Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet40/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Arkilig` sifati asosida ko`pchilik turkiy tillarda ko`makchi shakllangan: arqli (tatar), arql (qozoq). arqilu (qirgiz), arqal (qoraqalpoq), arqali (turkman), orqali (o`zbek), ural < arli (chuvash).
Bashqa ko`makchisi bash va jo`nalish kelishigi qo`shimchasini qo`shish orqali shakllangan bo`lib, ko`pchilik turkiy tillarda qo`llaniladi: boshqa (o`zbek), bashqa (tatar, boshqird), basqa (qozoq), bashga (ozarbayjon), bashxa (qorachoy-bolqor).
Berli ko`makchisi o`zbek tilida beri xuddi shu shaklda qo`llanish turk, no`g`oy, uyg`ur, gagauz, qirg`iz tillarida mavjud.
Birlen ko`makchisi turkiy tillarda quyidagicha: belep (tatar), bilen (turkman), bilan (uyg`ur), bilan (o`zbek), -ila, -la, (ozarbayjon, turkman), pirle (chuvash), menen (qirg`iz, qoraqalpoq), -man, -men (no`goy).
Dog`ru ko`makchining turkiy tillarda quyidagi variantlari mavjud: to`g`ri (o`zbek), dog`ru (ozarbayjon, turk, turkman), do:ru (gagauz), turinda (tatar), turanda (boshqird).
Karshi ko`makchisi turkiy tillarda quyidagicha farqlanadi: qarshi (o`zbek), qarshn, qarsh (qorachoy-bolqor, uyg`ur, turk, tatar, boshqirt), qarsi (qozoq, no`g`oy, qoraqalpoq), garshi (ozarbayjon, turkman), xirk (chuvash).
Kebik ko`makchisining quyidagi variantlari bor: kabi (o`zbek), kibi (gagauz), kibik (qorachoy-bolqor), kevek (boshqirt), kebek (tatar), kimi (ozarbayjon, turkman), gibi (turk)
Kezin ko`makchisi barcha turkiy tillarda keyin shaklida ishlatiladi. Tarixan kez (oxiri, biror narsaning orqa qismi) va -n shakli asosida paydo bo`lgan.
Ko’re ko`makchisi turk, turkman gagauz (go’re) tillaridan boshqa barcha turkiy tillarda ko`ra shaklida qo`llaniladi.
Sayin ko`makchisi say fe'liga -in affiksini qo`shish orqali yasalgan bo`lib, u sayin shaklida barcha turkiy tillarda qo’llanadi.

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling