She’rda qanday olmoshlar ishtirok etgan?
A) o`zlik, so`roq, kishilik va ko`rsatish olmoshlari
B) gumon, kishilik, o`zlik va so`roq olmoshlari
C) kishilik, ko`rsatish, so`roq va gumon olmoshlari
D) gumon, o`zlik va kishilik olmoshlari
7. Bu so’zni eshitgan Xorun ar-Rashid: “Sen mening yuzimga
bunday qayg’uli so’zni ayting. Mening barcha qarindosh -
urug’larim o’lsa, so’ngra men qanday ishga yarayman-u, qanday
yashayman?”-dedi darg’azab bo’lib va unga yuz darra urushni
buyurdi.
Ushbu parchada necha o’rinda olmosh qatnashgan.
A) 8 B) 9 C) 10 D) 11
8. Qaysi gapda to`rt o`rinda olmosh ishtirok etgan?
A) U kishi faqirni neuchundir ko`p xushlamadi.
B) Hammasi joyida, do`stlar, men hech kimdan, hech narsadan
xafa emasman.
C) Qaysi kuni redaksiyaga kirib, qanaqadir feylitonni
bosilayotgan yerida to`xtatib qo`yibdi.
D) Shu vaqt kimdir uning ustidan bosib o`tdi-da, birdan to`xtab,
yelkasidan tortdi.
9. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o`rnida qo`llangan?
A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi
B) Har bir inson o`z baxti uchun kurashadi
C) Ovozi har qachongidan ham ta’sirliroq edi
D) Hamma perronda, hamma o`z jigarini qidiradi
10. Har kim ko`z oldida bir narsa topib, shunga ko`z tikkan va u
narsada Zebi o`z otasini, Qurvonbibi o`z erini, Salti qovog`idan
qor yog`ib turgan sovuq bir so`fini ko`rardi.
Ushbu gapda nechta o`rinda olmosh qo`llangan?
A) 5 B) 4 C) 6 D) 7
11.
So‘z ochma boshqa bo‘stondan,
Menga bo‘ston shu bo‘stondir.
Shu bo‘ston kaftida
Durdona bizning O‘zbekistondir.(Chustiy)
Mazkur she’riy parchada so‘z ma’nosini aniqlab keluvchi,
o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanuvchi olmoshlar
hisoblanmaydigan olmosh(lar) qanday sintaktik vazifa
bajargan?
A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) to'ldiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |