Turizm sohasini rivojlantirishda o’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati


Download 33.79 Kb.
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi33.79 Kb.
#206162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Turizm sohasini rivojlantirishda O’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati

Toshkent


Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro’yxatiga kiritilgan Usmon Qur‘oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda.Toshkent haqidagi eng dastlabki ma‘lumotlar eramizdan oddingi II- asrdagi qadimgi Xitoy solnomalarida uchraydi. Xitoyda u Yuni, deb nomlangan bo’lsa, Eron shohi Shopur I ning eramizdan oldingi yozuvlarida Toshkent atroflari Choch, deb atalgan. Choch turli mamlakatlarning oltin, qimmatbaho toshlar, ziravorlar va ajoyib otlar eksport qilinadigan yo’llar chorrahasida joylashgan. Hozirgi kunda Toshkent o’zida

O’zbekistonning tarixiy o’tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamonaviy sanoat shahri hisoblanadi.

Toshkentda ko’plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san‘at muzeyi haykallar, rasmlar va hunarmandchilik mahsulotlarining Markaziy Osiyodagi eng yirik to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy san‘at muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik va xalq milliy merosi namunalarini to’plagan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi butun Temuriylar davri tarixi namunalarini o’zida jamlagan muzeydir.

Tarixiy Eski Juva – shaharning eng qadimiy bozorlaridan biri, unda hozir ham oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib sanoat mahsulotlarigacha barchasini topish mumkin. Eski shaharning markazida XVI-asrning ajoyib yodgorligi-Baroqxon madrasasi joylashgan. MDH mamlakatlarining ruhoniylari ta‘lim oladigan Islom Universiteti ham shu yerda joylashgan. Bulardan tashqari, 1966-yil zilzilasidan Yunusxon maqbarasi, Ko’kaldosh madrasasi kabi ajoyib yodgorliklar omon qolgan. Toshkent metrosi jahonning zamonaviy arxitektura durdonalaridan biri bo’lib hisoblanadi.



Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling