Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


-12 O`zbekiston sanoati va qishloq ho`jaligi front hizmatida


Download 183.62 Kb.
bet14/45
Sana30.01.2023
Hajmi183.62 Kb.
#1140629
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
Turkiston

11. -12 O`zbekiston sanoati va qishloq ho`jaligi front hizmatida


Urushning boshlanishi sabablari va xarakteri
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko‘rilmagan darajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og‘ir kulfatlarni solgan urush bo‘ldi. 1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo‘shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 1,7 milliard kishini o‘z girdobiga tortdi.
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o‘rtasidagi ixtiloflar, agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo‘lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy agressiv davlatlar— fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi.
Fashizm o‘ta agressiv, o‘ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo‘lgan, dunyoni qaytadan bo‘lishga va dunyoda hukmron bo‘lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo‘llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o‘rtasida o‘tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G’arbda, Sharqda, o‘rta yer dengizida xavfli urush o‘choqlari vujudga keladi.
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o‘zlarini «nasibasiz» qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatdan, uning natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosabatlarni o‘zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qaytadan bo‘lish maqsadida urushga tayyorlandilar.
Ularga Angliya, Fransiya va AQSh dan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yerlarni saqlab qolishga, hukmron mavqeini mustahkamlashga va o‘z raqobatchilarini yangidan zaiflashtirishga intilardilar.
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo‘lgan davrda fashistlar Germaniyasi G’arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo‘lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni—Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan to‘xtadi.
Germaniya G’arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo‘lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzib, urush e'lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qilish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borgan urushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari — Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar.
Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning boshlanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaatnoma ishlab chiqdi va u o‘sha kuni radio orqali e'lon qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g‘alabaga erishish uchun mustahkam jipslashishga, uyushqoqlik va fidokorlik ko‘rsatishga chaqirdi. «Bizning ishimiz haq ish! Dushman tor-mor keltirilajak! Biz g‘alaba qilamiz!» deyilgan edi murojaatnomada.

Download 183.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling