi. Bino 2 qavatli bo‘lgan, burchak darsxonalar ustida to‘rtta baland gumbaz, burchaklarda esa to‘rtta minoralar bo‘lgan. Asosiy fasadning uchdan ikki qismini egallagan bahaybat peshtoq ulkan va chuqur nayzasimon arkali bo‘lib maydonga qarab turadi. O‘tgan asr oxirida Ulug‘bekning yubileyi munosabati bilan madrasada ta’mirlash-restavratsiya ishlari boshlanib ketdi. Loyiha madrasaning 2-qavatini tiklab, me’moriy keramika va zamonaviy qurilish materiallarini ishlatgan holda janubiy-g‘arbiy devorlarini tiklanishini nazarda tutardi. Bugungi kunda Ulug‘bek madrasasi Registonning noyob uchta gavharidan biri bo‘lib, Samarqand tarixiy markazining bebaho bezagi hisoblanadi.
Yuqoridagi faktlarni inobatga oladigan bo’lsak O’zbekiston turizm uchun juda qulay hisoblanadi. Shuning uchun Prezitentimiz aytganlaridek yosh tadbirkorlarni turizm sohasini rivojlantirish va turizm firmalar ochishga chaqirdi. Va buning uchun bir qancha imtiyozlar yaratib berilmoqda. Joriy yil 19- fevraldagi ТУРИЗМ, МАДАНИЙ МЕРОС ВА СПОРТ СОҲАЛАРИДА ДАВЛАТ БОШҚАРУВИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ДОИР ТАШКИЛИЙ ЧОРА-ТАДБИРЛАР ТЎҒРИСИДА farmoni bunga yorqin misol bo’la oladi. Unga ko’ra Turizm va sport vazirligi negizida Туризм ва маданий мерос вазирлиги; hamda Спортни ривожлантириш вазирлиги; tashkel etildi.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling