Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet38/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Turkiy tillarda ravishdosh. Hozirgi turkiy tillarda ravishdosh shakllarini yasash uchun -sh, -ip, -b, -ibon, -a, -y, -ganda, -anda, -gancha, -g`ancha, -gincha, -g`uncha, -alm, -kalm, -kali, -gali, -g`ani, -kanln, -dukcha, -dikcha, -gach, -g`ach, -araq, -an affikslari qo`llaniladi.
Ravishdoshning -sh, -ip shakli chuvash tilidan boshqa qadimgi va hozirg`i turkiy tillarning barchasida mavjud. Masalan, alp (tatar), alyu (ozarbayjon), alsh (qirg`iz), alsh (turk, turkman, qo`miq, gagauz, qaraim, qozoq, oltoy) kabi.
Ravishdosh shakli yasovchi -gani, -gali, -gancha, -kali, -kani shakllari mavjud bo`lib, tarixiy taraqqiyot jarayonida ularning shaklida ham, ma'nosida ham ma'lum o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Ma'lumki, qadimgi turkiy tillarda fe'lga -ge affiksi qo`shilib yasaluvchi bilge tipidagi sifatdosh shakli mavjud bo`lgan. Bu shakl dastlabki davrlarda predikativ, atributiv funksiyalarda kelgan va ot o`rnida qo`llangan. Keyinchalik uning predikativ funksiyasi rivojlanib, ravishdosh yasovchi -gan qo`shilgan, unga nominativ shakli -li qo`shilgan va -ganli, -kanli (-gali, -kali) shakliga aylangan.
Turkologik adabiyotlarda ko`rsatilishicha, ravishdosh yasovchi -gali, -g`ali affiksi tarixan fe'lning funksional-grammatik shaklini yasovchi -ganli, -genli qo`shma affiksdan kelib chiqqan, ya'ni u tarixan -ganli, -galli, -gali, -geli va -ganli, -ganni, -gani, -gini tarzida shakllangan47.
Hozirgi turkiy tillarda -gani, - -gali shakllarining parallel ravishda bir xil ma'noda ishlatilishi va ularning o`z grammatik xususiyatlariga ko`ra o`zaro o`xshashligi -gali va -g`ani affiksli ravishdoshlarning bir manbadan, ya'ni -ganli shaklidan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezaning haqiqatga yaqinligini ko`rsatadi.48
Hozirgi qo`miq, no`g`oy va qorachoy-bolqar tillarida -gali, -gani shakllari bilan bir qatorda ravishdoshning -ganli, -genli shakllari ham ishlatiladi49. Mazkur turkiy tillarda bu shakllar hozirgi qoraqalpoq, xakas, oltoy, turk va boshqa turkiy tillarda -gali, -gani ravishdosh shakllariga o`xshab payt ma'nosini anglatib keladi50. Masalan: ayshga kelgesi (oltoy), uborka boshlangash, sen gelgenli (qo’miq), shiqkali (qoraqalpoq), toybozar bolg`ali (qozoq).
Ravishdoshning -gancha shakli hozirgi yoqut, chuvash tillaridan boshqa barcha turkiy tillarda turli fonetik variantlarda qo`llaniladi.
Hozirgi turkiy tillarda -gancha affiksi evolyutsion rivojlanish davrini o`tayotganligidan har xil fonetik ko`rinishlarda uchraydi. Masalan, o`zbek tilida -gancha, -guncha, -gicha; uyg`ur tilida -gencha, -gunche, -g`iche; qozoq tilida va qoraqalpoq tilida -gansha, -genshe; ozarbayjon tilida -yshcha, -shcha kabi shakllarda ishlatiladi.
Hozirgi turkiy tillarda ko`p uchraydigan ravishdosh shakllaridan biri -gancha shakli bo`lib, u egalik qo`shimchalari bilan birga ishlatilishiga ko`ra boshqa ravishdosh shakllaridan farqlanib turadi.
Xullas, turkiy tillardagi -mp, -ip, -a, -e ravishdosh shakllari qadimgi turkiy bobotil bilan bog`liq bo`lib, qolganlari fe'llashgan otlarning kelishik shakllari bilan aloqador va tillar taraqqiyotining keyingi davriga tegishlidir.
Turkiy tillarda harakat nomlari. Hozirgi turkiy tillarda harakat nomlari otlar I 1bi ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchalari bilan turlansa ham, ular ot bo`lib qolmaydi. Bular fe'lning funksional shakllari bo`lganligidan na gapga egalik va kelishik qo`shimchalarini olib turlanadi, boshqa yordamchi so`zlar bilan birga kelib, gapda ega, kesim, to`ldiruvch, aniqlovchi va hol vazifalarini bajaradi.
Harakat nomlari fe'llikning asosiy grammatik ham semantik belgilarini o`zlarida saqlaydi. Shuning uchun bularni otlarga o`xshab, so`z o`zgartiruvchi affikslarni qabul qila olishlariga va gapda ot bajaradigan sintaktik funksiyalarda kela olishliklariga qaramay, ot turkumiga kiritib bo`lmaydi.
Harakat nomlarini fe'ldan yasalgan otlar (bilim, ekin, ko`rgazma, sevgi, surgich, sevinch, qiyma, kuchoq, botqoq, chiqit) va sifatlar (ochiq, o`tkir, keskin, boshlang`ich, yopishqoq, erinchoq, bo`yama) bilan qiyos qilib ko`rsak, ularning fe'l shakli ekanligi yana ham yaqqolroq ko`zga tashlanadi.
Fe'ldan yasalgan otlar harakat nomlariga o`xshash ish-harakat tasavvurini emas, balki predmet tasavvurini ifoda qiladi. Fe'ldan yasalgan ot va sifatlar o`zlarida fe'llik xususiyatlarini batamom yo`qotib, boshqa turkumlarga ko`chib o`tgan so`zlardir.
Turkiy tillarda harakat nomlari quyidagi shakllar bilan yasaladi:
1. Hozirgi turkiy tillar ichida harakat nomining -ish affiksi yordami bilan yasalgan shakli o`zbek va uyg`ur tillari uchun xarakterlidir. Hozirgi qozoq, qoraqalpoq va boshqa qipchoq tillarida bu shakl kam ishlatiladi. Bu shaklning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, hozirgi o`zbek va uyg`ur tillarida gapda tutgan o`rniga qarab harakat nomi (xat yozishdan qochadi; gap axlokli bo`lishda), infinitiv (yozish kerak, kelishga boshladi) ma'nosida ishlatiladi. Shuning uchun -(i)sh shakli harakat nomi ba'zan ot (o`ynash, urush, o`qish, bildirish, kurilish, ko`rinish) va ba'zan sifat (tanish odam, o`xshash narsa) o`rnida kelishi mumkin.
2. Harakat nomining (u)v orqali yasalgan shakli qozoq. qora qalpoq, qirg`iz va boshqa qipchoq tillariga xos bo`lib, o`zbek adabiy tilida -(i)sh orqali yasalgan shaklga nisbatan kam qo`llaniladi.
Harakat nomining -uv shakli tarixiy jiqatdan juda qadimgidir. Turkiy tillarga oid adabiyotlarda ko`rsatilishicha, -uv affiksining fonetik taraqqiyoti quyidagicha bo`lgan: -(y)g, -(i)g, -g`u, -gu -uv -uu -u 51.
Masalan, o`zbek tilida yozuv, o`kuv; qozoq tilida jazu, oku: qoraqalpoq tilida jazmu, oqmu; qirg`iz tilida jazuu, okuu kabilar.
Harakat nomining - uv shaklida ham -mok, orqali yasalgan shaklga nisbatan otlik belgisi kuchli. Shuning uchun ularni ot o`rnida kelishini uchratish mumkin: saylov, tergov, o`lchov, siylov, yaylov kabi. Hozirgi qozoq, qoraqalpoq va qirg`iz tillarida sifat o`rnida kelishi ham mumkin. Masalan, qozoq tilida maqtau soz, qirau korpe, takau auel - yaqin ovul; qoraqalpoq tilida maqtau soz, qirau korpe, takau auil.
3 HozirgI turkiy tillarda harakat nomining -gu, -g`u, -ku, ku, -gi orqali yasalgan shakli kam darajada bo`lsa ham o`zbek, uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq, tatar, boshqird tillarida ishlatiladi. Masalan. uyg`ur tilida alg`u, bashlig`u, tapku, ishlig`u; qozoq tilida algim, bastag`im, tapqim, ketku; qoraqalpoq tilida alg`i, gapqi, islegi, ketki kabilar.
4. Harakat nomining -moq orqali yasalgan shakli ozarbayjon, turk. turkman, o`zbek, uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq va gagauz tillarida maqsuldor ishlatiladi. Hozirgi turkiy tillarda harakat nomining bu shakli o`zining morfologik xususiyati jiqatidan har xil. Masalan, o`zbek, uyg`ur, qozoq tillarida bu shakl bilan yasalgan harakat nomlari ko`plik. egalik, kelishik qo`shimchalari bilan ishlatilsa, ozarbayjon, turk tillarida faqat kelishik qo`shimchalari bilangina uchraydi.
Hozirgi o`zbek tilida harakat nomining bu shakli fe'l o`zagiga -moq tarzida qo`shiladi: olmoq, kelmoq. Boshqa turkiy tillarda u har xil fonetik variantlarga ega. Masalan, uyg`ur tilida almak, kelmek; qozoq tilida almak, kelmek; ketpek, sezbek; qoraqdlpoq tilida almak, aytpak, jazbak, kelmek, ketpek, jetkizbek kabi. Lekin horzirgi qo`miq, turk va qrim-tatar tillarida bu shakl - ma bo`lishsiz affiksi bilan ishlatiladi: satmaq-satmamaq, yatmaq-yatmamaq kabi.
Tatar va boshqird tillarida harakat nomining -ir - ga, -er- ga shakllari mavjud: yazirga, alirg’a kabi.
Ba'zi turkiy tillarda maqsadli infinitivning -gali shakli bor. Masalan, o`zbek tilida: Suv ichgali chiqib ketdi. Qozoq tilida: Soyleskele keldem. Uyg`ur tilida: Korgili keldim kabi.
Hozirgi turkiy tillarda harakat nomining -ganlik, -diganlik, -yotganlik, -(a)jaklik, -(a)rlik, -maslik, -(i)shlik, -moqlik kabi murakkab shakllari ham uchraydi.
Xullas, harakat nomi shakllarining -ganlik, -yotganlik, -diganlik, -(a)jaklik affikslari orqali yasalganlari zamon ma'nosiga ega bo`lishlari bilan harakat nomining -ish, -(u)v, -moq, -moqlik, -(i)shlik, -maslik affikslari yordami bilan yasalgan shakllaridan farqlanadilar.



Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling