Turkiy tillar grammatik qurulishining tarixiy-tipologik xususiyatlari


Download 34 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi34 Kb.
#1723511
Bog'liq
TURKIY TILLAR GRAMMATIK QURULISHINING TARIXIY-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI


TURKIY TILLAR GRAMMATIK QURULISHINING TARIXIY-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI
Turkologiyaning asosiy muammolaridan biri turkiy tillar tarixini shu til egalari tarixi bilan bog'lab o'rganish masalasidir. Mazkur muammoni to'g'ri va muvaffaqiyatli hal qilinishi turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi hamda lug'atlarini yaratish imkonini beradi.
Davlat tili haqidagi qonunning 19-bandida: «O'tmishning ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy, adabiy-badiiy, madaniy va ilmiy merosini keng targ'ib qilish va chuqur o'rganish uchun o'zbek xalqining tarixiy-madaniy yodgorliklari asl nusxada nashr etilishi ta'minlanadi»,-deyiladi.
Turkiy xalqlarning etnik tarkibi murakkab va xilma-xildir. Hatto, turkiy xalqlarning alohida qismlari (bulgor, qipchoq, qorluq va hokazo) o'rtasida ham til tafovutlari mavjud. Lekin turkiy tillar geneologik va tipologik jihatdan bir-biriga juda yaqin bo’lgan tillar oilasini tashkil qiladi.
Tilshunos olimlarning keyingi ma'lumotlariga ko'ra dunyoda kishilar 5600 xil til va dialektlar vositasida aloqa qilishar ekan. M; Sudan aholisi 117 tilda, Dog'istonda 100 dan ortiq tillarda muloqot qilishar ekan. Kongoda 500 ta, Indoneziyada 250 ta til mavjud. Hindistonda to'rt uzvdan iborat ekzogloss lisoniy holat mavjud. 1) mahalliy tillar: 2)hududiy tillar, 3) makrovositachi til: 4) diniy yoki kasbiy til.' Shuning uchun ham tilshunoslikda tillar til oilalariga ajratiladi.
O’zaro o'xshashligi kelib chiqish asosining umumiyligi bilan izohlanadigan tillar guruhi tillar oilasi deyiladi. Til oilasi o'z ichiga bir bobo tildan kelib chiqqan hamma tillarni olgani uchun it juda yirik tillar yig'indisini tashkit etadi. Hozirgi tilshunoslik ma'lumotlariga qaraganda bugungi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud. Har bir oila o'z navbatida qarindoshlikning yaqinlik darajasiga ko'ra bir necha guruhlarga ajratilishi mumkin. Masalan, turkiy tillar oilasi bir necha guruhlarga bo'linadi: o'g'uz, qipchoq, qorluq kabi.
Bu haqda Siz «Tilshunoslikka kirish» kursida asosiy bilimlarmi olgansiz. Tillar oilasiga kiruvchi turkiy tillar oilasi son jihatidan hind-yevropa tillar oilasidan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
Hozirgi oltoy tillar oilasiga mansub xalqlarning umumiy soni 135,6 mln. bo'lib, shundan 106,5 mln. turkiy, 15 mln.mo'gul, 14,1 mln. tunfus-manjur tillarida so'zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Ktfrinib turibdiki, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko'p sonli bo'lib, ular faqat Osiyodagina etnas, hattoki Yevropada (3,2 mln), Afrikada (35 ming), Amerikada (95 ming), Avstraliyada (35 ming) ham istiqomat qiladilar. Hozirda turkiy tillar oilasiga ko'pgina katta va kichik, jonli va o'lik tillardan 44 tasi kiradi: turk (usmonli turk), o'zbek, turkman, qozoq, qirg'iz, uyg'ur, ozarbayjon, bolqor, qo'miq, qorachoy, no'g'ay, boshqard, tatar, chuvash, xakas, tuva, yoqut, qrim-tatar, gagauz, qoraqalpoq, chulim, oltoy, sibirng-tatar lahjalari, qaray, turxman, tofalar (karagas) tili, kamasin, shor va boshq.
Turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlar ilmiy manbalarda 40, ba'zilarida 60 ta deb ko'rsatiladi. Turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar soni 90-100 millionni tashkil qiladi. 1992 yil 4-9 may da Anqarada turkiy xalqlar kongressi bo'lib o'tadi. Mazkur kongressni tashkiliy qo'mita raisi Ayda Qutlu so'zlagan nutqida bugungi kunda turkiy tillarda stfzlovchi xalqlarning sonini 200 millionga yetdi, deb ta'kidlagan.
Bu dalilning o'ziyoq turkiy tillarning qadimiyligidan, jug'rofiy xududningkengligidan dalolat beradi.
Yuqorida sanab otilgan tillar kelib chiqishining umumiyligi, fonetik, leksik-semantik morfologik va sintaktik xususiyatlarining o'xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham yagona tillar oilasini tashkil qiladi.
Turkiy tillar oilasiga mansub tillar uchun asos bo’lgan bobo til-qadimgi turk tilidir. Bundan - anglashiladiki, turkiy tillar uzoq va qadimiy tarixga ega.
Turkiy xalqlarning tillari va adabiyotini o’rganuvchi fan turkologiya, shu sohalarga oid tadqiqot olib boruvchi olim esa turkolog deb ataladi. Turkologiya termini turk etnonimiga «bilim, tushuncha ma'nolarini anglatuvchi «logos» so'zini qo'shiluvidan yasalgan.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling