Turkiston viloyati” gazetasi matnidagi neologizmlar
Download 16.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqTurkiston viloyati
“Turkiston viloyati” gazetasi matnidagi neologizmlar. TURKISTON VILOYATINING GAZETI" — Turkistonda 1870-yilda rus istilochilari tomonidan nashr etilgan mahalliy tildagi ilk bosma gazeta. Turkiston general-gubernatorligining nashri. "Turkestanskiye vedomosti" gaz.ning oʻzbekcha varianti. Dastlab shu gaz.ga ilova tariqasida chiqarilgan. 1883-yildan mustaqil gaz. "Turkiston viloyatining gazetig." birmuncha vaqt (1872-yil iyulidan 1873-yilning fevral iga qadar) Peterburgda nashr etilgan. 1885-yildan gazetining bir tomoni "Turkestanskaya tuzemnaya gazeta" nomida rus tilida chiqqan. Faoliyati 1917-yilda toʻxtatilgan. "Turkiston viloyatining gazeti g."ga 1871—1883-yillarda generalgubernator tarjimoni Shohimardon Ibrohimov, 1883-yil boshlarida Muhammadhasan Chanishev, 1883-yil oʻrtalaridan 1917-yilga qadar N.P.Ostroumov muharrirlik qilgan. Sahifalarida podsho Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati targʻib qilingan, mahalliy aholini "oq podsho" va uning Turkistondagi amaldorlari amrfarmonlarini soʻzsiz bajarishga undalgan. Gaz.da rasmiy materiallardan tashqari, paxtachilik, ipakchilik haqida, fan, texnika, adabiyot va sanʼatga doyr materiallar ham eʼlon qilingan. Gaz.da Sattorxon Abdugʻafforovning siyosiy publitsistik makrlalari, Furqat va Muqimiyngʻlpt maʼrifatga undovchi sheʼrlari va hajviy asarlari chop etilgan. Shuningdek, rus yozuvchilari I.A.Krilov, A.S.Pushkin, N.V. Gogol, I.S. Turgenev, L. N.Tolstoy asarlaridan ilk tarjimalar bosilgan. "Turkiston viloyatining gazeti g." 500—700 nusxada nashr etilgan. "Turkiston viloyatining gazeti g." nusxalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanadi. Gazetasidagi materiallar 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Turkiston xalklari hayoti, madaniyatini oʻrganishda muhim manba sanaladi. LA.Avsharova M. N., 18701917-yillarda Turkistonda rus vaqtli matbuoti, T., 1959; Ernazarov T.E., Turkistondavaqtli matbuot (1870—1925),T., 1959; Ernazarov T.E., Akbarov A. I., Istoriya pechati Turkestana, T., 1976; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870—1917), T., 2000.
Download 16.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling