Turk hoqonligi va uning davlat boshqaruvi tizimi


Download 20.35 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi20.35 Kb.
#1836619
  1   2
Bog'liq
Turk hoqonligi


Turk hoqonligi

Turk hoqonligi va uning davlat boshqaruvi tizimi.


Reja
1.
1.Turk xoqonligi – Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. VI asr boshlarida turkiy qavmlar orasida Ashin urug’idan Asan Va – Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlaricha bo’ysundiradilar va Oltoy turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuu o’g’li Bumin tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jo’jan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jo’jan xonligi qo’shinlarini yengib, ularni o’ziga bo’ysundiradi.
Bumin 551 yilda yangi davlat Turk xoqonligiga asos soldi. Uning poytaxti
Oltoydagi O’tukan shahri edi. Hoqonlik tez orada kuchaya borib dovrug’i ortib bordi. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan.
Turk xoqonligiga doyr maʼlumotlar Urxun-Enasoy bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, soʻgʻd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi tarkibiga kirgan.
2. Turk hoqonligi boshqaruv tartiblari haqida shuni ta’kidlash kerakki, ular O’rta Osiyo hududlarida hukmronlik qilsada, biroq o’zlari bu hududlarga ko’chib kelmadilar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgo’larni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar, to’lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan tashqari ko’rinadiki, Turk hoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat to`zilmalari, ularning boshqaruv to`zilmalari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Hoqonlik istisno hollardagina o’lkani ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashardi. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalari gadaxl etardi. Manbalarda ta’kidlanishicha, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mutaqil hokimlik-davlatlar Maymurg’, Kesh, Naxshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andixay shular jumlasidandir.
Hukmdorning hokimyati urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan.
Hoqondan keyingi shaxs – Yabg’u-bahodir bosh vazir vazifisida bo’lgan. Taxt merosxo’ri – Tegin sha’zoda deb yuritilgan. Shod unvoni viloyat va tuman shahzodalariga berilgan. Tudun unvoni hukmdorning joylardagi nazoratchisi (noiblariga) berilgan. Qo‘shin “su” deb yuritilardi. U ikki turdagi askariy qismlar: piyoda “yadag‘” va “otlig‘ su” lardan tashkil topar edi. Qo‘shinning bosh sarkardasi “suboshi” unvoni bilan ulug‘langan. Kambag’al chorvador va dehqonlarni bo’dun yoki qora bo’dun deb ataganlar. So’g’d hukmdori – Ixshid unvoniga, Kesh hukmdori – Ixrid unvoniga (tobe hokimliklar degan ma’noni anglatadi). Uruq – qabilalarning nomdor vakillari(beklar) deb yuritilgan. Jamoani hoqon va zodogonlar kengshashi «Qurultoy» boshqargan. Katta patriarxal oila xo’jaliklarining boshliqlari» Kadxudolar» deb atalgan.Butun saltanat ustidan oliy hukumronlikni hoqon olib borgan. Bu lavozim meros bo’lgan. Biroq ota doimo o’z o’g’liga taxtni oqldira vermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo’lgan.
Bundan tashqari, shunday hollar ham bo’ladiki, taxt sohibini «urug’ oqsoqollari» tayinlagan. Xonni taxtga o’tkazishda katta marosim orqali amalga oshiriladi. Bo’lajak xonni oq kigizga o’tkazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar. So’ng otga mingazib, bo’yniga ipak mato osganlar.
3. Hoqonlik davrida Turon zaminda kechgan ijtimoiy – iqtisodiy hayotga nazar
tashlar ekanmiz, shu narsa ayon bo’ladiki, Turk hoqonligining sharqiy yerlaridan
farqli xolda, bu hududda aholining ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo’gan. Gap shundaki, sharqiy ‘udutlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turklarda urug’ – ko’chmanchilik munosabatlari hamon kuchli saqdangan. Aholining ko’pchiligi budun yoki xadra budunlardeb atalgan.
O’rta Osiyo yerlarida bu davrda dehqonchilik va o`zumchilik sohalari yuksak rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm, Zarafshon vohalarida ko’plab suv
inshootlari bunyod etilgan. Farg’ona va So’g’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan shug’ullangan. Bu yerlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Hoqonlik davrida shaharlar hayoti ancha rivoj topgan. Shaharlarda
hunarmandchilikning keng tarmog’i gurkirab rivoj topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro savdoda faol ishtirok etishini ta’minlagan.
O’rta Osiyolik qo’li gul hunarmandlar, to’quvchilar, ko’pincha qurolsozlar,
ishlab chiqargan nafis xaridorgir buyumlar, asbob-anjomlar dunyoning turli nuqtalariga yuborilgan. Bu davrning o’ziga xos muhim o’zgarishlardan yana biri – O’rta Osiyo kulolchilik hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir.
Dehqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan foydalanib, asosan don ekinlari hamda qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog‘-rog‘lar yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan. Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi. Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko‘lami va sifati o‘zidan keyingi uch tarmoq hunarmandchilik, qurilish, savdo-sotiq ravnaqi uchun qatta turtki bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqtda metalsozlik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, shishasozlik keng rivoj topgan. Hunarmandchilik rivojiga turkiy aholi katta ta’sir ko‘rsatdilar. Chunki ularda qadimdan ko‘pchilik kasb-hunarlar juda rivojlangan edi. Turkiy xoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta’minlaganligi natijasida “Buyuk ipak yo‘li” samarali ishlashda davom etdi. O‘lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to‘qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg‘umoqlar, bir necha xil tuz, sharob, bog‘dorchilik mahsulotlari, qazilma boylik va hokazolar olib borilgan.
Bu davrda o’lkamizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-yangi
betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar, mutaxassislar ba’siga sabab bo’lgan turk-run, O’rxun-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga hoqon yodnomasi kabi noyob topilmalar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligiga guvo’lik beradi. Turkiy yozuvning tarixi mil. avv. II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi.

Download 20.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling