Turizmda innovatsion jarayonlarning afzalliklari

Download 24.8 Kb.
bet6/9
Sana16.11.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1777520
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
turizmda innovatsiya

O‘zbekistonda, asosiy sayyohlik yo‘nalishi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva ekanligini inobatga olgan holda, sayyohlik avtotransporti sohiblari o‘zlarining bo‘sh qatnovlarini kiritishlari mumkin bo‘lgan ochiq onlayn-tizim innovatsion mahsulot bo‘lishi mumkin. Bo‘sh qatnovlar sayyohlar shahardan-shaharga yer usti transportida borib, qaytishda samolyotda (yoki tez yurar poezdda) kelganlarida ro‘y beradi. Ammo aviachiptalar va “Afrosiyob” poezdlariga chiptalar qimmat, mavsumda joy topish ham muammo. Kamchiqim sayohatni afzal ko‘radiganlar uchun Xivadan Buxoroga uyiga qaytayotgan avtobusda yarim narxiga yetib olish ma’qul bo‘lishi mumkin. Natijada bu ham kamxarj yo‘lovchi sayohatining qiymatiga, ham avtobusning asosiy buyurtmachisi cho‘ntagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatardi. Axir bo‘sh qatnash uning yo‘nalishi narxiga chaqib yuborilgan bo‘lardi-da.

Resurs innovatsiyalari – turizmni tashkil qilish va yangi yo‘nalishlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish uchun yangi turdagi resurslardan foydalanishdir. Sayyohlik tarmog‘i o‘z iqtisodiyotiga yangi resurslarni faol qo‘shib boradi va ularni yangi takliflar yaratish uchun ishlatadiMasalan, dinozavrlar qoldiqlarining qazilmasi arxeologik izlanishlarni tomosha qilish imkonini beruvchi paleontologik muzeylar va yo‘nalishlarga ega AQShdagi Daynosor sayyohlik parki ochilishiga zamin bo‘ldi. Yana bir misol – Avstraliyaning Kuber-Pedi shaxtyorlar shaharchasidagi opal qazib chiqarish konlari. Evenkiyada Tungus meteoriti tushishiga bag‘ishlangan ochiq osmon ostida muzey tashkil etilgan va o‘tgan asrning 20- yillarida ilk tadqiqotchi Vanavar posyolkasidan kosmik jism qulagan joygacha botqoqlar va tayga orqali bosib o‘tgan yo‘l bo‘ylab “Leonid Kulik so‘qmog‘i” yo‘nalishi tuzilgan

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling