Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet53/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
тур.маъруза

Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarda qo’shma gapni yuzaga keltiruvchi omillar haqida gapiring.
2. – ki bog’lovchisi qo’shma gaplarni semantik strukturasiga ta’siri qay darajada ekanligini ayting.
3. Turkiy tillarda bog’lovchisiz qo’shma gaplarning struktur xususiyatlari qanday omillarga bog’liq bo’ladi?
4.Qo’shma gaplarni hosil qilishda turkiy tillarga xos muhim jihatlarni ayting.
23- modul: Turkiy tillarda ergashgan qo’shma gap ko’rinishlari


Reja:

1.Bog’lovchi tipli qo’shma gaplar va ularning tarixi.


2.Teng bog’lovchilar.
3.Ergashtiruvchi bog’lovchilar.
4.Tyrkiy tillarda bog’lovchilarning kelib chiqishi.
5.Gibridizatsiya turkiy tillrda tobe munosabatning o’ziga xos taraqqiyot yo’li sifatida.


Rayanch so’z va iboralar: qo’shma gap, teng bog’lovchi,turkiy tillar,sintaktik aloqa, bog’lovchi, tobmunosabat, gibridizatsiya, transformatsiya, parataksis, gipotaksis, teng va tobe munosabat.


24 - modul: Turkiy tillar leksikasi.


Reja:
1. Turkiy tillar leksikasi haqida umumiy ma’lumot.
2. Turkiy tillarda so‘z ma’nolarini kuchaytirsh usullari.
3. Qarindoshlik leksikasi
4. Qiyosiy leksikaning o‘rganilishi.
Tayanch so’z va iboralar: turkiy tillar,so’z ma’nolari,qiyosiy leksika, qarindoshlik leksikasi,qiyosiy-tarixiy metod, fonetik o’zgarish, faol leksika, ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ko’chma ma’no, ko’p ma’nolilik.
Har bir til, u qabila tilimi, elat tilimi, milliy tilmi,kam taraqqiy etgan tilmi yoki yuqori darajada taraqqiy etgan tilmi, o’zining ma’lum miqdordagi so’z boyligiga ega bo’ladi.64 Obyektiv olamdagi har bir xalqning shakllanishi, ma’lum bir guruhga uyushganligi, uyushuv kechimi va o’sha obyektiv olamdagi mavjudodni, mavjudoddagi har bir holat-hodisalar, ulardagi bor qismlar,tafsilotlarni qanday idroq etganligi,o’rgaganligi,bilganligi,ular o’rtasidagi munosabat haqida mushohada yuritganligi yuzasidan ma’lumotga ega bo’lish uchu murojaat qilish eng asosiy ham o’z tili yuzasidan qilgan tadqiqotlardir.Turkiy tillar haqida olib borilgan tadqiqot ishlari ham ularning boyligini tadqiq etish asosiy ahamiyatga ega.65
Har bir tilning lug’at tarkibi til qurilishining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.Turkiy tillar tarkibidagi hozirgi har bir mavjud turkiy tilning lug’at boyligi, uning qay darajada ekanligi u yoki bu xalqning shakllanish jarayoni,turmush sharoiti hamda keyingi o’sish va rivojlanish tarixi bilan bog’liq.
Turkiy tillar dunyodagi barcha tillar singari eng qadimgi tildir. Shuning uchun hozirgi turkiy tillardagi bir lug’aviy birlikni eng qadimgi davrlardan mavjud deyish mumkin. Hozirgi turkiy tillarning umumiy lug’at tarkibiga nazar tashlaganda shuni ko’rish mumkinki, ayrim olingan har bir turkiy tilning o’z va o’zlashgan qatlami mavjud bo’lib, ularni qiyoslashda bunga amal qilish kerak.Ya’ni:
1. Turkiy tillar leksikasining o’z qatlami.
2.Turkiy tillar leksikasining o’zlashgan qatlami.
Yorqin Abdurasulov umumturkiy so’zlarni umumiylik va boshqa xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflaydi.66
1.Turkiy tillarda qarindoshlik atamalari.
2.Turli hayvon va jonivorlar atamalari.
3.Odam,hayvon va parandalar jismoniy a’zolariga oid atamalar.
4.O’simlik nomlari va ularning a’zolariga oid atamalar.
5.Jo’g’rofiy va samoviy tushunchalarni anglatuvchi so’zlar.
6. Tabiat hodisalarini ifodalovchi atamalar.
7. Narsa,hodisa,voqea,harakat,belgi va miqdor nomlari,shaxs va so’roq ma’nosini anglatuvchi atamalar.
Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy metod qardosh tillarda bir-biriga teng bo‘lgan faktlarni solishtiradi va ularning tarixiy shakllarini shikllantiradi. Qiyosiy-tarixiy metod asosida qarindosh tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy marfologiyasi, so‘z yasalishi o‘rganilgan. Lekin qiyosiy leksika, semantika va sintaksis sohalarida (rajada) ko‘p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy-tarixiy metodning o‘ziga xos muammolari mavjud.
1. Qayta tiklangan so‘z yoki uning biror qadimiy formasi qaysi davrga oidligi ma’lum emas.
2. Tiklangan turlanishi va tuslanish sistemalarini o‘tmishdagi birorta tilga mansub deb bo‘lmaydi.
3. Qiyosiy tarixiy metod asosidagi etimologiyalar, odatda, munozarali bo‘ladi.
4. Ba’zi faktlar barcha qarindosh tillarda uchramaydi. Natijada o‘sha so‘zning qadimgi holatini taklab bo‘lmaydi.
Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti boshqa tillarda bo‘lgani kabi alohida so‘zlar tarixi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Ya’ni: yangi so‘zning payda bo‘lishi, ma’no taraqqiyoti (arxaizmga aylanib qolish, mustaqil ma’nosini yo‘qotib yordamchi so‘zga va yoki affiks holiga kelib qolishi) dagi o‘zgarishlar nazarda tutiladi.
Turkiy tillar leksikasiga xos eng muhim xarakterli jihitlardan biri fonetik o‘zgarishga kam uchragan. (Ba’zi istisnolarni aytmaganda). Aksariyat so‘zlar qadimgi yodgorliklarda qanday qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi turkiy tillarda ham shunday qo‘llaniladi. Faol leksikaning ko‘p qismi ifodalagan tushunchalarni saqlab qolgan. Ammo so‘zdagi o‘zgarishlarning sabablarini ochib berish eng ahamiyatli masala hisoblanadi. Negaki, leksika taraqqiyotidagi qonuniyatlar alohida olingan bir umumiy semantikaga bog‘liq so‘zlar guruhini tadqiq etish yo‘li bilan ochib beriladi. Bu yo‘nalishda A.M.Shcherbak (Turkiy tillardagi uy va yovvoyi hayvon nomlari), E.R.Tenishev, A.A.Yuldashev, L.A. Pokrovskaya, N.Z.Gadjiyeva, N.K.Dmitriyev, I.Ismoilov v.b (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot) A.Xamitova (Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l bilan kuchaytirish), S.Ibrohimov (Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi) kabilarning tadqiqotlari mavjud.
Qiyosiy-leksika ning o‘rganilishi qardosh tillarni qiyosiy o‘rganish ma’lum tilga oid bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, tillararo mushtarak hamda o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga, mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etishga yordam beradi. Shuningdek, ilmiy-qiyosiy grammatikaning yaratilishiga zamin, yaratadi. Hanuzgacha turkiy tillar leksikasiga xos so‘zlarni tematik guruhlarga ajratilib qiyosiy planda o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar unchalik ko‘p emas. Shunga qaramasdan, turkiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha bir qancha ishlar, tadqiqotlar yaratilgan.
A.A. Pokrovskaya turkiy tillarda qarindoshlik leksikasi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Olima qarindoshlik leksikasini ikki guruhga ajratib tadqiq etgan.67 1) qondoshlik asosidagi qarindoshlik ( ata, o’g’ul, ana); 2) nikoh asosidagi qarindoshlik ( er, xotin, yanga) .
Sherbak turkiy tillarda hayvon nomlarini ikki bo’lgan: a) uy hayvonlari; b) yovvoyi hayvonlar.68
Sh.Usmonova Uyga to’shaladigan buyumlarni ifodalovchi leksemalar va boshqa sohalarga oid leksemalarni tadqiq etgan. Turkiy tillarda kali // hali so’zi yuqori sifatli jundan to’qilgan qimmatbaho,asl gilam ma’nolarida ifodalanganligini takidlaydi. Yozma yodgorliklarda “qali” , “ gilam” ma’nosida qo’llangani va manbalarda qali,hali leksemasi turkiy tillardagi qalin nikoh to’yida qiz uchun kuyov tomonidan beriladigan pul,mol va shu kabilardan rivojlangan bo’lishi mumkinliginini ta’kidlaydi69.
Turkiy tillarga xos umumiy xusuiyatlar hozirgi kunda o’zbek tilimizning dialektal, ya’ni o’zbek shevalarining ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan bog’langan holda mavjud.70
N.Ismoilov va boshqalarning “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot” nomli asari mavjud ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi, mevali daraxt nomlari, poliz ekinlari nomlarining o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy planda tadqiq etilgan.
Masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari:

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling