«Turizmda innovatsion faoliyat» fanining maqsad va vazifalari
Download 0.81 Mb.
|
2-mavzu 1 2 reja
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, “Innovatsiya, bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”. Mamlakatimizda innovatsiya sohasiga katta e'tibor berila boshlandi, bunga misol sifatida innovatsion sohaga oid ko‘plab qonun, qaror hamda farmoyishlar ishlab chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida Innovatsiya vazirligi tashkil qilindi, ushbu vazirlik innovatsiya g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda barcha sohalarda qo‘llashni o‘zining asosiy maqsadi sifatida belgilangan.
Innovatsiya vazirligi barcha tarmoqlardagi g‘oyalarni biriktirish uchun har yili tanlov va forumlar o‘tkazib kelayapti. Bu esa innovatsion g‘oyasi bor insonlar uchun ayni muddao hisoblanadi. Bunda kichik tadbirkorlikda innovatsiya g‘oyalar tatbiq etish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Innovatsiyalar iqtisodiyotga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ularni qo‘llash kengligini o‘lchash mumkin emas.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling