Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi


Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1171358
1   2   3   4
Bog'liq
Referat

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Hozirgi Turkiya hududida juda qadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont podsholigi, Pergam, Qad, Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga XI asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071-yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243-yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453-yil 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Salim I Yovuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683-yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684-yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686-yildan Rossiya) „Muqaddas ittifoq“ tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711-yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay janubiga chekinishga, shimolda Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-asrda yanada koʻproq talofotlar berildi.
1768—74 yillardagi Rossiya-Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774-yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783-yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Sultan Salim III (1789 — 1807-yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom („Nizomi jadid“) deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa qarshilik koʻrsatib, 1807-yil 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati „Nizomi jadid“ tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808-yil 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada Rossiya Turkiya oʻrtasida 1806— 12 yillarda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828—29 yilgi urushda ham Rossiya gʻolib chikdi va Turkiya Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839-yil yangidan islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—56 yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya galaba qozondi. Rossiya 1856-yil 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, „Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi“ tan olindi.
Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va boshqa yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908-yillarda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876-yil 23 dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879-yil fevral.da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 yillardagi Rossiya-Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881-yil Fransiya Tunisni, 1882-yilda Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin „Ittihod va taraqqiy“ tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908-yil 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914-yildan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va xarbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918-yil 30 oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921-yilgi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922-yil 9 sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922-yil 1 noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish shartnomasi (1923-yil 24 iyul) ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923-yil 29 oktabrda Turkiya respublika deb eʼlon etildi. 1924-yil 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratildi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iqtisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida Turkiya Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining Turkiyaga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941-yil 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945-yil fevralralda Turkiya AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-yil 5 martda Turkiya San-Fransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi.
Turkiya 1952-yil NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954-yildan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960-yil 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961-yil 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965-yilgi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971-yildan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980-yil 12 sentabrda hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982-yil 7 noyabrdagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident boʻldi. 1983-yil 24 apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983-yil 24 noyabrdagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989-yil 9 noyabrda prezident etib saylandi. 1991-yil Sovet Ittifoqi tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 16 dekabrda tan olgan va 1992-yil 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29 oktabr — Respublika k uni (1923).

Turkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp (qarang Sofiya ibodatxonasi). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-asrlarda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-asrlarda meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar)ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli meʼmorlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari oʻziga xos meʼmoriy yechimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan meʼmoriy uslublar Turkiyaga ham kirib keldi. Ammo bu yerda osmonoʻpar binolar qurishga, meʼmorlikda turlituman uslub va yoʻnalishlarni joriy etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (maʼmorlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (meʼmori T. Jonsevar), „Stad“ mehmonxonasi (meʼmori M. Xepgyuler), „Odeon“ konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi „Xilton“ meqmonxonasi (meʼmori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonoʻpar binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz Bektosh, Doʻgʻon Pekali, A ffon Yatman va Shavki Vanli kabi meʼmorlar mashhurdir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling