Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Download 157.84 Kb.
|
тур.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18 - modul:Turkiy tillarda yordamchi so’zlar.Yuklamalar. Reja
Savol va topshiriqlar:
1. Bog’lovchilarning turkiy tillarda qay holda taraqqiy etgani haqida so’zlang. 2.Turkiy tillarda bog’lovchilarga vazifadosh shakllar haqida so’zlang. 3. Bog’lovchilar qanday turlarga bo’linishini ayting. 4.Qaysi turkiy tilda bog’lovchi nisbatan oz uchraydi? 18 - modul:Turkiy tillarda yordamchi so’zlar.Yuklamalar. Reja : 1. Turkiy tillarda yuklamalarning ifodalanishi. 2. Turkiy tillarda yuklamalar taraqqiyoti. 3. Turkiy tillarda yuklamalarning turlari. Tayanch so’zlar: yordamchi so’zlar,yuklama, turkiy tillar,qadimgi turkiy til,so’z yuklamalar, affiks yuklamalar, so’roq va taajjub yuklamalar,kuchaytiruv va ta’kid yuklamalar,ayiruv-chegaralov yuklamalar, aniqlov yuklamasi, gumon yuklamasi, inkor yuklamasi. So`zlar yoki gap mazmuniga qo`shimcha ma'no qo`shadigan yordamchi so`z yuklama sanaladi. Barcha turkiy tillarda yuklamalar alohida yordamchi so’z turkumi sifatida ajratiladi. Yuklamalar leksik ma’no ifodalamaydi, gapda biror sintaktik vazifani bajarmaydi.Sunga ko’ra yordamchi so’zlarning biri turi sifatida qaraladi. Yuklamalar ko’makchi va bog’lovchidan o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.Ya’ni yuklamalar bog’lovchi va ko’makchilar kabi so’zlar o’rtasidagi munosabatni, sintaktik aloqani yuzaga keltirmaydi. Yuklamalarni alohida so’z turkumi deb ajratish xususida turli qarashlar shakllangan. Jumladan, Y. Abdurasulov qo’shimcha yuklamalarni so’z turkumi sifatida ajratishni to’g’ri deb hisoblamaydi va “ yuklamani turkumga ajratishning bir mushkul tomoni bor. Chunki yuklamalarning asosiy qismini turli modal ma’nolarni anglatadigan affiks-yuklamalar tashkil etadi.Shubhasiz, affikslar qanday ma’no ifodalashidan qat’I nazar so’z emas.Shuning uchun ularga so’z turkumi deb qarash ham u qadar to’g’ri emas, balki ularni affikslarning o’ziga xos guruhi deb qarash maqsadga muvofiqdir. Buni qanday hal qilish ham butun turkiyshunoslik oldidagi asosiy muammolardan biridir” deya ta’kidlaydi.53 X. Dadaboyev va Z.Xolmanovalar esa yuklamalarga shunchaki lug’aviy birlik sifatida qarash to’g’ri emasligi, yuklamalar gapga so’roq, ayiriv-chegaralov, gumon mazmunini berishi va shu bois yuklamalarning alohida turkum sifatida ajratilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar hamda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar muayyan turkumga xoslangan bo’lishi,yuklamalar, deyarli, barcha turkumdagi so’zlarga va gaplarga qo’shilib qo’shimcha ma’no ifodalashini ta’kidlaydilar.54 Yuklamalar o’zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ham tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turga bo’linadi: a) affiks yuklamalar; b) so’z yuklamalar. Affiks yuklamalar:- a, -ya, -mi, -chi, -oq, -yoq, -gina, -kina. So’z yuklamalar: axir, faqat, hatto, nahotki, xuddi. Yozilishi jihatidan yuklamalar uch xil: so’zga qo’shib (hoziroq, qizgina, borasanmi), ajratib ( so’z yuklamalar) va chiziqcha bilan (ayt-chi, keladi-da, aytdim-ku). Turkiy tillarda yuklamalar juda ko`p. Umumturkiy xarakterga ega bo`lgan yuklamalar quyidagilardan iborat: 1.So`roq va taajjub yuklamasi ma //- mi, ba // be // bo` // bi; pa // pe ko`pchilik turkiy tillarda ma // mu // mo`// mi shaklida ishlatiladi. Umumturkiy so’roq yuklamasi barcha turkiy tillarda mavjud bo’lib, har bir turkiy tilda kamida ikkitadan sakkiztagacha fonetik variantlarda qo’llanadi. Masalan: oltoy tilida ba // be, pa // pe, bo // be; xak., shor, q. qalp., no’g’oy tillarida ma // ba // pa; o’zb., uyg’ur, tatar tillarida mi //ma. Ba’zi manbalarda ma // mi so’roq yuklamasining dastlab kuchaytiruv ta’kid yuklamasi sifatida qo’llanishi aytib o’tiladi. Download 157.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling