Turk-moʻgʻul sarkardasi va davlat arbobi


Download 167.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi167.3 Kb.
#1408142
Bog'liq
Amir Temur - Vikipediya



Amir Temur
Turk-moʻgʻul sarkardasi va davlat arbobi
(1336—1405)
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi
Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir
Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-
fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi,
buyuk turkiy sarkardasi, kuchli,
markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan
va madaniyat homiysi.


Amir Temur
Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn
Amir Barqul
Sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi,
ilm-fan va madaniyat homiysi
Tavalludi
9-aprel 1336-yil
Vafoti
18-fevral 1405-yil
(68 yoshda)
Farob, Temuriylar
imperiyasi (hozirgi
Oʻtror, Qozogʻiston)


Amir Temurning oilasi
Amir Temurning onasi Takina xonim edi.
Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos
urugʻining oqsoqollaridan hamda
Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan
hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh
viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois
Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham
yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon
tomonidan chaqiriladigan el-yurt
beklarining qurultoyiga taklif etilar va u
Turmush oʻrtogʻi
Saroy Mulk xonim
Otasi
Amir Taragʻay
Onasi
Takina xonim
Tarjimai holi


bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar
edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin
Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va
sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va
mehribon erdi va bularning majlisiga
borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin
Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan.
Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning
ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda
vafot etgan.
Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ
Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo
bor edi. Ular Temurdan oldin vafot
etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda
majmuasidagi maqbaralarda dafn
etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra,


Temurning yana uchta ukasi bor edi:
Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish.
Temurning bitta amakisi bor edi, uning
ismi Bolta edi.
[1]
Amir Temurning yoshligi
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi.
Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga
berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq
maxsus murabbiylar nazorati ostida
chavandozlik, ovchilik, kamondan
nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq
va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan.
Shu asnoda Amir Temur tulporlarni
saralab ajrata oladigan mohir chavandoz
va dovyurak bahodir boʻlib voyaga


yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq,
teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda
ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat,
ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab
oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli
oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga
tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni
jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi
doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos
bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq,
Sulaymonshohbek, Idiku Temur,
Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va
boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq
qilar, musobaqalarda ishtirok etishar,
astasekin navkar boʻlishib va harbiy
guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida
shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir


Temur qoʻshinida lashkarboshilik
darajasigacha koʻtarilganlar.
Siyosiy faoliyatining boshlanishi
Amir Temurning koʻtarilishi
Chigʻatoy xonligining xaritasi
Temurning bosib olgan yerlari


Amir Temur ilk harbiy faoliyatini qoʻl
ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat
amirlariga xizmat qilishdan boshlagan;
ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib,
jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan,
harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun
Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir
Temurning aqlu zakovati, shijoati va
shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli
amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir
Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi.
Xondamirning yozishicha, otasi amir
Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir
Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga,
soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning
nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy
Turkon ogʻoga uylantiradi. Keyingi nikoh


tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir
Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular
birgalikda moʻgʻullarga qarshi
kurashadilar. Amir Temurning
Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi
harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan
boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida
Movarounnahrda amirlarning oʻzaro
kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻldirildi.
Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga
chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi.
Xondamirning „Habib ussiyar“ kitobida
keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus
oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib
ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon
sulduz, Keshda amir Hoji barlos,
Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda


Uljoy Bugʻa sulduz, Shibirgʻonda
Muhammad I Xoja Aperdi nayman,
Koʻhistonda Badaxshon shohi amir
Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori
Shodmon hududida amir Husayn va amir
Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq
deb eʼlon qiladilar.
Bu davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy
qismi — Yettisuv va Sharqiy Turkistonda
hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari
Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy
vaziyatdan foydalanib, bu yerda oʻz
hokimiyatini oʻrnatishga harakat qiladilar.
Jeta xonlaridan Tugʻluq Temur va uning
vorisi Ilyosxoja 1360 — 61 va 1365-yil
larda Movarounnahrga bir necha bor


bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining
boskinchilik yurishlari va zulmiga karshi
xalq harakati boshlanadi. Biroq,
Movarounnahr amirlari xalqqa bosh
boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi
kurashga jurʼat eta olmaydilar. Ularning
bir qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi
qismi esa el-yurtni tark etib, oʻzga
mamlakatlardan boshpana izlaydilar.
Amir Temurning amakisi, Kesh
viloyatining hukmdori amir Hoji barlos
Xurosonga qochadi. Mana shunday ogʻir
pallada siyosat maydoniga Amir Temur
kiradi. Moʻgʻullarga qarshi turish uchun
kuchlar nisbati teng emasligini hisobga
olgan 24 yoshli Amir Temur 1360-yilning
boshida Tugʻluq Temur tomonidan


Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi.
Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga oʻtib,
uning yorligʻi bilan oʻz viloyatining
dorugʻasn etib tayin qilinadi. Shubhasiz,
bu noilojliqdan qoʻyilgan siyosiy hamda
strategik qadam boʻlib, bu bilan Amir
Temur moʻgʻullarning navbatdagi
talontorojining oddini olgan, mamlakat va
xalqni falokatdan qutqargan edi. Biroq,
Movarounnaxrning hukmdori etib tayin
qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi
amir Bekkichik bilan Amir Temurning
murosasi kelishmay qoladi. Shu
sababdan 1361-yilning oxirida u
mamlakatni tark etishga majbur boʻladi.


Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir
Temur Tugʻluq Temurning yana bir
raqibi — qaynogʻasi amir Husayn bilan
uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan
kurashish maqsadida u bilan birlashib,
ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi.
Dastlab ular Tugʻluq Temurxonning
farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib
qilishga kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol
(Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra
1362-yilning kuzida Seistonda viloyat
hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida
turib mekroniylar bilan boʻlgan
toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va
oʻng oyogʻidan jarohatlandi.


Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil
davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari
bilan bir necha marta jang qiladilar.
Nihoyat, 1364-yil oxirida ular moʻgʻul
qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan
quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar.
Biroq, Movarounnahrni qoʻldan
chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365-yil
ning bahorida yana Turkiston ustiga
qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz
oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang
tarixda „Loy jangi“ nomi bilan shuhrat
topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati
oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va
oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga
chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar.


Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka
uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir
qancha shahar hamda qishloklarni
egallab, Samarqand ustiga yuradi.
Samarqand oʻsha paytlarda katta
qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi.
Shaharning na devori va na mustahkam
istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor
edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan
edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq
koʻtariladi, sarbadorlar shahar
mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar.
Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi
ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy,
jun (paxta) tituvchilar mahallasining
oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy)
Naddof va mergan mavlono Xurdaki


Buxoriylar boshchilik qiladilar.
Sarbadorlar Samarqand shahrida
moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar.
Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra
butun Movarounnahrni tashlab chiqib
ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning
moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi
haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir
Temurga ham borib yetgan. Amir Temur
qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo
boʻyida oʻtkazib, 1366-yil bahorida
Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita
toʻxtab sarbadorlarning dushman ustidan
qozongan gʻalabalaridan mamnun
boʻlganliklarini va ular bilan
uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar.
Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar


huzuriga kelganlarida amir Husayn
buyrugʻi bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy)
Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar
dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir
Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib
qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz
qoldirilib, Movarounnahrda amir
Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi,
ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan
Amir Temur oʻrtasidagi munosabat
keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga
aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib
borayotganligidan xavfsiragan amir
Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa
devorlari va istehkomlarini
mustahkamlashga kirishadi. Balx,
Qunduz va Badaxshondan koʻp sonli


lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi
viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur
ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi
jangga hozirlik koʻradi. 1366 — 70 yillar
oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar
boʻlib oʻtadi.
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini
qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat
ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov —
bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea
katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki
u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni
yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham
Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u
„Buyuk amir“ sifatida
saylanishi


amir va noʻyonlari bilan kengash
oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori
bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra,
chingiziylar avlodidan boʻlgan
Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr
podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur
qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga
yoʻl-yoʻlakay yangi-yangi kuchlar kelib
qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni
koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda
amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki
kunlik qamaldan soʻng, 1370-yilning 10
apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim
boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi.
Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur
Movarounnahrning chingiziylardan
boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi


Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi.
Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan
Amir Temur „koʻragon“, yaʼni „xonning
kuyovi“ unvonini oldi.
1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy
ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat
va tumanlarning dorugʻalari hamda
Termizning sayyidlari (xudovandzodalari),
shuningdek Amir Temurning yoshlikdan
birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri
Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan
qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan
Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori
deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda
markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi
boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni


oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali
idora qildi. Samarqand Amir Temur
davlatining poytaxtiga aylantirilib, oʻsha
yilning yozida shahar devori va qalʼasi
tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Temur davlati va unga qaram
yerlarning mustahkamlanishi
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy
mavqeyini mustahkamlab, koʻpdan
davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka
barham berish, tinchlik va osoyishtalikni
qaror toptirish maqsadida Amir Temur
(1370-yil iyunida) Samarqandda katta
qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat


tizimini shakllantirish va qoʻshin tuzish
masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning
ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur
qoʻshinning tuzilishiga katta ahamiyat
berdi. U „amir“ va „amir ul-umaro“ kabi
yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi.
Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan,
u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va
ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va
ularning joylashish tartibi, navkar va
sarbozlarning qurollanishi hamda intizom
masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi
(yana q. Temuriylar harbiy sanʼati).


Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach,
dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda roʻy
bergan ogʻir iqtisodiy tanglikni bartaraf
qilish uchun eng avvalo soliq tizimini
tartibga soldi. Davlat soliqlarini yigʻishda
aminlar, kalontarlar va soliq yigʻuvchilarni
raʼiyatga nisbatan insof va adolatli
boʻlishga, qonunga xilof ish tutmaslikka
chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi
koʻp jihatdan raʼiyatning hol-ahvoli, uning
davlat va davlat boshligʻiga boʻlgan
sadoqatiga bogʻliq. Raʼiyatni himoya
qilish qonun bilan mustahkamlangan,
qonun barchaga barobar boʻlgan. Amir
Temur nafaqat oʻz xalqini, balki zabt
etilgan mamlakatlarning aholisini ham
imkoni boricha qonun himoyasiga olgan.


Ularni asirlik va talon-torojlardan
saqlagan.
Temur sunniy musulmon boʻlgan, ehtimol,
Naqshbandiya tasavvufi, Hanafiy
mazhabiga mansub boʻlib, u
Mavarinnatda nufuzli boʻlgan. Uning bosh
rasmiy diniy maslahatchisi va
maslahatchisi hanafiy olimi Abdu l-
Jabbor Xorazmiy edi. Termizda u Gur-
amirda Temur bilan birga dafn etilgan
Balxlik rahnamo Sayyid Barakaning ustozi
taʼsiriga tushgan edi.
Temur hazrati Ali va Ahli-baytni yuksak
qadrlashi bilan mashhur boʻlgan va turli
Islom dini bilan aloqasi


olimlar tomonidan oʻzining "shiaparast"
pozitsiyasi bilan eʼtirof etilgan. Biroq u
shialarni ham sahobalarning xotiralarini
tahqirlaganliklari uchun jazoladi. Temur,
shuningdek, sunniylik uzrlari bilan
shialarga hujum qilgani, boshqa
paytlarda esa sunniylarga diniy
sabablarga koʻra hujum qilgani ham
eʼtirof etilgan. Aksincha, Temur saljuqiylar
sultoni Ahmad Sanjarni Alamutda
ismoiliylarga hujum qilgani uchun yuqori
baholagan boʻlsa, Temurning oʻzining
Anjudandagi ismoiliylarga qilgan hujumi
ham xuddi shunday shafqatsiz edi.


Temurning oʻgillari
Umar Shayx Mirzo I — Tolun ogʻa bilan
Jahongir Mirzo — Turmish Ogʻa bilan
Miron Shoh Mirzo — Mengli ogʻa bilan
Shohrux Mirzo — Toʻgʻay Turxon ogʻa
bilan
Temurning qizlari
Begi aka (1382-yilda vafot etgan) —
Turmish ogʻa tomonidan. Amir Muso
Tayichiudning oʻgʻli Muhammad
begimga uylangan
Sulton Husayn Toychiud
Avlodlari


Sulton Baxt Begim (1429/30-yilda vafot
etgan) — Oʻljay Turxan ogʻa tomonidan.
Birinchi turmushga chiqqan
Muhammad Mirke Apardi, ikkinchisiga
uylangan, 1389/90, Sulaymon Shoh
Duglat.
Saodat Sulton — Dilshod ogʻa
Bikijan — Mengli ogʻa
Qutlugʻ Sulton ogʻa — Togʻay Turxon
ogʻa
Umar Shayx Mirzo I ning oʻgʻillari
Pir Muhammad
Iskandar
Rustam
Bayqara I


Mansur
Sultan Husayn Bayqara
Badi' az-Zamon
Muhammad Moʻmin
Muhammad Zamon
Mirzo
Muzaffar Husayn
Ibrohim Husayn
Jahongirning oʻgʻillari
Muhammad Sulton Mirzo
Pir Muhammad
Mironshohing oʻgʻillari
Halil Sulton
Abu Bakr


Muhammad Mirzo
Abu Sayid Mirzo
Umar Shayx Mirzo II
Zahiriddin Muhammad
Bobur
Moʻgʻullar
Jahongir Mirzo II
Shohruh Mirzoning oʻgʻillari
Mirzo Muhammad Taragʻay — 
Ulugʻbek
nomi bilan mashhur
Abdul-Latif
Gʻiyatiddin Boysungʻur
Alo al-Davla Mirzo
Ibrohim Mirzo
Sulton Muhammad


Yodigor Muhammad
Abul-Qosim Bobur Mirzo
Sulton Ibrohim Mirzo
Abdulloh Mirzo
Mirzo Soyurhatmish Xon
Muhammad Juqiy
Oq Oʻrda bilan jang
Temurning Oltin Oʻrdaga qarshi 1391-yildagi yurishi


Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar
hukmronligidan ozod etib, bu qad.
mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan
boʻlsada, hali mamlakatda barqaror
tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir
tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir
Temur hakimiyatini tan olishdan bosh
tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan
mamlakatning sharqiy va shim. hududlari
notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda
Temurning Oltin Oʻrdaga qarshi 1395-yildagi yurishi


hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi,
Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram
sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-
tez hujum qilar va aholini talontoroj
qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur
dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari
xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat
berdi. Isyonchi amirlarga qarshi
shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi
va 1371-yil bahorida amir Zinda
Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati
boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari
ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar.
Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga
suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib
kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy
ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni


oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi.
Ammo bu masala elchilar vositasida
tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir
Temur Xorazm hududiga besh marotaba
yurish qildi. Birinchi yurishi 1371-yil yoz
(iyul)ida Kot shahrini egallash bilan
yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil
bahori va 1375-yil yozida Xorazm
tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz
tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni
Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan
Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning
yordamida Amir Temur davlati
hududlariga bir necha bor yurish qilib,
Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini
talon-toroj etdi. Bunday vaziyat
shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni


toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin
tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish
ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan
tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf soʻfi
ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga
tegishli boʻlgan jan.-sharqiy (Kot va Xiva
sh.lari birga) qismini yana qaytadan
bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan
Yusuf soʻfining tutgan bunday
tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga
Amir Temurning beshinchi marta yurish
qilishiga sabab boʻldi. 1388-yilda
Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning
hududlari Amir Temur davlatiga
boʻysundirildi.


Bu orada Amir Temur Moʻgʻuliston hokimi
Qamariddin bilan ham toʻqnashib qoldi,
chunki bu davrda uning Movarounnahrga
boʻlgan talonchilik xurujlari kuchayib
ketgandi. 1370 — 71 yillarda u Toshkent
va Andijon ustiga bir necha bor bosqin
qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda esa
Qamariddin hatto Fargʻona vodiysining
Mogʻuliston istilosi
Amir Temur davlati


talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur
mamlakatning shim.-sharqiy hududlariga
nisbatan boʻlayotgan muttasil taxdidni
bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy
zarba berishga kirishadi. Yigirma yil
(1371 — 90) mobaynida Sohibqiron
Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib,
moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va
Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu
zaylda Amir Temur Movarounnahr va
Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar,
shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib
turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu
hududda yashovchi elu elat va xalqlarni
yagona davlatga birlashtirdi. Bu
shubhasiz, Movarounnahr aholisi
taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.


Ammo, Amir Temur bu bilan
qanoatlanmadi. Tez orada u qoʻshni
davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib,
ularni oʻziga boʻysundirish va
markazlashgan buyuk saltanat barpo
etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu
davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda
qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni
Xurosondan boshladi. 1381-yil u Hirotni
egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya sh.lari
jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan
uning poytaxti Hirot strategik jihatdan
muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq,
Shom va boshqa mamlakatlarga oʻtishda
Eron va Kavkaz yurishlari


koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 — 84 yillar
davomida Amir Temur Eronning katta
qismini egalladi. Avval (1381) Kalot,
Turshiz va Sabzavor, keyin (1383)
Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust
qalʼalari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati
va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya
va Tabriz shaharlari istilo qilindi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar
tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5
yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan
mashhur. 3 yillik (1386 — 88) harbiy
istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon,
Amir Temurning 3 yirik
istilolari


Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van
koʻli atrofidagi yerlar egallandi.
3 yillik istilo
Amir Temur shu bilan birga shimoliy-
gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan
boʻlayotgan tazyiqqa barham berish
maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta
qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-
yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq
mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi
Samara bilan Chistopol shaharlari
orasida joylashgan Qunduzcha
(Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang
Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395-yilda
(28 fev.) Shimoliy Kavkazda Terek


daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga
qaqshatqich zarba beradi (qarang Terek
daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur
harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil
(Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik
va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar
gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni
quvib Ryazan viloyatigacha bordi va
Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin
Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva
istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron
Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan
erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda
nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va
atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni
tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz
mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu


urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas
yerlari ham kuchli aziyat chekegandi.
Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning
Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli
Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga
qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom
etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va
A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha,
Amir Temurning Toʻxtamish ustidan
qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy
Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy
Yevropa, shuningdek tarqoq Rus
knyazliklarining birlashishi uchun ham
buyuk ahamiyat kasb etgan.


5 yillik istilo
Shundan soʻng Amir Temur butun
eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va
Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga
qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) urush
davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va
Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar
va jaloiriylar sulolasining hukmronligi
barham topdi.


Hindiston istilosi
Amir Temurning Hindiston istilosi (1398-
yil may — 1399-yil mart) qariyb 11 oy
davom etdi. Amir Temur Hindistondan
katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil
bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi
qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani
Temurning Hindistonga yurishi


Samarqand va Kesh shaharlarida olib
borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
7 yillik istilo
Temur Misrning mamluk sultoni 
Sulton Nasiraddin Farajga
magʻlubiyat keltiradi.


Amir Temurning 1399—1404-yillarda olib
borgan harbiy yurishlari natijasida
Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek
(Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik
shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston
oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod,
shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt
etiladi. Anqara jangida Amir Temur
jahonning buyuk sarkardalaridan biri
Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi.
Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga
xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso
va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar.
Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini
egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida
Temurning Usmonli imperiyasiga yurishi


joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va
salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi
qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey
dengizida joylashgan Xios va Lesbos
orollaridagi Genuya mulklarining
hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr
ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir
Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir
shaharlarini egallab, Vizantiya va butun
nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan
bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga
kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan
oltin va javohirlarning oʻzi kattagina
karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan
Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir
Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi.
Uning vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart)


esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib,
ularga beqiyos muruvvatlar qildi.
Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli
Sulaymon Chalabiyni turklarning
Yevropadagi viloyatlariga hokim etib
tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning
poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning
shimoliy-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida
Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri
uning poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy
turklar davlatining markaziy qismini
boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.
Amir Temur Usmoniy turklar davlatini
butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan,
chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin
Sharq mamlakatlariga nisbatan


tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi
tushunar edi. Shuning uchun ham Amir
Temur Usmonli turklar davlatini saqlab
qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat
qoʻlini choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid
ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir
Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 —
1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 —
1407) tabriklab, unga maxsus maktub
yubordilar. Chunki Amir Temur endigina
uygʻonayotgan Yevropaga islom dinini
yoymoqchi boʻlgan Usmoniy turklar
davlatiga zarba berib, Yevropadagi
nasroniylarning xaloskoriga aylangan edi.


Amir Temur Kichik Osiyodan
Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-
noyabrda 200 ming qoʻshin bilan
Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi.
Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning
Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18 fev.)amalga
oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur
1405-yil kuchli shamollash sababli
olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni
vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar
ham bor. Ibn Arabshohning yozishicha
(1436-yil yozilgan) kuchli sovuq
natijasida " Temur ibrida (sovuqdan
jismni zaiflashtiradigan kasallik)kasaliga
Xitoyga yurishining
boshlanishi


chalinib, tabiblar uni dad etish maqsadida
tayyorlagan tarkibida isitadigan
moddalar, xushboʻyliklar va rezavorliklar
boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan.
Tarixchi, Xondamirning fikricha Amir
Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida
tayyorlagan araq tezlashtirib yuborgan.
Xondamir „ Habib us -siyar“ asarida
shunday yozadi: "…sohibqiron shu
asosda araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga
javhar keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan
suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan
olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki
kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo
ovqat yemadi. Shuning uchun mijozoda
oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni
tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb


tushundilar. Yana unga bir -ikki qadah
berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo
vujudi va tabiatiga sharob taʼsir qildi
shekilli, issigʻi Yana koʻtarilib ketdi.
Sohibqiron sogʻligʻi yomonlashdi. Mazkur
ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda
qoʻllanilib, mast qiluvchi funksiyasi
oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining
kuchayishi va koʻp miqdorda isteʼmol
qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha
davr tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi.[2]
Amir Temurning vafoti haqidagi xabar
garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp
vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat
boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning
jasadi Samarqandga olib kelinib dafn
qilinadi (qarang Amir Temur maqbarasi).


Amir Temurning Samarqanddagi maqbarasi
Amir Temurning Samarqanddagi maqbarasi


Amir Temur davrida madaniyat va
fan
Amir Temur siymosiga tarix
va madaniyat nuqtai-
nazaridan qarashlar
XVI asr italyan rassomchiligida Temurning tasviri


Amir Temur — buyuk davlat asoschisi
hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan
Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol
dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat
katta hududni qamrab olgan
markazlashgan ulkan saltanatga asos
soldi. Bundan tashqari Amir Temur
davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va
shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari;
shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili
XVI asrda fransuz rassomi tomonidan yaratilgan Temur tasviri


daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim.
Hindistongacha bulgan mamlakatlar
buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-
zakovot va huquqiy asos bilan idora
etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz
ulushini kengash, tadbir va mashvarat,
qolgan bir ulushini qilich bilan amalga
oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin
dalilidir.


Shaharsozlik va meʼmorlik
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi
tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu
qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni
biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan.
Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u
umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul
bulgan. Uning „Qay bir joydan bir gisht
Temur Samarqanddagi bazmda


olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir
daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat
ektirdim“ degan soʻzlari buning yorqin
isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli
voqea va sevinchli hodisani muhtasham
meʼmorlik obidasi barpo etish bilan
nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda
Hindiston, Sheroz, Isfahon va
Damashqning mashhur
ustahunarmandlari mamlakatda
hashamdor imoratu inshootlar bino
qilganlar. Amir Temur zabt etgan
mamlakatlarning bir qator shaharlari
(Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta
tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid,
Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa,
Turkistonda mashhur shayx Ahmad


Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan
boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri
Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi.
Keshda otasining qabri ustiga maqbara,
oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid
qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk
davrida Kesh shahrini poytaxtga
aylantirish niyatida boʻlib, uning
obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu
yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi.
Amir Temur Keshni Movarounnahrning
madaniy markaziga aylantirishga harakat
qildi. Shu boisdan bu shahar „Qubbat ul-
ilm val-adab“ unvoniga ega boʻldi.
Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur
davrida ayniqsa gullab yashnadi.
Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab,


Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh
sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan
saroylar, masjidlar, madrasalar,
maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida
esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo
etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari).
Xususan Shohizinda meʼmoriy
majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo
maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va
boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim
jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi
Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad
koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand
sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni
Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda
butunlay yangitdan qurildi. Shahar
tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan


oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu,
Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi
nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza
oʻrnatildi. Movarounnahrning
dehqonchilik vohalarida, xususan
Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish
tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik
maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar
barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha,
Amir Temur Samarqand atrofida qad
koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni
Sharqning mashhur shaharlari Dimishq
(Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va
Sheroz nomlari bilan atadi. Amir
Temurning fikricha, Samarqand kattaligi,
goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod
etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik


shaharlardan ham ustunroq turmogʻi
lozim edi.
Fan va rassomlikning rivojlantirilishi
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu
jadallarining oqibatlariga baho berilar
ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki,
uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va
Toshkentdagi Temuriylar tarixi milliy muzeyi va uning 1000 
soʻmlik
kupyuradagi tasviri


rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi.
Birinchi bosqich (1360 — 86)da Amir
Temur Movarounnahrda markazlashgan
davlat tuzish yoʻlida kurashdi,
Movarounnahrni birlashtirishdan
manfaatdor boʻlgan mahalliy
zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar
(mulkdor dehqonlar, harbiylar,
hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar)
yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish
uchun kurash olib bordi. Amir Temurning
bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo
xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan
ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda
tarqoqpik tugatilib, markazlashgan
davlatning tashkil topishi ijobiy


oqibatlarga olib keldi. Mamlakat i.ch.
kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim
asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga
uchragan iqgisodni tiklash uchun
qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni
vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan
dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy
berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib,
dehqonchilik maydonlari kengaydi.
Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo
rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib,
shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.
Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga
olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga
tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor
etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.


Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillari Jahongir
va Umarshayxning maqbarasi]]
Amir Temur hayotligi chogʻidayoq
saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga
boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab
bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va
Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga,
Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Armaniston (markazi Tabriz)


Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan.
qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga,
Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi
Gʻazna, keyinchalik Balx)
Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan.
Amir Temur davlati oʻziga xos tartib-
qoidalarga asoslangan holda idora
etilgan (qarang Temuriylar davlati). Amir
Temur asos solgan bu davlat Xuroson va
Movarounnahrda 16-asr boshigacha
mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan
tugatilgan.
Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur.
shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan
yondoshilib, bir yoqlama baho berilib
kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka


erishganidan soʻng bunday qarashlarga
barham berildi. Amir Temurning jahon
tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila
boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini
oʻrganishga va uni ommalashtirishga
keng yoʻl ochildi. Uning nomi
Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab
shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar,
maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar,
kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan
ataldi. Islom Karimov tashabbusi va
rahnamoligida Toshkent, Samarqand,
Shahrisabz va boshqa shaharlarning
markaziy maydonlarida Amir Temurga
haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir
Temur xiyobonida Temuriylar davri
muzeyi barpo etildi (1996), „Amir Temur“


ordeni taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir
Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995).
Toshkent, Samarqand va xorijiy
mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida
hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi
keng nishonlandi (1996). Amir Temur
haqida ikki qismdan iborat badiiy film,
spektakllar va sheʼriy hamda nasriy
asarlar yaratildi.


U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir
masalani hal etishda, shu sohaning
bilimdonlari va ulamolari bilan
maslahatlashardi. Odatdatibbiyot,
riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot,
tilshunoslik ilmi namoyandalari,
Temur va Fransiya qiroli
Temurning 1402-yildagi Fransiya qiroli mir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan.


shuningdek ilohiyot va din sohasidagi
mashhur ulamolar bilan suhbatlar
oʻtkazardi. Amir Temur saroyida
ulamolardan mavlono Abdujabbor
Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi,
mavlono Abdullo Lison, mavlono
Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin
Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin
Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat
qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning
ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan
gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda
Navoiy shunday degandi: „Agar Temur
qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini
uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar,
ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning
tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu


zotlardan oʻz oliy majlisida nadim
(maslahatchi) sifatida va boshqa
lavozimlarda foydalanardi“. Amir Temur
davrida savdo va hunarmandchilik
gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar,
savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo
Samarqand bozorlarida bugʻdoy va
guruchning moʻlligi va arzonligi haqida
gapirib, shahar hunarmandchiligi
mahsulotlarini — atlas, kimxob, har xil ip
va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli
poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va
dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda
boshqa mollarning serobligini ham
taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va
uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan
noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo


orqali Yaqin Sharq va Yevropa
mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro
savdo yoʻli — „Buyuk ipak yoʻli“ni nazorat
qilib, savdo karvonlari qatnovi
xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar,
qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim
chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan
Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik
aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga
gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur
eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi
mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik
va boshboshdoqlikka barham berib, bu
bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq
va Yaqin Sharq mamlakatlarining
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga,
xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan


yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi.
Amir Temur Yevropaning Fransiya,
Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari
bilan bevosita savdo va diplomatik
aloqalar oʻrnatdi.
1. 
Muʻizz al-ansab (Proslavlyayushcheye
genealogii). Vvedeniye, perevod s
persidskogo yazyka / primechaniya,
podgotovka faksimile k izdaniyu SH. KH.
Vakhidova. Istoriya Kazakhstana v
persidskikh istochnikakh. Almaty:Dayk-
Press, 2006. — S. 115—120
Manbalar


Temuriylar sulolasi
Movаrounnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohrux (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Mahmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yodgor Muhammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


Bu sahifa oxirgi marta 30-Mart 2023, 19:26 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Amir_Temur&oldid=3631743" 
dan olindi

Download 167.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling