Turkman tilining leksik xususiyatlari
Mavzuning o‘rganilish darajasi
Download 46.25 Kb.
|
408 guruh talabasi Jo\'rayeva Fazilat turkiy tillarning tarixiy qiyosiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ahamiyati
- I bob. Turkiy tillar leksikasi
Mavzuning o‘rganilish darajasi: Turli yillarda turkman tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun bir qancha darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. “Hozirgi turkman tili leksikologiyasi” (1972), leksika boʻlimiga mansub turkman tilshunosi Y. Choʻngayevning “Turkman tili leksikasi”. I qism” (1973), “Hozirgi turkman tili. «Lexika» (1988) kitoblari nashr etilgan. Bu kitoblarda turkman tili leksikologiyasining umumiy masalalari boʻyicha har tomonlama nazariy maʼlumotlar berilgan.
Kurs ishining ahamiyati: Turkiy tillarning eng qadimgi shaklidan to hozirgi kungacha o‘zgarishlarini tekshirish va Turkman tili misolida boshqa tillar bilan o‘xshash va farqli jihatini aniqlash. Turkiy tillarning boshqa tillar bilan aloqadorligini o‘rganish bilan birga qardosh bo‘lmagan tillarga ta’sirini ham tekshirish, tadqiq qilish, substrakt holatlarini aniqlash. I bob. Turkiy tillar leksikasi 1.1 Turkiy tillar leksikasi Turkiy tillami bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatiardan biri leksik tarkibning bir-biriga yaqinligi hamda Grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun Chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir-biriga tushunarlidir. Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at boyligini tashkil etadi. Tilning lug‘at boyligi ikki manba - ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. Boshqa tillardan so‘z olish natijasida turkiy tillarda ham o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam farqlanadi. O‘z qatlam turkiy tillarga oid, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. Turkiy tillar lug‘at tarkibidi umumturkiy so‘zlar asosiy miqdomni tashkil etadi: tosh, tog‘, yer, bosh, suv, til, qo‘l, kishi, bola; oq. qora. qizil, sariq, yashil, yaxshi, bir, ikki, uch, besh. olti, yetti. yuz, ming: men, sen, u. biz. siz, bu, shu; ke, ol, bor, tur, qara; ildam, erta, indin, ilgari. Turkiy tillarning bevosita o‘ziniki bo‘lgan qatlam tilning ichki imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlardan iborat. Bunda uch holat kuzatiladi: 1) asli turkiy so‘zlardan shu tildagi affikslar yordamida yasalgan so‘zlar: qatnashchi, terimchi, og'machi, birlashmа: 2) boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarga turkiy qo‘shimcha qo‘shilish natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar: a) arabcha so‘zlardan: aqlli, mashhurlik; b) forscha- tojikcha so‘zlardan: mardlik, go‘shtli; d) ruscha-bavnalmilal so‘zlardan: limonli. sportchi. 3) o‘zlashgan so‘zga o‘zlashgan qo‘shimchani qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar ham ichki imkoniyat asosida yasalgan so‘z hisoblanadi: kitobxon. doimiy, adabiyotshunos. Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha: O‘zak aksariyat o'rinlarda cv (undosh + unli) qolipida bo‘ladi. turkiy so‘zlarda ot-fe’l omonimligi ko‘p uchraydi: to‘y , tut, yoz. Turkiy tillarda omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa – qadimgi turkiy til so‘zlariga xos turkum sinkretizmi o‘z ifodasini topgan. E.V.Sevortyan tomonidan “fe’l-ot asoslar” deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning boshlang‘ich taraqqiyot bosqichlarida bir bo‘g‘inli leksik asosning ayni bir lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgani holda ism sifatida ham, fe‘l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi. E.V.Sevortyan o‘z qarashlarida “fe‘l omonimligi”, “fe’l-ot omoformalar terminlarini qo‘llagan. Shu bilan bir qatorda, bu hodisani “leksik-morfologik sinkretizn” deb qarash to‘g‘riroq ekanligini e‘tirof etgan. Hozirgi o‘zbek tilidagi yoz, tut, shish,to‘y kabi so‘zlarda turkum sinkretizmi xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Turkiy so‘zlarda tarixiy fonetik o‘zgarishlar sezilib turadi: yig‘och-yag‘ach: jilan-yilan-ilan; sal jilmoq-siljimoq. Tana a’zolari nomlari, asosan. turkiy qatlamga oid: ko‘z, quloq, til, bash. Tub fe’llar turkiy hisoblanadi: ber, bil, qach, kir, qo‘y, tol, bur, ayt. Sonlar (besh. yetti), olmoshlar (men. siz) turkiy qatlamga mansubdir. Turkiy tillarda so‘z tartibi quyidagicha: asos +so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha. qo'y + chi + lar + imiz Download 46.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling