Turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi


Download 0.69 Mb.
bet11/19
Sana10.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1349113
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
D I S S E R T A T S I Y A

Toshkent qo’zg’oloni. 1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakchilarini talvasaga solgan va tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqyeasi» sifatida kirgan qo’zg’olon bo’ldi. Iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar ko’rdi. Vabo kasali bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi 12 ta qabristonga ko’mish man etildi, shahar tashqarisida 4 ta yangi qabriston ochiladi, deb e’lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi. Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo’q qilinar ekan, degan mish- mishlar tarqaldi. Toshkent shahar ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan to’g’ri





26Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. I kitob. Toshkent., «Sharq», 2011. 433-438-бетлар
bo’lgan bu tadbirlar haqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqat bittasi ochildi. Boshqa kasallik bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi qabristonlarga ko’mish ishlarini rasmiylashtirish ham cho’zilib ketdi, suiste’molliklar kuchaydi. Odamlar noiloj o’likni eski qabristonlarga olib borib ko’mishga majbur bo’ldi. Polisiya bundaylarni topib hibsga ola boshladi. Qabristonni ochib, o’lganlarning ruhi haqorat qilindi. Shaharning eng taniqli kishilaridan hisoblangan Azizyor Yeshon, Abulqosim xo’ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa kishilar boshchiligidagi mingga yaqin kishi 24-iyunda shahar boshlig’i mahkamasi tomon yo’l oldilar. Ularga hokim to’ra-shahar boshlig’i polkovnik S.R.Putinsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to’qnash kelishdi. Qamchisini o’ynatib kelgan oqsoqol xalqning so’zlarini, arz-dodini tinglash o’rniga unga dag’dag’a qila boshladi. Xalq uning boshiga toshlar yog’dirdi. Mashxur «Toshotar» voqyeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putinsev esa o’zining sodiq qulini panohiga olib, xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishini talab qildi. Putinsev ham muzokara o’rniga kuch ishlatishni afzal ko’rib, to’pponchasini g’ilofidan chiqarib, dag’dag’aga o’tdi. Sabr kosasi to’lgan xalq, uzoq o’ylab o’tirmay, hokimga hujum boshladi, Putinsev va uning mirshablarini do’pposladilar, haloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildilar. Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o’qqa tutildi. Noiloj qolgan olomon Anhor suviga o’zini tashlaydi, ko’p kishi halok bo’ladi va yaralanadi. O’lganlar va yaradorlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki xalqning o’zi jasadlarni va yaradorlarni o’zlari bilan olib ketishgan. Keyingi kunlari Anhordan topilgan mayitlar soni 80 taga etgan. Qo’lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindilar. Mustamlakachilarning zo’ravonligi xalqning ozodlik harakatini to’xtatib qololmadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling