Туркий тилларнинг киёсий-тарихий грамматикаси фанидан маъруза матнлари


Dona son: -ta: o`nta, yigirmata, uchta. Taqsim son


Download 73.92 Kb.
bet9/18
Sana07.10.2023
Hajmi73.92 Kb.
#1695005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Туркий тилларнинг киёсий тарихий грамматикаси

Dona son: -ta: o`nta, yigirmata, uchta. Taqsim son: -tadan: beshtadan, uchtadan. Dona sonni takrorlash orqali ham taqsim son hosil bo`ladi: beshta-beshta. Dona va taqsim sonlar sanoq son hisoblanadi;
b) jamlovchi son: -ov, -ala, -ovlab, -ovlashib, -ovlan: uchov, ikkala, ikkovlab, uchovlashib, oltovlon. Jamlovchi son jamlikni bildiradi.
v) chama son: -cha (-ta bilan yasalgan sanoq songa qo`shiladi: uchtacha), -larcha, -lab: beshtacha, o`nlarcha, yuzlab. Sanoq sonlar juft holda kelganda, sanoq songa -lar qo`shilganda ham chama son hosil bo`ladi: uch-to`rt, beshlar. Chama son noaniq, taxminiy miqdorni ko`rsatadi.
g) kasr son: butunning qismlarini ifodalaydi: to`rtdan ikki, uchdan bir.
Yarim (yorti), chorak, nimchorak so`zlari ham kasr son hisoblanadi.
a) aralash son: kasr sonlar butun sonlar bilan birgalikda aralash sonni hosil qiladi: uch butun o`ndan besh, besh yarim.
b) tartib son narsa buyumning aniq, konkret miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi: -(i)nchi: beshinchi. Tartib sonlar predmetning miqdoriga ko`ra belgisini bildiradi.
Sonlar tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: sodda son va qo`shma son.
Sodda sonlar bir o`zakdan iborat bo`ladi: bir, besh, sakkiz. Qo`shma son ikki va undan ortiq sonlardan iborat bo`ladi: o`n besh, o`n to`rt.
Aslida ikki o`zakdan tuzilib, hozirgi kunda bir o`zak tarzida qaraladigan oltmish (olti-mish), sakson (sakkiz o`n), to`qson (to`qqiz o`n) sonlari sodda hisoblanadi.
Hisob so`zlari (numerativlar)
Hisob so`zlari narsa-buyumning aniq miqdorini ko`rsatmay, shu narsani hisoblashda uning qaysi guruhga oidligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Hisob so`zlari asosan ot turkumidagi so`zlardan iborat bo`ladi: dona, nusxa, tup.
Qadimda ishlatilgan hisob so`zlari: qadoq, jon, tanob, gaz, savjin, paysa, taxta, enlik, so`lkavoy, tosh, pud, mahal (vaqt), yumaloq.
Keyingi davrlarda kirib kelgan (boshqa tillardan) hisob so`zlari: mehnat kuni, gektar, kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, metr, kilo minut, gradus, sentr, par, ekzemplyar.

Download 73.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling