Turizmda innovatsion jarayonlar
Download 66.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqturizmda-innovatsion-jarayonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 Page 61 TURIZMDA INNOVATSION JARAYONLAR Omonov Sh. SamISI Turizm kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada turizm sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va unda innovatsion jarayonlari imkoniyatlari bo’yicha muallif tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: turizm, iqtisodiyot, innovatsion jarayonlar, innovatsion texnologiyalar. Mamlakatimizda turizm sohasi yildan-yilga rivojlanib, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Ushbu holatlarda turizm sohasini rivojlantirish, uning imkoniyatlarini to’la namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Turizm va innovatsiyalar – bir qaraganda zid tushunchalar. Turizm – bu dam olish, sayohat, taassurot, tarix degani. Innovatsiyalar esa, texnologiyalar, sanoat industriyasi, IT-tarmoqqa yaqin tushuncha. Bu ikkisini qanday uyg‘unlashtirish mumkin va u nimaga olib keladi? Turizm deganda xarakteri, tajribasi, sayohatga nima undaganiga qaramay, aksariyat odamlar uchun bu tushuncha yaxshi kayfiyat, ta’til, romantikaga boy yo‘l, dengiz, quyosh, tog‘lar, mazali taomlar, tarix, havoda uchish, sarguzashtlar bilan bog‘liqdir. Innovatsiyalar esa bu so‘zni eshitganimizda xayolimizga nima keladi? G‘oyalar, texnologiyalar tatbig‘i, sanoat kashfiyotlari, infratuzilma, jadal taraqqiyot, mehnat unumdorligi, ilm-fan, modernizatsiya, dizayn, servis, o‘zgarishlar, ratsionallik. Bu ikki “assotsiatsiyalar buluti”ni birlashtirishga urinib ko‘ramiz. Tarix va modernizatsiya. Mehnat unumdorligi va ta’til. Sarguzashtlar va ratsionallik. Yakunida xaridorgir sayyohlik mahsuloti chiqishi uchun ularni qanday juftlash mumkin? Global bozorda tovarlar va xizmatlar mijoz istagiga asoslanishiga qaramay, turizmda boshlang‘ich nuqta – bu doimo mahsulot va uning imkoniyatlaridir. Axir turizm – bu ishlab chiqarish emas, bu sohada hatto talab darajasida moliyaviy va ma’muriy ta’sirga ega bo‘linsa ham, texnologik jo‘shqinlikni amalga oshirib bo‘lmaydi. Kerakli texnologiyalar va kadrlarni “quloqlaridan tortib” ham keltirishning iloji yo‘q. Turizmda sayyohlik yo‘nalishiga tabiiy omillardan, geografik va ob-havo sharoitlaridan, tarixdan, madaniy merosdan kelib chiqish kerak. Ularni bilib ishlatish, turli-tuman xizmatlar kombinatsiyasi, yangi mahsulotni yaratish – mana shu tarmoq o‘sishi va rivojlanishining salohiyatidir. Albatta, katta investitsiyalar va yuksak texnologiyalar hisobiga qurilgan istisnolar bor, masalan, Dubaydagi Emirates Mall da barpo etilgan tog‘ chang‘isi JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 Page 62 trassasi. Ammo u aynan ruhlantirish uchun ham mustasno bo‘lib, izchillik bilan, o‘ylab o‘z mahsulotini yaratishga chaqiradi. Qolaversa, yirik infratuzilmaviy loyihalarni hisobga olmaganda, turizm – bu kichik biznes. Ko‘p hollarda hatto biznes ham emas, balki ayrim olingan odamlar – gidlar, mehmon uylari sohiblari, hunarmandlar, musavvirlar, musiqachilarning faoliyati, xobbisidir. O‘zbekiston ajoyib iqlim, tabiatga, boy tarixga ega, Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgan. Shularning o‘zi, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmasa ham, O‘zbekistonning turistik yo‘nalish sifatida raqobatbardoshligi uchun yetarlimi? Masalan, Misr ehromlari shu holicha, millionlab sayyohlarni jalb qiladi. Ammo Misrda dengiz bor va sayyohlar ta’tilni ikki qismga bo‘ladilar – tarixiy sayohat va plyajdagi hordiq chiqarish. Bu hol Gretsiyada, Turkiyada, Hindiston, Tailand, Ispaniya, Vetnam, Isroilda ham ish beradi. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat mazmuni qanchalik jiddiy – tarixiymi, me’moriymi, diniymi yo etnikmi – bo‘lmasin, aslo unutmaslik kerakki, umuman olganda turizm ko‘ngil ochish industriyasiga mansub bo‘ladi. Odamlar unga o‘z ta’tillarini sarflaydilar, byudjetni shunga qarab hisoblaydilar. Ta’tildan taassurot – pirovardida qoladigani shu bo‘ladi. Shu sababli, dengiz yo‘q joyda o‘z mehmonlari hissiyotlarini alohida izchillik bilan rejalashtirish kerak. Buxoroning jazirama oftobi ostida yoki Xorazmning suyaklardan o‘tib ketuvchi izg‘irinida obidadan-obidaga charchatib qo‘yuvchi sayrlar otelerlar, restoratorlar, transportchilar, yo‘nalish mualliflari va sayyohlik mahsulotining boshqa ishtirokchilari charchagan sayyohning ko‘nglini ko‘tarish va ertangi kunga tayyorlash uchun qulaylik va kashfiyotchilik ko‘rsatishlari bilan kompensatsiyalanishi kerak. Shunda O‘zbekistonga yana qaytish istagi tug‘ilsa ham ajab emas. Turlarni tashkil qiluvchilar va innovatsiyalarga ehtiyoj sezuvchilar safiga e-visa.gov.uz interfeysi yaratuvchilari, chegarachilar, shaharsozlar, shaharlardagi va ular o‘rtasidagi navigatsiyaga mas’ullar, sayyohlik va turizmga yondosh servislar ko‘rsatuvchilar ham qo‘shiladi. Nimaning hisobiga texnologiya o‘zgaradi, mahsulot yaxshilanadi, raqobatbardoshlik o‘sadi? Turizm sohasidagi innovatsiyalar bir-biridan nimasi bilan farqlanishi mumkin? Ko‘lami. Innovatsiya butun tarmoq, alohida korxona, mamlakat, shahar, yangi sayyohlik mahsuloti yaratish yoki borini o‘zgartirish, sayyohlik ob’ekti miqyosida joriy etilishi mumkin. Joriy etish sohasi. Qidiruv va sayyohlarga yordam beruvchi boshqa ilovalarda, odamlarni boshqarish va ularni ish bilan ta’minlashda. Bunga yengil mikrokreditlash va xususiylik shakli bilan qo‘llab-quvvatlanuvchi mehmon uylarini ochish, texnik servis sohasi, masalan aeroportda onlayn-ro‘yxatga olish kiradi. Yuzaga kelish tezligi. Strategik innovatsiyalar asta-sekin tatbiq etiladi (transport kommunikatsiyalari rivoji). Reaktiv innovatsiyalar tatbig‘i jadal kechadi (sayyohlar yo‘llovchi mamlakat uchun vizaning bekor qilinishi). JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 Page 63 Rivojlanish salohiyati. Elektron viza kabi keskin o‘zgarishlardan, mavjud tizimning ayrim qismlarini yaxshilashgacha (masalan, sayyohlik markazlaridagi bankomatlar). Sayyohlarni jalb qilish, lekin bu bilan nozik mahalliy ekotizim (ob’ektlar, mahalliy aholi an’analari, ekologiya, tabiiylik saqlanishi)ni buzib yubormaslik uchun mamlakatda qaysi darajada va sayyohlik mahsulotilarning qaysi tarkibida o‘sishga erishish kerak? Bunda mayoq vazifasini barqaror turizm rivojlanishi konsepsiyasi o‘ynashi lozim. Kadrlar siyosati deganda mutaxassislarning yangi profillari (turlar rejissyorlari) va professional talablar (tur-konsalting) ni tatbiq etish, malakani oshirish tizimi, xodimlarni qayta tayyorlash va motivatsiyalash ko‘zda tutiladi. Moliyaviy faoliyatning ratsionalizatsiyasi tashkilot maqomi va rivojlanishining barqaroligini ta’mnlovchi zamonaviy hisob va hisobdorlik shakllarini tatbiq etishni nazarda tutadi. Boshqaruvdagi innovatsiya ko‘pincha jarayon innovatsiyalari bilan kombinatsiyalanadi. Marketing innovatsiyasi – bu sayyohlik mahsulotindagi narx shakllanishi, taklif, ilgarilatilish, to‘lovga yondashuvlarning yaxshilanishidir. Bu innovatsiyalar maqsadli auditoriyaning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini qamrab oladi va yangi iste’molchilarni jalb qiladi. Masalan, aviakompaniyalar va mehmonxonalarning doimiy mijozlari uchun imtiyozli narx shakllanishi yoki Turkiyadagi kabi, “barchasi ichida” sotuv tizimi bunga misol bo‘ladi. Biznes-model innovatsiyasi – bu biznesning iste’molchi uchun qimmatini oshirish maqsadida biznes yuritishning yangi usullaridir. Masalan, mehmonxonalarda mijozlar bazalari va ma’lumotlar banklarini yaratish, bu xizmat ko‘rsatishga individual yondashuv imkoniyatini beradi. Yoki, tashishlarni optimizatsiyalash uchun, milliy aviakompaniyaning jahon alyansiga qo‘shilishi. Rossiyadagi yangi biznes-model – yo‘nalishlar, sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlarini Transport kliring palatasi orqali sotishda sayyohlik xizmatlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar tizimi. Logistikadagi innovatsiya – (jumladan, sayyohlarni) ta’minlash, taqsimlash, yetkazish tizimlari va zanjirlaridagi yangi yechimlar. Masalan, aeroport xablari – yagona bog‘lab turuvchi aviatransport tuguni orqali harakatlanishning mutlaqo yangi konsepsiyasi. Aviachiaptalarni izlash servislarini ham shularga qo‘shish mumkin. O‘zbekistonda, asosiy sayyohlik yo‘nalishi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva ekanligini inobatga olgan holda, sayyohlik avtotransporti sohiblari o‘zlarining bo‘sh qatnovlarini kiritishlari mumkin bo‘lgan ochiq onlayn-tizim innovatsion mahsulot bo‘lishi mumkin. Bo‘sh qatnovlar sayyohlar shahardan-shaharga yer usti transportida borib, qaytishda samolyotda (yoki tez yurar poezdda) kelganlarida ro‘y beradi. Ammo aviachiptalar va “Afrosiyob” poezdlariga chiptalar qimmat, mavsumda joy topish ham muammo. Kamchiqim sayohatni afzal ko‘radiganlar uchun Xivadan Buxoroga JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 Page 64 uyiga qaytayotgan avtobusda yarim narxiga yetib olish ma’qul bo‘lishi mumkin. Natijada bu ham kamxarj yo‘lovchi sayohatining qiymatiga, ham avtobusning asosiy buyurtmachisi cho‘ntagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatardi. Axir bo‘sh qatnash uning yo‘nalishi narxiga chaqib yuborilgan bo‘lardi-da. Resurs innovatsiyalari – turizmni tashkil qilish va yangi yo‘nalishlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish uchun yangi turdagi resurslardan foydalanishdir. Sayyohlik tarmog‘i o‘z iqtisodiyotiga yangi resurslarni faol qo‘shib boradi va ularni yangi takliflar yaratish uchun ishlatadi. Masalan, dinozavrlar qoldiqlarining qazilmasi arxeologik izlanishlarni tomosha qilish imkonini beruvchi paleontologik muzeylar va yo‘nalishlarga ega AQShdagi Daynosor sayyohlik parki ochilishiga zamin bo‘ldi. Yana bir misol – Avstraliyaning Kuber-Pedi shaxtyorlar shaharchasidagi opal qazib chiqarish konlari. Evenkiyada Tungus meteoriti tushishiga bag‘ishlangan ochiq osmon ostida muzey tashkil etilgan va o‘tgan asrning 20- yillarida ilk tadqiqotchi Vanavar posyolkasidan kosmik jism qulagan joygacha botqoqlar va tayga orqali bosib o‘tgan yo‘l bo‘ylab “Leonid Kulik so‘qmog‘i” yo‘nalishi tuzilgan. Konseptual innovatsiyalar – bu yangi turizm konsepsiyalarini, turistik xizmatlarni yaratish va ularni xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarida, arxitektura- muhandislik va texnologik yechimlarda amalga oshirishdir. Masalan, shimoliy mamlakatlarda muzdan mehmonxonalar va restoranlar qurilishi (Shvetsiyadagi mashhur Ice Hotel), Las-Vegasdagi mavzuiy mehmonxona-kazinolar (masalan, “Ekskalibur” – ritsarlik musobaqalari o‘tkaziladigan O‘rta asrlar qal’asi). “Tamaddunlar turizmi”ni ham shu toifaga kiritish mumkin – ular ixtisoslashgan turizmning yangi ilmtalab shaklidir. Tamaddun turizmi tamaddunlar mohiyati, tarixi, madaniyati, ekologiyasi, hayot tarzi, ularning muloqoti va hamkorligi haqida to‘liq tasavvur beradi. Masalan – turk tamadduni izlari, Temuriylar va Boburiylar sulolasi bosgan yo‘llar bo‘ylab turlar (aftidan, ishlab chiqilgan va sotishga yaroqli holatda ular mavjud emas). Bir turda avvalda uyg‘unlashtirib bo‘lmaydigan maqom va geografik joylashuvga ega nuqtalarni birlashtirish (Turkiya va O‘rta Osiyo mamlakatlari, O‘zbekiston va Shimoliy Hindiston) – mutlaqo noyob taklifdir. U yangi bilimlarga va tajribaga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi, bu zamonaviy sayyohlar uchun xarakterlidir. Marketing innovatsiyalardan konseptual innovatsiyalar ilmtalabligi bilangina ajralib turadi. Institutsional innovatsiyalar turizmda, shuningdek yondosh tarmoqlarda yangi qoidalar va tartibga solish tizimlarini shakllantiradi. Ular ma’muriyat, xususiy tarmoq va sayyohlik joylaridagi jamoatchilik o‘rtasida hamkorlikning yangi tizimlari va shakllarini yaratadi. Masalan, 30 kungacha vizasiz rejimga kiruvchi mamlakatlar sonini oshirish turoperatorlarni ushbu mamlakatlardan O‘zbekiston hududiga keluvchi sayyohlarning qator xatti-harakatlari yuzasidan zimmalaridagi mas’uliyatdan xalos qildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni). JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 Page 65 Faqat mijozlar kutilmalari qanday shakllanishi, ularning qoniqishi va qadriyatlarini tushinishga asoslangan takliflargina talabga ega bo‘lishi mumkin. Innovatsiyalar ham shundan kelib chiqib loyihalashtirilishi kerak. Bunda asosiy so‘z – marketing. Har doim, har joyda yangicha yechimlar va yangiliklar mavjud bo‘lishi lozim. Sayyohlik xizmatlariga talab taklifni shakllantiradi. Sayyohlar sayyohlik mahsulotini yaratishda faol qatnashibgina qolmay, o‘z sayyohlik mahsulotlarini ham yaratadilar (mustaqil sayohat). Marketolog sifatida, muallif turizmdagi innovatsion yo‘nalilarni belgilashda marketingning rolini ko‘rsatib o‘tishni istagan bo‘lardi. Turizmda tadqiqotlar o‘tkazishda marketologlar odatda sayyohlar segmentlari qanday ekanligi yoki nimalar qilishlarini solishtiradilar. Aslida esa, ular nimani istashlarini o‘rganish kerak. Aynan mana shu axborot, ayniqsa bizning agro-turizm va eko-turizm kabi yo‘nalishlarimizda, sayyohlik biznesi rivoji uchun alohida ahamiyatli bo‘lardi. “O‘rtacha tortilgan” iste’molchi uchun ishlab chiqilgan strategiyalar, ko‘pincha, jozibasiz mahsulotlarga, noreal narxlarga va ish bermaydigan reklama xabarlariga sabab bo‘ladi. Masalan, qaerdadir tog‘lar orasida yoki Chorvoq suv omborida ham Toshkent aholisini, ham xorijiy sayyohlarni birdek jalb qiladigan mehmonxona majmuasini qurish qiyin bo‘lardi. Ayniqsa, O‘zbekistonga asosan tarixga qiziquvchi va yuqori qulaylikni afzal ko‘ruvchi keksalar tashrif buyurishini hisobga olsak. Yana ham qiyinrog‘i ushbu ob’yektni ikkala toifadagi dam oluvchilarga yoqadigan qilib reklama qilish va ilgarilatish bo‘lardi. Demakki, maqsadli degan nomga oz bo‘lsa-da da’vo qiluvchi marketing, avvalo, bozor segmentatsiyasiga asoslanishi lozim. Segmentlar qanday ko‘rinishi mumkinligini tushunish uchun ularning ikki toifasini ko‘rib chiqamiz: “The Actives” va “The Relaxers”. Yoki “Want-it-all” (hamma narsa xohlayman iste’mol qilaman) va “Passive tourists” (mavjud taklifga qanoat qiladigan sayyohlar). O‘zbekistonda va qo‘shni mamlakatlarda “relakser”larni amalda topib bo‘lmaydi. Ular asosan dengiz kurortlarida uchraydi. Biz, asosan, “The Actives” va “The Relaxers” larga duch kelamiz. Binobarin, o‘z takliflarimiz va joriy etish vektorlarini ularga mo‘ljallab ishlab chiqishimiz kerak. Bu esa, shaharlar, diqqatga sazovor joylar, ko‘ngilocharliklarni tez-tez o‘zgartirib turish deganidir. Bozorda hali mavjud bo‘lmagan g‘oyani pishitib borib, marketing bilan shug‘ullanib va bo‘lajak mehmonlar segmentatsiyasini o‘tkazib, amin bo‘lish kerakki, identifikatsiyalangan segmentlar va ularning ehtiyojlari haqiqatan mavjud. Aslo adashib “Want-it-all” yoki “Passive Tourists” segmentlari deb atash mumkin bo‘lgan, sayyohlarning umumlashma toifalari emas. Turli segmentlarda mahsulotlar va xizmatlar sotish uchun kompaniya o‘z marketing sxemasini nafaqat mavjud mahsulotlarga, balki, avvalo, mijozlar istagiga asoslashi kerak. Asosiysi – mahsulot asosida segmentatsiyalashdan mijozlar istaklarini o‘rganish asosida segmentlashga o‘tishga tayyor bo‘lishdir. Turizmda innovatsiyalarga misollar JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 Page 66 Rurmond shahri (Niderlandiya)dagi to‘rt yulduzli, dabdabali xonalarga ega qamoqxona-mehmonxona 2007 yilda qamoqxona yopilgach, bir necha yildan keyin ochildi. Qavatlar va xonalar ichki joylashuvi o‘zgarmadi – barcha xonalar sobiq qamoq dahliziga chiqadi (u dam olish hududiga aylantirilgan), u yerda, yashovchilar istagiga ko‘ra, mehmonxona sohiblari qamoq uslubida kechki ovqat uyushtirishlari mumkin. Virtual konserj. Ishlanma Buyuk Brtaniyadagi 12 ta mehmonxonada joriy etilgan. Robot bilan muloqot ovozli buyruqlar yoki yozishmalar orqali mobil ilova yordamida boshqariladi. Konserj-botni Edvard deb ataydilar, u mijozlarga mehmonxona to‘g‘risida so‘zlab beradi, xonalar tanlashda va buyurtirishda yordamlashadi va qo‘shimcha xizmatlarni aniqlashda ko‘maklashadi, shaharda qaerga borish mumkinligi borasida maslahat beradi. Kinoturizm – mashhur filmlar suratga olingan joylar bo‘ylab ekskursiya turlarini tashkil qilish. Dam olishning bu turi 2000 yillarda xorijda keng shuhrat qozondi, keyingi yillarda Rossiyada ham rivojlanib bormoqda. Masalan, “Kod Da Vinchi” filmi chiqqach, Fransiyadagi Luvrga tashrif buyurganlar soni rekord ko‘rsatkichga chiqdi. Ispaniyada sayyohlik firmalari “Taxtlar o‘yinlari” seriali suratga olingan joylar bo‘yicha yo‘nalishlarni ishlab chiqqanlar. Ekoturizm. Sayyohlar qishloq joydagi kichik uyda yoki oilada, tabiat qo‘ynida yashaydilar. Bunday uylar sohiblari dam oluvchilarni qabul qilish uchun barcha sharoitlarni yaratadilar. Ekoturizmning turli ko‘rinishlari mavjud: tarixiy, ilmiy, inson qo‘li tegmagan va borish qiyin bo‘lgan joylarga safarlar. Osiyo (Laos, Hindiston), Janubiy Amerika (Peru, Ekvador), Afrika (Keniya) va boshqa mamakatlarda faol rivojlanmoqda. Rossiyada ham ekoturizm shuhrat qozonib bormoqda. Virtual muzeylar – internet orqali mashhur muzeylar ekspozitsiyalarini aylanish. Ko‘pincha bu interaktiv imkoniyatlar ishlab chiqilgan voqyelikda mavjud muzeylar bo‘lib, ular shaxsan muzeyga kelmay turib, zallar bo‘ylab sayr qilish, uch o‘lchamli tasvirlarni ko‘rish, eksponatlar haqidagi axborotni o‘rganish imkonini beradi. Masalan, Amsterdamdagi Van Gog muzeyi, Moskvadagi Tretyakov Davlat galereyasi, Vatikan muzeyi va ko‘plab boshqalar. Download 66.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling