Turklarda umidvor (umutlu) va baxtli (mutlu) so‘zlari juda o‘xshash. Ayni o‘zakda


NATIJALAR TELEGRAMDAGI @piima_uz1 KANALIDA E’LON QILINADI!


Download 82.48 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2023
Hajmi82.48 Kb.
#1108771
1   2
Bog'liq
6-mart

NATIJALAR TELEGRAMDAGI @piima_uz1 KANALIDA E’LON QILINADI!


  1. Mashhur sayyoh Marko Polo Xitoyga safar qilganligi hanuzgacha shubha ostida qoladi. Sababi, sayyoh o’zining kitobida Buyuk Xitoy devori haqida birorta jumla ham ishlatmagan.

Quyidagi qaysi fikr, yuqoridagi xulosani kuchaytiradi?

  1. Xitoyga tashrif buyurgan deyarli har bir turist, albatta buyuk Xitoy devoriga tashrif buyurishni istaydi

  2. Marko Polo Buyuk Xitoy devorini yomon ko’rishi haqida o’z kitobida yozib qoldirgan

  3. Xitoy hukumati Buyuk Xitoy devoriga boruvchi sayyohlar uchun katta soliq joriy qilishgan

  4. Buyuk Xitoy devori tarixiy inshoot bo’lganligi bois, uni asrash uchun sayyohlarga tashrif buyurish taqiqlangan.




  1. Quyidagi savolda I va II bilan raqamlangan ikkita taxmin berilgan bayonot mavjud. Siz bayonotni va quyidagi taxminlarni ko'rib chiqishingiz va taxminlarning qaysi biri bayonotga mos ekanligini topishingiz kerak.

Oiladagi barcha muammolarning asosiy sababi puldir. Taxminlar:

  1. Har qanday muammo nimagadir sabab bo'ladi.

  2. Oilada har doim ham ba'zi muammolar mavjud.

  1. Faqat I taxmin mos

  2. Faqat II taxmin mos

  3. I yoki II taxminlar mos

  4. I ham, II ham mos emas

Mustafo o'zining o'quv dasturining bir qismi sifatida sport to’garagida turli tezliklarda ishlaydi. Grafikda mashq paytida turli vaqtlarda uning yurak urishi tezligi ko'rsatilgan.


7-10 savollarga shu grafikga asoslanib javob bering.



  1. Yurak urish tezligi qaysi intervalda oshib borib keyin kamayadi?

  1. 0-30 daqiqalar orasida

  2. 40-60 daqiqalar orasida

  3. 50-65 daqiqalar orasida

  4. 70-90 daqiqalar orasida




  1. Yurak urish tezligi qaysi intervalda oshib maksimal darajaga erishdi?

  1. 65-75 daqiqalar orasida

  2. 12-30 daqiqalar orasida

  3. 10-20 daqiqalar orasida

  4. 73-85 daqiqalar orasida




  1. Yurak urish tezligi qaysi intervalda eng ko’p vaqt o’zgarishsiz qolgan?

  1. 9-31 daqiqalar orasida

  2. 65-72 daqiqalar orasida

  3. 85-91 daqiqalar orasida

  4. 30-40 daqiqalar orasida

  1. Yurak urish tezligi qaysi intervalda maksimal darajadan boshlab keskin kamayishni boshlagan?

  1. 92-100 daqiqalar orasida

  2. 50-62 daqiqalar orasida

  3. 32-40 daqiqalar orasida

  4. 0-10 daqiqalar orasida




  1. Agar siz Buyuk Britaniya fuqarosining ismida Ser so’zini uchratsangiz, bilingki u qirolicha tomonidan “buyuk xizmatlari uchun” Bukkingem saroyida munosib taqdirlangan bo’ladi. Bunga ko’ra, Ser Aleks Fergyusson haqidagi quyidagi xulosalardan qaysi biri o’rinli?

  1. Bukkingem saroyida albatta bo’lgan

  2. Qirolicha bilan ko’rishgan

  3. Aleks Fergyusson Buyuk Britaniya fuqarosi

  1. 1

  2. 1 va 2

  3. 1 va 3

  4. hammasi




  1. Maktabning 9-sinf o’quvchilari orasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, ularning juda ko’p qismi maktab kutubxonasida o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitdan norozi ekanligi ma’lum bo’ldi. Demak, maktabdagi kutubxona sharoitini yaxshilash lozim. Yuqoridagi matnda muallif xulosa chiqarishda qanday xatolikka yo’l qo’ygan?

  1. Maktab kutubxonasini o’zi borib ko’rmagan.

  2. Maktabdagi o’qituvchilarning fikrini olmagan

  3. Maktabdagi qolgan sinf o’quvchilari fikrini o’rganmagan

  4. So’rovnomani qayta o’tkazmagan




  1. Quyidagi savolda I va II raqamli ikkita xulosa keltirilgan bayonot berilgan. Siz bayonotdagi hamma narsani haqiqat deb hisoblashingiz kerak, so'ngra, ikkita xulosani birgalikda ko'rib chiqing va ulardan qaysi biri bayonotda keltirilgan ma'lumotga oqilona va mantiqan to'g'ri kelishiga qaror qiling. Bozorda sabzavot narxi ko'tarilib bormoqda.

  1. Sabzavotlar noyob tovarga aylanib bormoqda.

  2. Odamlar sabzavot iste'mol qila olmaydi.

  1. Faqat I xulosa

  2. Faqat II xulosa

  3. Yoki I yoki II

  4. I ham II ham to'gri kelmaydi




  1. Quyidagi shaklni kub holatiga keltirsak, quyidagilardan qaysi biri hosil bo’lishi mumkin?





  1. Bu yerda sun'iy tildan tarjima qilingan ba'zi so'zlar mavjud. Malgauper – shaftolili pirog degan ma'noni anglatadi malgaport - shaftoli sharbatini anglatadi

moggagrop - olmali murabbo degan ma'noni anglatadi
Qaysi so'z "olma sharbati" degan ma'noni anglatishi mumkin?

  1. portgrop

  2. malgaauper

  3. gropport

  4. moggaport




  1. Quyida keltirilgan har bir savol bayonotdan iborat, so'ngra I va II raqamli ikkita argument bor. Siz argumentlardan qaysi biri "kuchli", qaysi biri "zaif" ekanligini hal qilishingiz kerak. Ma'lumotli ishsiz yoshlarga Hukumat tomonidan "ishsizlik nafaqasi" to'lanishi kerakmi?

Argumentlar:

  1. Ha. Bu ularga ish qidirishda yoki "o'z-o'zini ish bilan ta'minlash"ni boshlashda dastlabki yordam bo'ladi

  2. Yo'q. Bu ularning tirikchiligini ta'minlash uchun biror narsa qilishga bo'lgan intilishini susaytiradi va shu bilan ishsiz yoshlar orasida bekorchilikni kuchaytiradi.

  1. Faqat I dalil kuchli

  2. Faqatgina II dalil kuchli

  3. Yoki I yoki II kuchli

  4. I ham, II ham kuchli

NATIJALAR TELEGRAMDAGI @piima_uz1 KANALIDA E’LON QILINADI!


Download 82.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling