Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Oʻzbekistonning turizm salohiyati
Download 403 Kb.
|
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 – chizma. Oʻzbekistonning turizm salohiyati.
6 – chizma. Oʻzbekistonning turizm salohiyati. Mazkur chizmada koʻrinib turibdiki, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun yoʻnalishlar tomosha va oʻrganadigan obyektlar koʻlami juda keng. Bundan turistik dam olishdan tortib piyoda sayohatgacha, oddiy koʻzdan kechirishdan tortib ilmiy ekspeditsiyagacha boʻlgan jarayonlar qurshovida boʻladi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda taʼkidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga taʼsir koʻrsatadi. U mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini taʼminlash darajalarini aniqlashda muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat koʻrsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shugʻullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 1985-89 — yillarda Oʻzbekistondagi ichki va hududiy turizmning hajmi 1,4-1,6 mln. kishini, bunda chet ellik turistlarning miqdori atigi 130-180 ming kishini tashkil etardi xolos. Bu vaqtga kelib, yaʼni 1985-yilda Turkiyada 1,5 mln. 1992 — yilda esa 7 mln. 2003-yilda esa 11 mln. atrofida xorijiy turistlar tashrif buyurishdi. 1981 — yilda Vengriya 14,2 mln. turistlarni qabul qilgan boʻlsa, 1991-yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga yetdi. 1992 — yilda Oʻzbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 ta, 2003 — yilda esa 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu koʻrsatkich 250-400 ni tashkil etadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi. Umuman olganda, Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga boʻlish mumkin. Har qanday sharoitda, xususan, oʻtish davrida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat asosiy rol oʻynaydi. Deyarli barcha davlatlar milliy iqtisodiyotida turizm tarmogʻining ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi. Chunki, turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy ishchi kuchlarini malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan taʼminlash manbai; bozorni shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi; qurilish (mehmonxonalar, kempinglar. motellar), kommunikatsiya (uyali, tele va optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro andozolardagi temir yoʻl vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat koʻrsatish infratuzilmasi (avto yoqilgʻi quyish stansiyalari) kabi sohalarga yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish vositasi; milliy xalq hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va hududda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta daromadlarini samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratadi, bu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasini yoʻlga qoʻyadi, viza tizimini soddalashtiradi, turistik mahsulotlar va anʼanaviy tovarlarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. «Buyuk Ipak yoʻli»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir koʻrinishi boʻlib, janubiy-sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bogʻlab turadigan global Transosiyo transport liniyasini shakllantirish hisoblanadi. U oʻz ichiga Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Kavkaz davlatlari, Gʻarbiy Osiyo (Pokiston, eron) davlatlari va albatta Ovropa davlatlarini qamrab oladi. Eʼtiborga olish kerakki TRASEKA loyiha doirasida «Delfin» izlanishi oʻtmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvon — saroylarni tashkil qilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga koʻra, bu «Buyuk ipak yoʻli»ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki Oʻzbekiston va Turkmanistonning asosiy yoʻnalishlarida yoqilgʻi stansiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo boʻlishiga olib keldi. Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yoʻli da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan. Download 403 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling