Aksariyat ekspertlarning fikricha, turk inqirozining bevosita sababi (ba’zi MDH mamlakatlarida bo‘lganidek, jumladan Rossiyada ham) noto‘g‘ri valyuta siyosatining olib borilganligidir. Asosiy sabab sifatida esa iqtisodiyotni boshqaruvchi davlat institutlarining zaifligi va noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish mumkin. Biroq ushbu omil “yetib olayotgan” rivojlanishdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, u yillar davomida yetishadi, iqtisodiy inqirozlar bo‘lsa yiliga bir necha marta yuz berishi mumkin. - Aksariyat ekspertlarning fikricha, turk inqirozining bevosita sababi (ba’zi MDH mamlakatlarida bo‘lganidek, jumladan Rossiyada ham) noto‘g‘ri valyuta siyosatining olib borilganligidir. Asosiy sabab sifatida esa iqtisodiyotni boshqaruvchi davlat institutlarining zaifligi va noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish mumkin. Biroq ushbu omil “yetib olayotgan” rivojlanishdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, u yillar davomida yetishadi, iqtisodiy inqirozlar bo‘lsa yiliga bir necha marta yuz berishi mumkin.
- Iqtisodiyotdagi tushkunlikni barqarorlashtirish maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Maxsus huquqlarga muvofiq 271 million miqdorida uchinchi transh kreditini ajratishni ma’qulladi. 2000 yil dekabr holatiga ko‘ra davlatning tashqi qarzi 103.5 milliard AQSh dollariga tenglashdi.
- May oyidan iyungacha esa sanoat ishlab chiqarishi 3.6 foizga oshdi. 1999 yil avgustidagi zilzilalar oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan neftni qayta ishlash sektoridagi ishlab chiqarish xajmining nisbatan pastligi haqiqiy iqtisodiy ko‘rsatgichlarni aks ettirmaydi. Agar ushbu sektorni indekslar bilan bog‘lamaydigan bo‘lsak, dastlabki besh oyda sanoat ishlab chiqarishning o‘sishi 8.9 % ga yetganligini ko‘rish mumkin. Jahon banki iqtisodiy islohatlar uchun ajratiladigan 760 million AQSh dollari miqdoridagi kreditni ma’qulladi.
- Turk inqirozi 90-yillardagi qator valyuta tajribalarining oxirgisi bo‘lsa ajab emas. Bu tajribalarning muvaffaqiyatsizligini pul siyosatidagi ikki elementning, ya’ni inflyatsiyani keskin kamaytirish va shu bilan bir vaqtda milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga bog‘lash orqali boshqarish hamda ruhsat etilgan devalvatsiya koridorini berishning bir-biriga qo‘shilib keta olmasligidir.
- Turkiyadagi hozirgi moliyaviy inqiroz mamlakatda inflyatsiyaning avj olishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin sekinlashuviga olib keldi. Yevropadagi ko‘pgina nufuzli ekspertlar ham huddi shunday xulosaga kelishgan. 2002 yilda inflyatsiya darajasi taxminan 45 %ni tashkil etishi, YaIM esa ahvol yaxshi bo‘lgan taqdirda 1%ga o‘sishi kutilmoqda. Aksincha bo‘lgan taqdirda esa u 3%ga qisqarishi mumkin.
- Anqarada mamlakat rahbarlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan muzokaralarni davom Turkiya ettirilayotgan bir paytda turk lirasining kursi dollarga nisbatan tezkorlik bilan tushib ketgan..
Do'stlaringiz bilan baham: |